×

Yaponiya: talabalar uchun qishki maktab: xarajatlar qisman qoplanadi; joy – 40ta!


Grant

MUHLAT

19.11.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yaponiya

O'QILGAN

2940 marta

Yaponiyaning The Graduate University for Advanced Studies (SOKENDAI) va Koreyaning University of Science & Technology (UST) universitetlari hamkorligida tashkillashtirilgan SAWS 2019 astronomiya qishki maktabga arizalar qabul qilinmoqda. Qishki maktab Yaponiyaning Tokiyo shahrida 2019-yil 27-fevraldan 1-martgacha bo’lib o’tadi. Maktab mashg’ulotlari Tokiyodagi Mitaka shahrida joylashgan Yaponiya Milliy Astronomiya Observatoriyasida malakali mutaxassis astronomlar, va hamkor universitetlardan jalb etilgan professorlar tomonidan ma’ruza va munozaralar ko’rinishida olib boriladi. Ushbu dastur Osiyo davlatlaridan bo’lgan iqtidorli talabalar uchun mo’ljallangan bo’lib, unga asosan magistratura va doktorantura talabalaridan tashkil topgan 40-50 kishilik guruh yig’ilishi rejalashtirilgan. Ushbu ilmiy qishki maktabni tashkillashtirishdan maqsad chet ellik umidli bo’lajak mutaxassislarga Yaponiya universitetlarida o’rgatiladigan va yetuk mutaxassislar tajribasi mahsuli hisoblangan mavzularni o’rganish imkonini yaratish. Bu yilgi qishki maktab mavzusi – Star and Planet Formation: Key Questions and Challenges.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr, magistratura va doktorantura talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

SAWS 2019 qishki maktabida ishtirok etish bepul, safar xarajatlari esa tashkilotchilar tomonidan qisman qoplanadi. Tashkilotchilar tomonidan beriladigan modiy yordam miqdori 60000 yenadan iborat (taxminan 533 AQSh dollari). Qatnashchilar Tokiyoda dastur davomida yashashlari uchun mehmonxonada joy tashkillashtirilgan, lekin joylar soni cheklangan, shuning uchun bu masala nomzod maktabga qabul qilingach qayta ko’rib chiqiladi.

Talablar:

Yozgi maktabga quyidagi talablarga eng mos nomzodlar qabul qilinadi:

  1. Nomzod Osiyo davlatlaridan biri fuqarosi bo’lishi kerak.
  2. Nomzod oliy ta’lim muassasasining magistratura yoki doktorantua bosqichida tahsil olayotgan bo’lishi kerak.
  3. Nomzod astronomiya sohasiga qiziqishi yoki shu sohaga yaqin yo’nalishda o’qiyotgan bo’lishi kerak.
  4. Maktab mashg’ulotlari ingliz tilida olib boriladi, shuning uchun nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

SAWS 2019 qishki maktabiga hujjatlar onlayn ariza ko’rinishida qabul qilinadi. Maktabda qatnashish istagidagi nomzodlar ariza blankasini to’liq va to’g’ri to’ldirib, 2018-yil 19-noyabrdan kechiktirmay saws2019-loc@nao.ac.jp elektron manziliga yuborishlari zarur. Hujjat topshirishda nomzodning ilmiy rahbari yoki kurs rahbari tomonidan berilgan tavsiyanoma ham zarur.

Ma’lumot uchun saws2019-loc@nao.ac.jp elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!