×

Xalqaro aloqalar sohasiga qiziquvchi barcha bosqich talabalari va yosh tadqiqotchilar uchun Qozog’istonda 5 kunlik bepul maktab


Grant

MUHLAT

18.09.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Qozog'iston

O'QILGAN

3172 marta

“School on Central Asia” maktabi 2023-yil 17-21 oktabr kunlari Qozog’istonning Ostona shahrida bo’lib o’tadi. Maktab Yevroosiyo Tahliliy Tadqiqotlar Monitoring Markazi (rahbari, Gorchakov klubi a’zosi Alibek Tojiboyev) bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda. Loyiha hamkori Ostona xalqaro universiteti hisoblanadi.

Maktabning asosiy mavzusi Markaziy Osiyoning jadal rivojlanayotgan xalqaro munosabatlar tizimidagi o’rnining o’zgarishidir. Bugungi kunda mintaqa global diplomatiya, iqtisodiyot va siyosatning asosiy ishtirokchisiga aylanib bormoqda. Shu sababdan ushbu dasturda Markaziy Osiyoning global munosabatlardagi o’zgaruvchan roli, uning «Bir kamar va yo’l», ShHT va YeOII kabi tashkilotlardagi ishtiroki keng qamrovli o’rganib chiqiladi. Shuningdek, dastur davomida suv inqirozi, ekologik muammolar va energiya xavfsizligi kabi klassik mintaqaviy muammolar ham o’rganib chiqiladi.

Maktab dasturi quyidagilardan iborat:

  • Tegishli universitetlar, davlat va jamoat institutlari va ishbilarmon doira vakillari, shuningdek, yetakchi tadqiqotchilar va jurnalistlar ishtirokidagi muhokamalar;
  • Amaliyotga yo’naltirilgan jamoaviy va individual tematik tadbirlar, seminarlar va tadqiqot musobaqalari;
  • Muayyan g’oyalarni ishlab chiqish va amalga oshirishga qaratilgan dars mashg’ulotlari.
  • Ekskursiya dasturi.

Dastur to’liq rus tilida bo’lib o’tadi

Grant kimlar uchun?

18-35 yoshdagi xalqaro munosabatlar, siyosatshunoslik, iqtisod, huquq va tarix sohasi bo’yicha tadqiqotchilar; bakalavriat, magistratura va aspirantura talabalari; xalqaro jurnalistlar; xalqaro hamkorlik va diplomatiya bilan shug‘ullanuvchi jamoat tashkilotlari vakillari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilinganlar quyidagi imkoniyatlar bilan taʼminlanadi:

  • Turarjoy, ovqatlanish, ichki transport, madaniy tadbirlar va Ostona shahri bo’ylab sayohat xarajatlari qoplab beriladi.
  • Eng yaxshi insho mualliflari (3 ta) borish va kelish uchun aviachiptalar bilan taʼminlanadi.

Eslatma: Ishtirokchilar Ostona shahriga borish/kelish (avia yoki temir yo’l orqali), viza to’lovi, aeroportdan (temir yo’l vokzalidan) borish/kelish, shuningdek, PCR testi (agar kerak bo’lsa) xarajatini o’z hisobidan to’laydilar.

Talablar:

Dasturda qatnashish uchun talablar quyidagicha:

  • 18-35 yosh oralig’ida bo’lish kerak.
  • Xalqaro munosabatlar, siyosatshunoslik, iqtisod, huquq va tarix sohasi bo’yicha tadqiqotchilar; bakalavriat, magistratura va aspirantura talabalari; xalqaro jurnalistlar; xalqaro hamkorlik va diplomatiya bilan shug‘ullanuvchi jamoat tashkilotlari vakillari qatnashishi mumkin.
  • Rus tilini bilish kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga arizalar 2023-yil 18-sentabr Toshkent vaqti bilan soat 01:59 gacha qabul qilinadi.

Dasturga ariza topshirish uchun ushbu havola orqali onlayn ariza shaklini to’ldirish kerak;

Ariza shaklida nima uchun maktabda qatnashmoqchi ekanligi haqida motivatsion xat yozib yuklash lozim;

Shuningdek, quyidagi mavzulardan birini tanlab, 5000 ta belgidan iborat bo’lgan insho (essay) yozish kerak:

  • Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasidagi munosabatlar (siyosiy, iqtisodiy yoki xavfsizlik sohasini tanlash mumkin).
  • Markaziy Osiyo 2030: Kelajakda asosiy muammolar qay ahvolda bo’ladi va ularning oldini olish uchun hozir nima qilish kerak?
  • Tranzit imkoniyatlari (masalan, Belt va Road Initiative) va ularning istiqbollari.

Eslatma: Dasturga ariza topshirishdan oldin rasmiy sayt ma’lumotlari bilan batafsil ushbu havola  orqali tanishib chiqing.

Dastur haqida qo’shimcha savollarni centralasian.school.2023@gmail.com elektron manziliga yuborish mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!