×

Russia-OIC Campus: 18-35 yoshlilar uchun Rossiyada 5 kunlik qishki maktab; 100 kishi toʻliq va qisman grant asosida qabul qilinadi!


Grant

MUHLAT

12.11.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Rossiya Federatsiyasi

O'QILGAN

4206 marta

Tatariston Republikasi (Rossiya) Yoshlar masalalari vazirligi va Islom hamkorligi Yoshlar forumi (ICYF) hamklorlikda Russia-OIC Campus dasturini tashkillashtirmoqda. Dastur 2022-yil 12-16-dekabr kunlari Tatariston Respublikasining Qozon shahrida (Rossiya) boʻlib oʻtadi.

Dasturning maqsadi – Islom Hamkorlik Tashkilotiga (IHT) aʼzo davlatlar va dunyoning boshqa davlatlaridan boʻlgan yoshlar oʻrtasidagi hamkorlik kuchaytirish istagidagi faol yoshlar xalqaro hamkorlikni muhokama qilish uchun platforma yaratishdir.

Nomzodlar quyidagi 4 ta yoʻnalishdan biri boʻyicha qatnashish uchun ariza berishi mumkin:

  • Davlat diplomatiyasi (Public Diplomacy).
  • Barqaror rivojlanish (Sustainable Development).
  • Ijodkorlik sanoatlari (Creative Industries).
  • Islom moliyasi (Islamic Finance).

Dasturga jami 100 nafar ishtirokchi saralab olinadi. Dastur mashgʻulotlari ingliz tilida olib boriladi.

Ishtirokchilar oʻzlari tanlagan yoʻnalish asosida maʼruzalar va amaliy mashgʻulotlarda, shuningdek madaniy tadbir va interfaol seminarlarda qatnashadi.

Grant kimlar uchun?

18-35 yoshlilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Qabul qilingan 100 nafar ishtirokchining barchasi quyidagi moliyaviy imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Turar joy xarajatlari qoplanadi.
  • Tadbirda qatnashish bilan bogʻliq mahalliy xarajatlar qoplanadi.
  • Moliyaviy yordamga muhtoj boʻlgan ishtirokchilar uchun borish va qaytish aviachiptalari xarajati qisman yoki toʻliq qoplanishi mumkin.
  • Dasturga toʻliq qatnashib, uni tamomlagan ishtirokchilar maxsus sertifikat bilan taqdirlanadi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Rossiya, Islom Hamkorlik Tashkiloti davlatlari, shu tashkilotda kuzatuvchi maqomiga ega davlatlar, Bolqon davlatlari va boshqa davlatlar, jumladan, Oʻzbekiston fuqarolari ariza topshirishi mumkin.
  • 18-35 yosh oralgʻida boʻlish kerak.
  • Ingliz tilida muloqot qila olish lozim.
  • Davlat diplomatiyasi yoʻnalishiga topshirmoqchi boʻlganlar loyiha boshqaruvi sohasida tegishli tajribaga ega boʻlishi kerak hamda oxirgi ish faoliyatiga oid dalil/hujjatlarni taqdim etishi kerak.
  • Barqaror rivojlanish, ijodkorlik sanoatlari va Islom moliyasi yoʻnalishlariga ariza topshirayotganlar tegishli soha doirasiga kiruvchi yoshlarning tashabbuslari/loyihalarda ishlash/faoliyat yuritish boʻyicha tegishli tajribaga ega boʻlishi hamda oʻz tajribasini tasdiqlovchi ish/hujjatlarni taqdim etishi kerak.

• Those applying to Sustainable Development, Creative Industries, and Islamic Finance educational tracks are supposed to have relevant expertise in youth initiatives within the spheres and evidence of their active works attached.
• Motivational letter that explains your passion for taking part in the Russia-OIC Campus.
• Ability to communicate in English.
• Recommendation letter from a youth organization that confirms one’s contribution to the development of youth initiatives in the areas of Sustainable Development, Creative Industries, Islamic Finance, and Public Diplomacy would be an advantage during the selection process.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga arizalar 2022-yil 12-noyabrgacha qabul qilinadi.

Ariza onlayn shaklda BU YERDA toʻldiriladi.

Arizani toʻldirishda shaxsiy maʼlumotlarni kiritish va quyidagi hujjatlarni yuklash talab etiladi:

  • 250-300 soʻzli motivatsiya xati.
  • CV (2 betdan oshmasligi kerak).
  • Tanlangan yoʻnalishga oid tegishli ish/faoliyat tajribasi va yutuqlarini tasdiqlovchi sertifikat va hujjatlar. Bunday hujjatlar bitta jildga (papkaga) joylanib, biror ochiq onlayn manbaga (masalan, Google Drive xizmatiga) joylashtirilishi hamda ariza shaklida shu jildga havola berishi kerak.
  • Xorijga chiqish pasporti nusxasi.
  • Nomzod tanlagan yoʻnalish boʻyicha uning yoshlar tashabbuslari/loyihalarini ishlab chiqish yoki rivojlantirishga qoʻshgan hissasini eʼtirof etuvchi biror tashkilotdan tavsiyanoma (bu hujjatni topshirish majburiy emas, lekin taqdim etilsa, saralashda ustunlik beradi).

Ariza ingliz tilida toʻldirilishi va barcha hujjatlar ingliz tilida boʻlishi lozim.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dastur haqidagi rasmiy eʼlon (Russian-OIC Campus) bilan batafsil tanishib chiqing.

Murojaat

Savollar yuzasidan quyidagi kontaktga murojaat qilishingiz mumkin:

Ms. Camilla Shaykhutdinova, dastur koordinatori.
Email: kazan@oicyouthcapital.com Phone: +7 917-930-68-85

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!