×

Radboud Scholarship Programme: Gollandiya magistratura kurslari uchun 28 ta qisman grant!


Grant

MUHLAT

01.01.2025

QOLGAN VAQT

11 kun

HUDUD

Gollandiya

O'QILGAN

8469 marta

Gollandiyada joylashgan Radboud universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchi nomzodlarga Radboud Scholarship grant dasturini taklif etadi. Grantlar Radboud universitetida ingliz tilida oʻtiladigan magistratura kurslarida o’qish uchun Yevropa Ittifoqi va Yevropa Iqtisodiy Hududidan tashqaridagi davlatlar fuqarolariga beriladi. Grantlarni Erasmus Mundus magistrlik dasturlari va qoʻshma magistratura dasturlaridan boshqa istalgan ingliz tilidagi magistratura kursi uchun yutib olish mumkin.

Ingliz tilida o’qitiladigan magistratura kurslari ro’yxati

Radboud dasturi doirasida 2025-2026-oʻquv yili uchun jami 28 nafar talabaga grant ajratish rejalashtirilgan. Grant gʻoliblari 2025-yil kuzida oʻqishni boshlaydi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan talabaga quyidagi iqtisodiy imtiyozlar taqdim etiladi.

  • Kontrakt summasiga chegirma qilinadi (17 000 yevro emas, 2530 yevro toʻlanadi).
  • Viza, yashash ruxsati, tibbiy va javobgarlik sugʻurtasi xarajatlari ham qoplanadi.

Gollandiyada yashash xarajatlari haqida ma’lumot bu yerda ko’rsatilgan.

Universitetda 1 yillik va 2 yillik magistrlik dasturlari mavjud. Grant yutgan talaba 2 yillik magistratura kursiga kirgan boʻlsa, grant keyingi yili ham berilishi uchun 1 yildagi barcha fanlardan muvaffaqiyatli oʻtishi kerak.

Talablar:

Nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagilardan iborat:

  • Yevropa Ittifoqi yoki Yevropa iqtisodiy hududidagi davlat fuqarosi boʻlmaslik (pasportiga ega boʻlmaslik) kerak.
  • Biror boshqa sababga koʻra, Yevropa Ittifoqi davlatlari fuqarolari uchun belgilangan arzonlashtirilgan oʻqish pulini toʻlash huquqiga ega boʻlmasligi kerak.
  • Bakalavrlik darajasini Gollandiyadan tashqaridagi universitetda olgan boʻlishi / olishi kerak. Shuningdek, Gollandiyada bundan avval oʻqigan va ilmiy daraja olgan boʻlmasligi kerak (almashinuv dasturi orqali Gollandiyada maʼlum muddat oʻqigan talabalar grantni qoʻlga kirita oladi).
  • Nomzod oʻzi tanlagan magistrlik kursining ingliz tili darajasi talabiga mos boʻlishi kerak.
  • 2025-yil 1-sentabrdan boshlanadigan ingliz tilidagi magistrlik kurslaridan biriga hujjat topshirib, toʻliq qabul qilinishi va qabul xatini olishi kerak.
  • Gollandiya vizasini olish talablariga javob berishi kerak.
  • Grant beriladigan magistrlik kursida uzluksiz taʼlim (full-time) shaklida oʻqishi kerak.
  • Grantni quyidagi grantlar bilan birgalikda olib boʻlmaydi:
    – Radboud Encouragement Scholarship
    – Fulbright-Radboud Scholarship
    Nomzod bir vaqtning oʻziga yuqoridagi grantlarning bir nechtasiga ariza topshirishi mumkin, lekin faqat bittasi bilan taqdirlanadi.

Nomzodlar akademik mahorati (academic excellence), ambitsiyasi va tavsiyanomalari asosida grant uchun saralab olinadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant va magistratura kurslariga arizalar birgalikda topshiriladi. Avvaliga magistratura kursiga hujjat topshirish zarur. Hujjatlar bu yerda (OSIRIS ariza tizimi) topshiriladi. Magistratura kursiga hujjat topshirish jarayonida arizada Radboud Scholarship dasturiga ariza topshirish istagingiz borligini bildirishingiz kerak bo’ladi.

Shundan soʻng 2 ta tavsiyanoma va CV yuklashingiz soʻraladi. Agar bu hujjatlarni allaqachon magistrlik dasturiga topshirgan boʻlsangiz, grant uchun yana oʻshalarni topshirishingiz mumkin. Yodda tuting, magistrlik dasturiga qabul qilinganingiz grantni qoʻlga kiritganingizni anglatmaydi (magistraturaga qabul qilinib, grant berilmasligi ham mumkin). Grantni qoʻlga kiritganlarga bu haqida xabar qilinadi.

Grantga arizalar 2025-yil 31-yanvarga qadar topshirilishi lozim.

Grant natijalari haqida 2024-yil aprel oyi oʻrtalarigacha xabar qilinadi (xabar qilish muddati biroz oʻzgarishi mumkin).

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin grant haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan scholarships@ru.nl elektron pochta manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!