×

School of Molecular and Theoretical Biology: Estoniyada 16 kunlik yozgi maktab – turar joy va yashash xarajatlari qoplanadi!


Grant

MUHLAT

24.01.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Estoniya

O'QILGAN

1391 marta

Estoniyaning Tartu shahrida, Tartu Universitetida 2021-yil 3-19 avgust kunlari o’tkazilishi kutilayotgan School of Molecular and Theoretical Biology (STMB) yozgi maktabiga arizalar qabul qilinmoqda. Yozgi dastur maktablarda bitiruvchi sinfda tahsil olayotgan o’quvchilar uchun mo’ljallangan hamda nazariy va molekulyar biologiya mavzusida bo’lib o’tadi. Yozgi maktab 2012-yildan buyon nazariy va molekulyar biologiya fanlari bo’yicha har yili tashkil etib kelinadi. Pandemiya sharoitidan kelib chiqib, maktab mashg’ulotlari onlayn tarzda iyul-avgust oylarida bo’lib o’tishi ham mumkin. 

Yozgi maktab mashg’ulotlari ingliz va rus tillarida bo’ladi. Hujjat topshirish vaqtida ulardan birini tanlash mumkin. Dastur ishtirokchilari nazariy va molekulyar biologiya laboratoriyalarida chinakam olimlar bilan ishlashadi, ma’ruzalarda qatnashadi va tadqiqot o’tkazishadi. STMB yozgi maktabi tashkilotchilari bitiruvchi sinf o’quvchilari biologiya bo’yicha amaliy bilimlar olishga tayyor deb hisoblashgani uchun yozgi maktab o’quvchilarga molekulyar, nazariy biologiya amalda qanday o’rganilishini yaqindan ko’rsatib beradi. Batafsil

Grant kimlar uchun?

Maktab yuqori sinf o'quvchilari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilingan barcha o’quvchilarga mashg’ulotlar uchun kerakli materiallar beriladi. O’quvchining sug’urta va yashash xarajatlari qoplab beriladi. O’quvchilar yotoqxona bilan ta’minlanadi.

Yo’l xarajatlarini qoplash o’quvchining zimmasida bo’ladi, ammo zarur hollarda yo’l xarajatlari qisman yoki to’liq qoplanishi mumkin.

Talablar:

  • Nomzod maktabning 9, 10, 11 sinflarida o’qiyotgan bo’lishi, biologiya fanini chuqur o’zlashtirgan bo’lishi lozim.
  • Nomzod rus va ingliz tillaridan biri yoki ikkalasini ham yaxshi bilishi kerak. Rus tilini yaxshiroq bilish nomzodga foydaliroq bo’ladi, chunki yozgi maktabda ingliz tilidan ko’ra rus tilida laboratoriyalar ko’proq bo’ladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar onlayn tarzda 2021-yil 24-yanvargacha qabul qilinadi. Arizani rus yoki ingliz tilida to’ldirish hamda shu tillardan birida yozilgan tavsiyanomani ilova qilish kerak. Arizani boshlash uchun bu yerga bosing. Tavsiyanoma (letter of support) nomzodning o’zidan boshqa istalgan kishi tomonidan yozilishi mumkin.

Saralash natijalari va dasturning Estoniyada yoki onlayn tarzda o’tishi masalasidagi ma’lumot aprel oyida e’lon qilinadi. Hujjat topshirish oldidan ko’p beriladigan savollarga javoblar bilan tanishib chiqing. Murojaat uchun smtb@molbioschool.org manziliga ingliz yoki rus tilida e-mail yuboring. 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!