×

Rossiya: siyosatshunoslik bo’yicha magistratura kursi uchun 100% gacha grantlar


Grant

MUHLAT

30.06.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Rossiya Federatsiyasi

O'QILGAN

2532 marta

Rossiyaning Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universiteti hamda Xalqaro munosabatlar bo’yicha Moskva Davlat instituti birgalikda «Post-Sovet davlat siyosati» (Post-Soviet Public Policy) yo’nalishida qo’shma magistratura kursiga arizalar qabul qilinmoqda. Dastur ingliz tilida o’qitiladi va unda siyosatshunoslik sohasining nufuzli professor-o’qituvchilari bilib beradilar. Magistratura kursida o’qish uchun PolitIQ Scholarship Program grant dasturi ham mavjud.

Grant kimlar uchun?

Magistratura kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

O’qishga kontrakt asosida qabul qilingan talabalar yiliga 6612 AQSh dollari to’lovni amalga oshirishlari kerak bo’ladi.

Grant yutib olgan talabalarga esa o’qish to’lovi uchun 50-100 % chegirma qilinadi.

Talablar:

  1. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak, magistratura kursidagi barcha fanlar ingliz tilida o’qitiladi.
  2. Nomzod bakalavr kursini tamomlagan bo’lishi zarur. Baholari yaxshi yoki a’lo bo’lishi zarur, grantlar esa eng yuqori ko’rsatkichlarga ega talabalarga taqdim etiladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga alohida ariza berish talab etilmaydi. Magistratura kursi va grant uchun arizalar birgalikda qabul qilinadi.

  1. Bu yerda kursga hujjat topshiring. Arizalar 2020-yil 30-iyungacha qabul qilinadi.
  2. Ariza topshirilgach, dastlabki saralashdan o’tgan nomzodlar suhbatga taklif etiladilar. Suhbat onlayn tarzda bo’lib o’tadi.
  3. Suhbatdan ham muvaffaqiyatli o’tib, keyingi bosqichga yetib kelgan nomzodlar imtihon topshirishlari kerak bo’ladi. Grant yutib olish ehtimolligi ham imtihon natijalariga bog’liq bo’ladi.

Ariza berish uchun quyidagi hujjatlar kerak bo’ladi:

  • CV
  • Ikkita tavsiyanoma
  • Motivatsion xat
  • Diplom yoki bitiruvchilikni tasdiqlovchi ma’lumotnoma
  • Baholar
  • Ingliz tilini bilish darajasini ko’rsatuvchi sertifikat

Qabul jarayoniga oid savollar bilan admissions@politiq.ru elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!