Qozogʻistonning KIMEP University – KIMEP universiteti 2020-yilda boshlanadigan kurslar uchun Scholarships for citizens of Central Asian Countries grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar bakalavriat bosqichlarning 1-kurslariga oʻqishga kirgan talabalarga beriladi. Grantlar 4 yilga berilishi moʻljallangan.
Grant kimlar uchun?
Bakalavriat bosqichlarda oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
KIMEP Universityda oʻqish toʻlovi yiliga taxminan 80 169 dan 115 630 tengegacha (taxminan 208 – 300 USD). Har bir kredit soat hajmi uchun ham alohida toʻlov toʻlanishi mumkin. Batasfil ma’lumot bilan: shu yerda tanishing.
Markaziy Osiyo davlatlari uchun Scholarships for citizens of Central Asian Countries granti ajratiladi. Dastur oʻqish pulini toʻliq qoplaydi. Ammo dormitory deposit, tibbiy sugʻurta va boshqa xarajatlani toʻlamaydi. Grant 4 yilga beriladi. Joy – har bir davlat (masalan, Oʻzbekiston) uchun– 75 tadan.
Grant dasturlari haqida batafsil: shu yerda tanishing.
Talablar:
Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari ariza bera oladilar.
- Nomzod universitetning 2020-yil kuzda boshlanadigan bakalavriat yoʻnalishlaridan biriga ariza topshirgan boʻlishi kerak.
- Nomzod yuqori akademik koʻrsatkichga ega boʻlishi lozim.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish zarur. Ingliz tilini qanchalik yaxshi bilish kerakligi tanlangan kurs sahifasida koʻrsatilgan. Diqqat: KIMEP Universiteti ayrim yoʻnalishlarga KEPT 51 /IELTS 4,5/TOEFL iBT 57 ball sertifikatlari yoki shunga ekvivalent qabul qilinadi.
- Nomzod tanlangan bosqich va sohaga qarab attestat/kollej/litsey yoki shunga ekvivalent diplomga ega boʻlishi kerak.
- Nomzod tanlangan dastur talablariga mos boʻlishi zarur.
Barcha talab va cheklovlar bilan: shu yerda tanishing.
Dasturga qabul jarayoni:
Grantlar universitetning yuqorida koʻrsatilgan bakalavr kurslariga oʻqishga kirgan talabalarga beriladi. Shuning uchun avval oʻqishga ariza berish kerak. Keyin esa alohida grantga ariza topshiriladi. Grantga arizalar yilda ikki marta qabul qilinadi. Ayni vaqtda eng yaqin dedlayn – 2019-yil 23-dekabr. Ushbu grantga ariza qabul qilishning keyingi bosqichi 2020-yil bahor va yozda amalga oshiriladi.
Hujjat topshirish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim:
- Avval universitet qidiruv sahifasidan bakalavriat dasturlari va kirish talablari bilan tanishing. Keyin esa kerakli dasturni tanlang.
- Tanlangan dastur uchun oʻqishga qabul talablari bilan tanishing.
- Qanday qilib hujjat topshirish kerakligini How to apply online? boʻlimidan aniqlab oling.
- Apply Online boʻlmida ariza topshiring.
- Qabul jarayoni haqida savollar tugʻilganda: +7(727)237-47-53 telefon raqamlariga murojaat qiling.
Grantga ariza berish. Stipendiya olish uchun shu yerda berilgan grant dasturlaridan Scholarships for citizens of Central Asian Countries tanlanadi va koʻrsatilgan talablar asosida ariza toʻldiriladi. Soʻralgan hujjatlar bilan birga dedlayngacha joʻnatiladi.
Hujjatlar tarkibi (umumiy):
- (Onlayn tarzda toʻldiriladi)
- Attestat/diplom va baholar varagʻi (diplom ilovasi).
- Ingliz/rus tili sertifikati. KEPT 51 /IELTS 4,5/TOEFL iBT 57 ball sertifikatlaridan birini topshirasiz.
- Tavsiyanoma talab qilinishi mumkin.
- Olimpiada gʻolibi diplom/sertifikati soʻralishi mumkin.
- Qoʻshimcha hujjat sifatida esse talab qilinishi mumkin.
Tanlangan kursga qarab hujjatlar tarkibi farq qiladi. Qoʻshimcha hujjatlar ham soʻralishi mumkin. Shuning uchun bu ma’lumotlarni tanlangan bosqich, kurs va grant dasturi boʻyicha aniqlash lozim.
Nomzodlarni saralash ularning a’lo baholari, yuqori akademik oʻzlashtirishi va yutuqlari, tadqiqot olib borishga layoqati, sohaga tegishli tajriba kabilarga koʻra amalga oshiriladi.
Natijalar nomzodlarga dedlayn muddatidan keyin imkon qadar tez fursatda eʼlon qilinadi.
Murojaat uchun telefon: +7(727)237-47-53.