Qirg’izistonda joylashgan Organization for Security and Cooperation in Europe (OSCE) Bishkek akademiyasi Afg’oniston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Mo’g’uliston, Tojikiston, Turkmaniston va O’zbekistonlik talabalar uchun yozgi o’quv dasturini e’lon qiladi. Ushbu yozgi o’quv maktabida Politics & Security va Economic Governance & Development yo’nlishlari bo’yicha magistratura dasturlari uchun tayyorgarlik mashg’ulotlari bo’lib o’tadi. Yozgi o’quv dasturidan asosiy maqsad talabalarni OSCE Bishkek akademiyasi magistratura kurslari haqida to’liq tanishtirish hamda ushbu yo’nalishlar bo’yicha chuqurroq bilim berish.
OSCE Bishkek yozgi maktabi quydagi yo’nalishlarda ishtirokchilarga chuqurroq bilim va ko’nikmalar berishni rejalashtirgan:
Block I
- Mathematics for Economists
- Probability and Statistics course
- Academic Writing
Block II
- Research Methods in Social Sciences
- Academic Writing
Grant kimlar uchun?
Bakalavriat va magistraturaning oxirgi bosqich talabalari uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
OSCE Bishkek yozgi maktabiga grant yutgan nomzodlar quyidagicha taqdirlanadilar:
- Yozgi maktab uchun to’liq to’lov
- Har to’rt haftada 336,99 AQSH dollari miqdorida stipendiya
- Bishkek bo’ylab sayohat
Eslatma: OSCE Bishkek akademiyasi Tibbiy sug’urta va oila a’zolarining xarajatlarini qoplamaydi. Biroq Akademiya Bishkekka sayohat qilish va shaharda uy-joy izlash bilan bog’liq barcha masalalarga yordam beradi.
Talablar:
OSCE Bishkek yozgi maktabida ishtirok etmoqchi bo’lgan nomzodlardan quyidagilar talab qilinadi:
- Nomzod Afg’oniston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Mo’g’uliston, Tojikiston, Turkmaniston va O’zbekiston kabi davlatlardan birining fuqarosi bo’lishi lozim.
- Nomzod BA, MSc Diploma in Economics, International Relations, Political Science yo’nalishlari yoki shu sohalarga yaqin yo’nalishlarning birida oxirgi bosqich talabasi bo’lishi lozim.
- OSCE Bishkek yozgi maktabi Ingliz tilida olib borilishi sababli nomzodlar Ingliz tilida ravon so’zlasha olishlari lozim.
Dasturga qabul jarayoni:
OSCE Bishkek yozgi maktabida ishtirok etish uchun onlayn ariza to’ldirish lozim.
Eslatma: OSCE Bishkek yozgi maktabiga jo’natilgan ariza asosida muvaffaqiyatli tanlangan nomzodlargagina ,navbatdagi qo’shimcha tanlov bosqichlari haqida xabar beriladi.
Qo’shimcha ma’lumot uchun MA-PS@osce-academy.net yoki MA-EGD@osce-academy.net elektron manziliga murojat qilishingiz mumkin.