×

Qozogʻiston: bakalavr, magistr, yosh mutaxassis va fuqarolik faollari uchun 12 kunlik yozgi kursga moʻljallangan grantlar!


Grant

MUHLAT

15.05.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Qozog'iston

O'QILGAN

2873 marta

Qozoq-nemis universiteti (DKU) hamda Germaniya Akademik almashinuv jamgʻarmasi (DAAD) hamkorligida tashkil etilayotgan XVIII xalqaro yozgi universitet dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.

Bu dastur Markaziy Osiyo va Germaniyadan boʻlgan bakalavrlar, magistrlar, yosh mutaxassislar hamda fuqarolik faollari uchun moʻljallangan.

Dastur mashgʻulotlari 2022-yil 4-14-avgust kunlari Qozogʻistonning Olmaota shahrida (DKU universitetida) boʻlib oʻtadi.

Dasturning bu yilgi mavzusi: Civic activism in Central Asia and the South Caucasus: overview and perspectives.

Dasturning maqsadi bir tarafdan Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkazda mustaqillikka erishilgandan keyingi ijtimoiy harakatlar rivojini baholash, ikkinchi tarafdan esa ushbu hududlarda ijtimoiy faollikni tushuntiruvchi nazariy yondashuvlarni tadqidiy jihatdan koʻrib chiqishdir.

Ishtirokchilar post-Sovet hududidagi fuqaroviy faollik rivoji va dinamikasi haqida chuqurroq tushunchaga ega boʻladi hamda bu orqali mazkur hududlarda ijtimoiy faollik kelajagining ehtimoliy ssenariylarini ishlab chiqish imkoniga ega boʻladi.

Dasturda quyidagi 2 ta kurs taklif etiladi:

  • Civic activism in Central Asia (political science and sociology).
  • Civic activism in the South Caucasus (anthropology).

Nomzodlar faqat bitta kurs uchun ariza topshirishi mumkin. Har bir kurs uchun 10-15 nafardan ishtirokchi olinadi. Kurslar jamoaviy ish, maʼruza va seminarlardan iborat boʻlib, ingliz tilida olib boriladi. Dasturni muvaffaqiyatli tamomlaganlarga sertifikat beriladi.

Markaziy Osiyodan boʻlgan ishtirokchilar uchun kursda qatnashish haqida 35 000 tenge (taxminan 80 dollar). Biroq ishtirokchilar uchun grantlar ham taklif etiladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat va magistratura talabalari, shuningdek yosh mutaxassislar hamda fuqarolik faollari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Mablagʻ mavjudligidan kelib chiqib, Markaziy Osiyodan boʻlgan ishtirokchilar uchun quyidagilar imtiyozlardan iborat grantlar ajratiladi:

  • Kursga qatnashish toʻlovi qoplanadi.
  • Borish va kelish xarajati qoplanadi (bunda mavjud eng arzon transport qatnovi xarajati hisobga olinadi).
  • Turar joy xarajatlari qoplanadi.
  • Har kungi nonushta va konferensiya kunlarida tushlik bepul taʼminlanadi.

Ishtirokchilar safar, kurs va yashash xarajatlarini oʻz yonidan qoplab qatnashishi ham mumkin.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Dasturga bakalavrlar, magistrlar, yosh mutaxassislar va fuqaroril faollari ariza topshirishi mumkin.
  • Nomzodlar dastur mavzusiga boʻyicha qiziqish yoki ish tajribasiga ega boʻlishi kerak.
  • Nomzodlar ingliz tilini yetarli darajada bilishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2022-yil 15-maygacha qabul qilinadi.

Dasturda qatnashmoqchi boʻlganlar quyidagi hujjatlarni qabul sanasi tugashidan oldin int_office@dku.kz elektron pochta manziliga yuborishi lozim:

  • Motivatsiya xati (maksimal 300 soʻz).
  • Ingliz tilini yetarli darajada bilishini tasdiqlovchi hujjat. IELTS, TOEFL kabi sertifikatlar boʻlsa, shular topshiriladi. Agar boʻlmasa, ingliz tilida tahsil olayotganlik yoki universitetdagi ingliz tili oʻqituvchisidan ingliz tilini qay darajada bilishi haqidagi maʼlumotnoma kabi hujjatlar ham qabul qilinadi.
  • Talabalar universitet talabasi ekanligi haqida maʼlumotnoma ham topshirishi kerak.
  • Toʻldirilgan soʻrovnoma (bu yerdan yuklab oling).

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dastur haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!