×

Psixologiya bo’yicha doktorantura kursini AQShda o’qish va 5 yillik to’liq grantga ega bo’lish imkoniyati


Grant

MUHLAT

01.12.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

2527 marta

AQShda joylashgan Minnesota universitetida o’qitiladigan doktorantura kurslari uchun arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu kurslar psixologiya yo’nalishida bo’lib, odatda talabaar 4-6 yil ichida o’qishni tamomlashadi. Psixologiya doktorantura kursini tamomlagan tadqiqotchiga PhD ilmiy darajasi beriladi. Psixologiya PhD kurslarida psixologiyaning 7 yo’nalishi mavjud bo’lib, talaba ulardan birini tanlashi kerak bo’ladi.

Grant kimlar uchun?

Doktoranturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Minnesota universitetining psixologiya bo’yicha PhD kurslariga qabul qilingan barcha talabalarga 5 yil o’qish uchun to’liq grant beriladi. Grant 5 yillik kontrakt to’lovini, tibbiy sug’urta xarajatlarini va 9 oylik stipendiyani o’z ichiga oladi.

Talablar:

  • Nomzod bakalavr diplomiga ega bo’lishi va o’rtacha bahosi 4 ballik GPA tizimida kamida 3.0 yoki undan yuqori bo’lishi kerak.
  • Nomzod psixologiyaga kirish va shu kabi boshlang’ich psixologiya kurslaridan tashqari va boshlang’ichdan keyingi darajadagi 3 yoki 4 ta psixologiya kurslarini o’qigan bo’lishi shart.
  • Nomzod GRE testini topshirishi va natijalari yuqori bo’lishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Batafsil

Dasturga qabul jarayoni:

Barcha yo’nalishlardagi doktorantura kurslariga hujjatlar 2020-yil 1-dekabrgacha bu yerda qabul qilinadi. Kerakli hujjatlar ro’yxati

Minnesota universitetining nufuzi va to’liq grantlari sababli kurslardagi o’rinlar uchun raqobat yuqori. 2019-yil hujjat topshirgan 452 nafar nomzoddan 24 nafari o’qishga qabul qilingan va ularning o’rtacha baholari 4 ballik tizimda 3.82 ni tashkil etgan. Batafsil

Ma’lumot uchun psych@umn.edu elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!