×

Quantic School of Business and Technology: to’liq akreditatsiyadan o’tgan, onlayn MBA kursida bepul o’qish imkoniyati!


Grant

MUHLAT

11.03.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

1196 marta

Quantic School of Business and Technology tomonidan taklif etilayotgan onlayn MBA kurslariga hujjatlar qabul qilinmoqda. Ushbu onlayn MBA kursida o’qish mutlaqo bepul.

To’liq akreditatsiyadan o’tgan ushbu kurs bitiruvchilari moliya, buxgalteriya va boshqa MBA kursiga aloqador mahorat testlarida AQShning Garvard, Stenford kabi universitetlari bitiruvchilari bilan o’xshash natijalarni qayd etib keladi. Bepul va onlayn bo’lishiga qaramasdan, ushbu kurs nufuzli va ishonchli onlayn kurslardan biri sanaladi. Onlayn mashg’ulotlarda o’rtacha tezlikda qatnashgan o’quvchi butun kursni taxminan 10 oy ichida tamomlay oladi.

Bitiruvchilarga diplom beriladi. Kurs haqida bu yerda batafsil tanishishingiz mumkin. Quantic MBA kurslariga qabul ko’rsatkichlari 7% ga yaqin – ya’ni, hujjat topshirgan nomzodlar ichidan 7% yoki undan kam miqdori MBA kursiga qabul qilinadi. O’qish veb va mobil ilovada olib boriladi. Bu haqida batafsil

Grant kimlar uchun?

MBA kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Kursga qabul ko’rsatkichi ancha past, lekin qabul qilingan barcha talabalarga o’qish bepul.

Talablar:

  • Qabul uchun kamida IELTS 6,5, TOEFL IBT 71 yoki shunga teng boshqa test natijalari talab qilinadi.
  • Nomzod kamida bakalavr darajasiga ega bo’lishi kerak. Baholar qanchalik yuqori bo’lsa, shunchalik yaxshi.
  • Kursga qabul jarayonida suhbat natijalari, nomzod ilgari o’qigan universitetlarning reytingi, ish tajribasi, yetakchilik sifati va o’qilgan boshqa kurslar hisobga olinadi.
  • Qabul uchun GRE yoki GMAT testlari natijalarini topshirish ixtiyoriy.

Dasturga qabul jarayoni:

MBA kursiga qabul fevral, mart va aprel oylarida bo’ladi. Hozir eng yaqin dedlayn – 11-mart. Keyingi qabul uchun hujjatlar 1 va 22-aprelgacha qabul qilinadi. Qabul uchun muhim boshqa sanalar bilan bu yerda batafsil tanishishingiz mumkin.

Arizalar bu yerda topshiriladi. Ariza to’ldirishda asosiy hujjat – bakalavr va o’qilgan boshqa kurslar baholari. Arizada til sertifikati, qo’shimcha hujjatlar va insholar ham topshiriladi.

Savollaringiz bo’lsa, savol-javoblar (FAQ) bilan bu yerda tanishishingiz mumkin. Quantic Business School bilan bog’lanish uchun rasmiy saytdagi “Contact” bo’limiga kiring.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!