×

Markaziy Bankdan “Pullaringizni himoya qiling. Kelajagingizni ta’minlang” mavzusida videoroliklar tanlovi


Grant

MUHLAT

01.04.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

1166 marta

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki “Butunjahon pul haftaligi” (Global Money Week 2024) doirasida “Pullaringizni himoya qiling. Kelajagingizni ta’minlang” mavzusida videoroliklar tanlovini e’lon qildi.

Ushbu tanlov maqsadi yoshlarning shaxsiy ko‘nikmalarini shakllantirish, moliyaviy xavfsizlik qoidalarga amal qilmaslik va uning oqibati to‘g‘risida xabardorlikni oshirishdan iborat.

Grant kimlar uchun?

17-21 yoshli barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Eng yaxshi ijodiy ishlar Markaziy bank tomonidan quyidagicha mukofotlanadi:

  • 1-oʻrin: noutbuk
  • 2-oʻrin: smartfon
  • 3-oʻrin: smart soat

Talablar:

Bu tanlovda 17-21 yoshli barcha qatnashishi mumkin. Individual ishlar bilan bir qatorda kollektiv ishlar ham qabul qilinadi (bunda mas’ul shaxsni ko‘rsatish lozim bo‘ladi).

Tanlov mavzusidan chiqmagan holda videorolikni istalgan texnik apparat yordamida suratga olish mumkin.

Videorolikka qo‘yiladigan talablar:

  • formati: MP4 h264;
  • o‘lchamlari – 1080p, 720p (eni bo‘yicha minimal o‘lcham 1280 piksel, balandligi bo‘yicha minimal o‘lcham 720 piksel);
  • davomiyligi – 2 daqiqagacha;
  • syujeti ishtirokchilar tomonidan mustaqil belgilanadi (hikoya, reportaj, musiqiy klip, multfilm va h.k.).

Taqdim etiladigan ijodiy ishlarda uchinchi shaxslar huquqlarini buzuvchi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga zid keluvchi hamda reklama elementlarini o‘zida mujassam etuvchi ma’lumotlar bo‘lmasligi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlov uchun arizalar 2024-yil 1-aprel, soat 12:00 gacha qabul qilinadi.

Tanlovda qatnashish uchun dastlab ushbu havola orqali tanlovda ishtirok etish uchun ariza shaklini yuklab olish hamda to‘ldirish kerak.

To‘ldirilgan ariza va videorolikni konkurs.cbu@gmail.com elektron manziliga  yuborish kerak (elektron pochta mavzusida “Global Money Week 2024 videoroliklar tanlovi” deb ko‘rsatib o‘tish shart).

Shuningdek, toʻldirilgan ariza va videorolikni pochta manziliga (100001, Toshkent sh., Islom Karimov ko‘chasi, 6), shuningdek, hududiy Bosh boshqarmalari orqali yuborish yoki shaxsan elektron xotirada Markaziy bank binosiga olib kelib mumkin.

Tanlov g‘oliblari Markaziy bankning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy sahifalarida e’lon qilinadi.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan avval tanlov qoidalari bilan batafsil tanishib chiqing.

Tanlov haqida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun (71) 212-73-58, (71) 212-73-56 raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!