×

San’at vakillari uchun AQShda o’z asarlarini namoyish qilish imkoniyati!


Grant

MUHLAT

31.12.2015

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1765 marta

Umumiy ma’lumot:

Teatr, rassomchilik, raqs, haykaltaroshlik kabi san’at sohalaridan birida faoliyat yuritasizmi? Balki shunday san’atlar bilan bog’liq loyihalarni boshqararsiz? Unda siz AQShga grant orqali kelib, o’z san’atingizni namoyish etish imkoniyatiga egasiz.

Ishtirok etish tartibi:

Ushbu dasturda ishtirok etishning shartlari quyidagicha:

Avvalo, sizning AQShga kelib amalga oshirmoqchi bo’lgan san’at loyihangiz notijoriy maqsadda bo’lishi mumkin. Masalan, siz AQSh maktablari bo’ylab o’quvchilarga o’z san’atingizni namoyish etish niyatidasiz va bundan hech qanday moddiy manfaat topmaysiz. Bunday loyiha uchun sizda grant yutish imkoniyati bor.

Shuningdek, siz o’z sohangizning professsional ustasi bo’lishingiz kerak. Havaskorlar yoki talabalar bu dasturda qatnashishi mumkin emas. Yoshga cheklov qo’yilmagan. Muhimi, professional san’at egasi bo’lishingiz kerak.

Qolaversa, dasturda qatnashishi mumkin bo’lgan 37 davlatdan birining fuqarosi bo’lishingiz kerak. O’zbekiston ham qatnashishi mumkin bo’lgan davlatlar ro’yxatida bor.

Siz AQShda amalga oshirish niyatida bo’lgan loyihangizni 2016-yilning 1-mayidan boshlashingiz mumkin. Uni uzog’i bilan 2017-yilning 30-apreligacha tamomlashingiz kerak. Demak, ushbu grant bir yil muddatga beriladi.

Shuningdek, loyihani amalga oshirish uchun avvaldan AQShda hamkor topishingiz kerak. Masalan, AQShda rasmlaringiz ko’rgazmasini tashkil etish niyatida bo’lsangiz, shu ko’rgazmani tashkil etishda sizga yordam berishga rozi bo’lgan tashkilotni oldindan topishingiz lozim.

Topshirish lozim bo’lgan hujjatlar:

Dasturda ishtirok etish uchun quyidagilarni topshirishingiz talab etiladi:

– Rezyume yoki CV (500 so’zdan oshmasligi kerak);

– Quyidagi savollarga javob beruvchi insho:

1. Ilgari tadqiqot yoki o’qish maqsadida xorijda bo’lganmisiz? Shunday bo’lsa, qachon va qayerga borgansiz?

2. “ArtsLink” dasturida orttirgan tajribangizni o’z yurtingizga qaytgach, boshqalar bilan qanday baham ko’rmoqchisiz?

3. Bu loyihangizning shaxsiy san’at qiziqishlaringiz yoki bunyodkor maqsadlaringizga qanday aloqasi bor? Nega AQShga kelib bu loyihani amalga oshirmoqchisiz? Nega hozir?

– Byudjet rejasi;

AQShda amalga oshiradigan ishlaringiz va ularga ketadigan mablag’ summasini maxsus formani to’ldirish orqali topshirishingiz lozim.

– Loyiha haqida qisqacha ma’lumot

Loyihaning qisqa mazmuni (Ko’pi bilan 100 so’z);

Loyiha haqida to’liq ma’lumot (Ko’pi bilan 500 so’z);

– Taklifnoma va tavsiyanomalar;

O’z yurtingizdan sizni o’zingiz shug’ullanadigan san’at turi bo’yicha yaxshi taniydigan professional san’at ustasi tomonidan yozilgan tavsiyanoma;

AQShlik san’at ustasi tomonidan yozilgan tavsiyanoma;

AQShda sizning loyihangizni o’tkazib berishga rozi bo’lgan mezbon tashkilot tomonidan taklifnoma.

– Ishingizdan namunalar

Siz o’zingiz ixtisoslashgan san’at turi bo’yicha yaratgan ishlaringizdan namunalarni ham yuborishingiz kerak. Ushbu namunalarni yuborishning to’liq shartlari va yuqorida tilga olingan jami hujjatlarni topshirish tartibi haqida to’liq ma’lumot bilan quyidagi manzilda tanishib chiqing:

Qo’shimcha savollaringiz bo’lsa, ularni al@cecartslink.org elektron pochtasiga yuborishingiz mumkin.

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!