Qozogʻistonning KIMEP University – KIMEP universiteti 2019-yilning kuzida boshlanadigan kurslarga grant dasturlariga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar barcha bosqichlarning 1-kurslariga oʻqishga kirgan talabalarga beriladi. Grantlar 1-4 yilga berilishi moʻljallangan.
Grant kimlar uchun?
Barcha bosqichlarda oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
KIMEP Universityda oʻqish toʻlovi yiliga taxminan 43 150 dan 103 700 tengegacha (taxminan 113.53 – 272.85 USD).
Universitet nomzodlarga bir nechta grantlar taklif etadi:
Bakalavriat
Markaziy Osiyo davlatlari uchun:
- Scholarship for undergraduate: Dastur oʻqish pulini toʻliq qoplaydi. Oylik stipendiya va turar joy bilan ta’minlaydi. Ammo dormitory deposit, tibbiy sugʻurta va boshqa xarajatlani toʻlamaydi. Grant 4 yilga beriladi. Joy – har bir guruhdan 3 tagacha, umumiy – 12 ta. Dedlayn: 30-iyun.
Tegishli dasturlar:
- 5B070300 Bachelor of Information Systems
- 5B020700 Bachelor of Arts in Translation Studies
- 5B011900 Bachelor of Arts in Foreign Language: Two Foreign Languages
- «Altyn Belgi» Scholarship. Dastur oʻqish pulini 50 % qoplaydi. Ammo dormitory deposit, tibbiy sugʻurta va boshqa xarajatlani toʻlamaydi. Grant bir yilga beriladi. Joy– 40 ta. Dedlayn: 8-iyul.
Bakalavrdan keyingi bosqichlar.
- Scholarship for graduate: Dastur oʻqish pulini toʻliq va qisman qoplaydi. Dastur dormitory deposit, tibbiy sugʻurta va boshqa xarajatlani toʻlamaydi. Grant bir yilga beriladi. Joy – 100% lik 1 ta va 50% lik 4 ta, umumiy – 5 ta. Dedlayn: 30-iyun.
Tegishli dasturlar:
- “International Journalism”
- “Economics”
- “Public and Municipal Administration”
- “International Relations”
- “Foreign language: two foreign languages”.
- Scholarships for programs: “Business Administration”, “Marketing”, “Finance”, “Accounting and Audit” and “International Law”. Dastur oʻqish pulini 50% qoplaydi. Dastur dormitory deposit, tibbiy sugʻurta va boshqa xarajatlani toʻlamaydi. Grant bir yilga beriladi. Joy – har bir yoʻnalishga 2 tadan, umumiy – 10 ta. Dedlayn: 30-iyun.
Tegishli dasturlar:
- “Business Administration”
- “Marketing”
- “Finance”
- “Accounting and Audit”
- “International Law”
Grantlar kontrakt toʻlovini toʻliq yoki qisman qoplaydi. Kontrakt pulining qolgan qismi va yashash, tibbiy sugʻurta, oʻquv qurollari kabi xarajatlarni talabaning oʻzi toʻlashi kerak boʻladi.
Grant dasturlari haqida batafsil:shu yerdatanishing.
Talablar:
Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Barcha davlatlar hamda Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari ariza bera oladilar.
- Nomzod universitetning yuqorida koʻrsatilgan bakalavriat yoki magistratura yoʻnalishlaridan biriga ariza topshirgan boʻlishi kerak.
- Nomzod yuqori akademik koʻrsatkichga ega boʻlishi lozim.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish zarur. Ingliz tilini qanchalik yaxshi bilish kerakligi tanlangan kurs sahifasida koʻrsatilgan. Diqqat: KIMEP Universiteti ayrim yoʻnalishlarga KEPT/IELTS/TOEFL sertifikatlarini qabul qilmaydi. Ularning oʻrniga Excellent English proficiency topshirish talab qilinadi.
- Nomzod tanlangan bosqich va sohaga qarab attestat/kollej/litsey/bakalavr yoki unga ekvivalent diplomga ega boʻlishi kerak.
- Nomzod tanlangan dastur talablariga mos boʻlishi zarur.
Barcha talab va cheklovlar bilan: shu yerda tanishing.
Dasturga qabul jarayoni:
Grantlar universitetning yuqorida koʻrsatilgan bakalavr yoki magistratura kurslariga oʻqishga kirgan talabalarga beriladi. Shuning uchun avval oʻqishga ariza berish kerak. Keyin esa alohida grantga ariza topshiriladi. Grantga arizalar ayrim dasturlar uchun 2019-yil 30-iyunga qadar, ayrimlariga esa 2019-yil 8-iyulgacha qabul qilinadi. Aniq dedlayn muddatini tanlangan kurs va grant dasturiga koʻra aniqlab oling.
Demak, yuqorida koʻrsatilgan sohalardan birining magistraturasiga onlayn tarzda ariza berish kerak. Buning uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim:
- Avval universitet qidiruv sahifasidan umumiy dasturlar va kirish talablari bilan tanishing. Keyin esa kerakli dasturni tanlang.
- Tanlangan dastur uchun oʻqishga qabul talablari bilan tanishing.
- Qanday qilib hujjat topshirish kerakligini How to apply online? boʻlimidan aniqlab oling.
- Apply Online boʻlmida ariza topshiring.
- Qabul jarayoni haqida savollar tugʻilganda: +7 (727) 270 42 13, +7 (727) 2704248 telefon raqamlariga yoki uao@kimep.kz; gao@kimep.kz elektron pochtalariga murojaat qiling.
Grantga ariza berish. Stipendiya olish uchun shu yerda berilgan grant dasturlaridan keraklisi tanlanadi va koʻrsatilgan talablar asosida ariza toʻldiriladi. Soʻralgan hujjatlar bilan birga dedlayngacha joʻnatiladi.
Hujjatlar tarkibi (umumiy):
- (Onlayn tarzda toʻldiriladi)
- Attestat/diplom va baholar varagʻi (diplom ilovasi).
- Ingliz/rus tili sertifikati. Tanlagan kursga qarab talablar farq qiladi. Shuning uchun til bilish talablarini kurs sahifasidan aniqlang.
- Tavsiyanoma talab qilinishi mumkin.
- Olimpiada gʻolibi diplom/sertifikati soʻralishi mumkin.
- Qoʻshimcha hujjat sifatida esse talab qilinishi mumkin.
Tanlangan kursga qarab hujjatlar tarkibi farq qiladi. Qoʻshimcha hujjatlar ham soʻralishi mumkin. Shuning uchun bu ma’lumotlarni tanlangan bosqich, kurs va grant dasturi boʻyicha aniqlash lozim.
Nomzodlarni saralash ularning a’lo baholari, yuqori akademik oʻzlashtirishi va yutuqlari, tadqiqot olib borishga layoqati, sohaga tegishli tajriba kabilarga koʻra amalga oshiriladi.
Natijalar nomzodlarga dedlayn muddatidan keyin imkon qadar tez fursatda eʼlon qilinadi.
Murojaat uchun:
Telefon: +7 (727) 270 42 13; +7 (727) 2704248
e-mail: uao@kimep.kz; gao@kimep.kz