×

Qirgʻiziston: OSCE Akademiyasidan loyiha boshqaruvi boʻyicha barcha xarajatlari qoplanadigan 5 kunlik trening!


Grant

MUHLAT

25.06.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Qirg'iziston

O'QILGAN

4795 marta

Qrgʻiziston poytaxti Bishkekda joylashgan OSCE Akademiyasi doktor Waleed Guma ishtirokida loyiha boshqaruvi boʻyicha trening tashkil qilmoqda. Trening mashgʻulotlari OSCE Akademiyasida 2023-yilning 7-11-avgust kunlari boʻlib oʻtadi. Mashgʻulotlar ingliz tilida olib boriladi.

Ishtirokchilar trening davomida quyidagi bilim va koʻnikmalar ega boʻladi hamda rivojlantiradi:

  • Loyiha boshqaruvini yaxlit tushunish va uning turli ish muhitlarida ahamiyati.
  • Vaqt, resurslar va xarajat va loyiha muvaffaqiyati va muvaffaqiyatsizligi sabablarini muvozanatlashni oʻrganish.
  • Loyiha rejalarini yaratish.
  • Loyihaning budjet rejalarini yaratish.
  • Loyiha rejalarini amalga oshirish va boshqarish.

Grant kimlar uchun?

Bakalavrlik yoki magistrlik darajasiga ega nomzodlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilingan ishtirokchilar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Ishtirok etish bepul.
  • Safar va viza xarajatlari qoplanadi.
  • Aeroportdan va aeroportga transfer xarajatlari qoplanadi.
  • Maxsus sertifikat (mashgʻulotlarning kamida 95% qismiga qatnashgan va topshiriqlarni, jumladan, yakuniy imtihonni muvaffaqiyatli topshirganlarga beriladi).

Talablar:

Nomozodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, shuningdek, hozirda Qirgʻizistonda boʻlib turgan Afgʻoniston va Tojikiston fuqarolari ariza topshirishi mumkin.
  • Bakalavrlik yoki magistrlik darajasiga ega boʻlish lozim.
  • Xalqaro tashkilot, xalqaro rivojlanish tashkiloti, xalqaro nodavlat-notijorat tashkiloti yoki hukumat yoxud davlat institutlarida professional karyerasini boshlovchi yoki 5-7 yildan oshmagan kasbiy mehnat tajribasiga ega nomzodlar ariza topshira oladi.
  • Ingliz tilini yaxshi bilish kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar Oʻzbekiston vaqti bilan 2023-yil 25-iyun 22:59 gacha qabul qilinadi.

Nomzodlar quyidagi hujjatlarni training@osce-academy.net email manziliga yuborishi kerak:

  • 2 betdan oshmagan yangilangan CV.
  • 400 tagacha soʻzdan iborat motivatsiya xati.

Hujjatlar ingliz tili boʻlishi va 4 betdan oshmagan bitta PDF faylga birlashtirilgan holda yuborilishi kerak. PDF fayl nomi Mr/Ms_Name_Surname_PM shaklida (masalan, Mr_Eshmat_Toshmatov_PM) nomi bilan saqlanishi lozim. Yuqoridagi talablar asosida rasmiylashtirilmagan hujjatlar qabul uchun koʻrib chiqilmaydi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!