×

Samarqandda 6 kunlik yozgi maktab: barcha xarajatlar qoplanadi!


Grant

MUHLAT

21.07.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

7110 marta

Bir nechta xalqaro tashkilotlar hamkorligi. jumladan, Germaniyaning  Regional Programme “Integrative and Climate-sensitive Land Use in Central Asia“ loyihasi asosida Markaziy Osiyo mutaxassislari uchun “Markaziy Osiyoda yerdan barqaror foydalanish va tabiatni muhofaza qilish uchun innovatsiyalar” yozgi maktabi tashkil etilmoqda.

Dastur 2024-yil 9-15-sentyabr kunlari Samarqand davlat universitetida bo’lib o’tadi. Ishtirokchilar Ishtirokchilar yerdan barqaror foydalanish va tabiatni muhofaza qilishda innovatsion yondashuvlar bilan tanishadilar. Yozgi maktabda nazariy ma’ruzalar va amaliy mashg’ulotlardan iborat bo’lib, quyidagi mavzularda bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishadi:

GIS bo’yicha:

  • Kirish, ma’lumotlarni yig’ish, koordinata tizimlari va GNSS, fazoviy ma’lumotlar kartografiya va xaritalar yaratish.
  • QGIS bilan amaliy mashg’ulotlar.

Masofadan zondlash bo’yicha: 

  • Masofaviy zondlash, rezolyutsiya va masshtab kontekstida agrobiologik xilma-xillik, tasvir tasnifi va yerdan foydalanish xaritasi, Machine Learning va Google Earth Engine, dron xaritalash kabi sohalar bilan tanishish.
  • Google Earth Engine va QGIS bilan amaliy mashg’ulotlar.

Dastur quyidagi mutaxassislar tomonidan olib boriladi:

  • Dr.-Ing. Gorres Grenzdörffer, Germaniyaning Rostok universiteti Geodeziya va geoinformatika kafedrasi katta ilmiy xodimi;
  • Toshpulot Rajabov, Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti direktori;
  • Doktor Natalya Marmazinskaya, Zarafshon tabiat milliy bog‘i direktori o‘rinbosari, O‘zbekiston;
  • Aleksandr Shtayger, magistr, Rostok universiteti Geodeziya va geoinformatika kafedrasi ilmiy xodimi;

Dastur ingliz va rus tillarida olib boriladi.

Dastur doirasida 20 nafargacha ishtirokchi qabul qilinadi.

Grant kimlar uchun?

Ekologiya, qishloq xo'jaligi, ijtimoiy fanlar, tabiatni muhofaza qilish, geografiya yo'nalishlarida o'qiyotgan yoki ishlayotgan yosh mutaxassislar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilingan barcha ishtirokchilar quyidagi moddiy imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Yozgi maktabda bepul ishtirok etish.
  • Dastur bilan bog’liq safar xarajatlari qoplanadi.
  • Bepul turar joy va oziq-ovqat bilan ta’minlanadi.

Eslatma: ishtirokchilar tibbiy sug’urta xarajatlarini o’zlari hal qilishlari kerak.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Dasturda O’zbekiston va Tojikiston, jumladan, Markaziy Osiyoning ekologiya, qishloq xo’jaligi, ijtimoiy fanlar, tabiatni muhofaza qilish, geografiya yo’nalishlarida o’qiyotgan yoki ishlayotgan yosh mutaxassislar ishtirok etishi mumkin.
  • Nomzod yuqoridagi sohalardan birida kamida bakalavr darajasiga ega bo’lishi kerak.
  • Ingliz yoki rus tilini yetarlicha bilishi lozim.
  • Ishtirokchilar dasturga shaxsiy kompyuteri bilan kelishlari tavsiya etiladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar 2024-yil 21-iyulga qadar email orqali rustam.murzakhanov@succow-stiftung.de manzilga ariza yuborishlari kerak. Arizalar ingliz yoki rus tillarida qabul qilinadi. Ariza topshirishda kerakli hujjatlar: 

  • CV.
  • 1-2 sahifadan iborat motivatsion xat. Bunda dasturda nega qatnashmoqchiligi, hozirgi faoliyati va dasturning bog’liqligi haqida batafsil ma’lumot berilishi kerak. 

Saralangan nomzodlar 2024-yil 31-iyulga qadar xabardor qilinadi.

ESLATMA: ariza topshirishdan avval rasmiy eʼlon va loyiha haqida batafsil bilan batafsil tanishib chiqing. Dastur va unga ariza topshirish yo’riqnomasi bilan bu yerda (rus tilida PDF) hamda bu yerda (ingliz tilida PDF) bilan tanishing.

Qo’shimcha murojaatlar uchun: 

Rustam Murzaxonov, Maykl Sukkov fondi (Germaniya)

  • Elektron pochta: rustam.murzakhanov@succow-stiftung.de
  • Telefon: +49 3834 83542 28

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!