×

Schwarzman Scholars: Xitoyda magistraturada oʻqish uchun toʻliq grant, bepul turar joy, aviachipta va stipendiya!


Grant

MUHLAT

12.09.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Xitoy

O'QILGAN

182304 marta

Sarmoyasi 450 million AQSh dollari miqdoriga teng bo’lgan “Schwarzman Scholars” stipendiya dasturiga 2025-2026-oʻquv yili uchun arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu dastur global liderlarning keyingi avlodini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan. Dastur dunyoning eng iqtidorli va intiluvchan talabalariga Xitoyning eng nufuzli universtitetaridan biri – Tsinghua universitetida 1 yillik magistratura bosqichida o’qish orqali, o’z liderlik mahoratini va kasbiy faoliyat doirasini kengaytirish imkoniyatini taqdim etadi. Ushbu universitet 2024-yil aprel oyi holatiga koʻra, dunyodagi eng nufuzli oliygohlar roʻyxatida 12-oʻrinni egallab turibdi THE reytingi boʻyicha).

Mazkur dasturga qabul qilinganlarning barchasi quyidagi 3 yoʻnalish boʻyicha belgilangan fanlarni oʻqiydi:

  • Yetakchilik (Leadership)
  • Xalqaro masalalar (Global Affairs)
  • Xitoy (China)

Yuqoridagi uchta yoʻnalish boʻyicha majburiy fanlardan tashqari talaba oʻzi mustaqil tanlab oʻqishi mumkin boʻlgan koʻp sonli fanlar mavjud. Mazkur fanlar bilan BU YERDA batafsil tanishing.

Mazkur grant dasturiga har yili 200 nafargacha talaba qabul qilinadi (qabul qilinganlarning barchasiga avtomatik tarzda grant beriladi).

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichini tugatganlar (tugatayotganlar) va magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilingan talabalarga quyidagi imtiyozlar taqdim etiladi:

  1. Kontrakt puli va boshqa universitet badallari to’lab beriladi.
  2. Turar joy va oziq-ovqat ta’minlanadi.
  3. Dastur boshlanishi va tugashida Pekinga kelish hamda ketish xarajatlari qoplanadi.
  4. Mamlakat ichidagi tadqiqot turi va uning xarajatlari qoplanadi.
  5. Kerakli kitoblar va oʻquv materiallari taʼminlanadi.
  6. Har bir talabaga Lenovo noutbuki beriladi.
  7. Sog’liq sug’urtasi to’lab beriladi.
  8. Talaba xarajatlari uchun stipendiya ajratiladi.
  9. Shuningdek, intervyu bosqichiga oʻtganlarning oflayn intervyuda qatnashish xarajatlari ham toʻliq qoplanadi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  • Nomzod kamida bakalavr diplomi yoki unga ekvivalent bo’lgan oliy ta’lim muassasasi diplomi/sertifikatiga ega bo’lishi kerak. Hozirda bakalavriatda oʻqiyotganlar ham topshirishi mumkin va bunday holda nomzod 2025-yilning 1-avgustigacha bakalavrlik diplomini qo’lga kiritishi kerak boʻladi. Shuningdek, magistraturani bitirganlar / bitirayotganlar ham ushbu dasturga topshirishi mumkin, yosh va boshqa talablarga mos boʻlsa boʻldi.
  • Belgilangan yosh. Nomzod 2025-yilning 1-avgusti holatida kamida 18 yosh va 29 yoshga toʻlmagan boʻlishi lozim.
  • Ingliz tilini bilish darajasi. Nomzod ingliz tilida qiyinchiliksiz muloqot qila olishi, o’z fikrini tiniq ifodalay olishi lozim. Ona tilisi ingliz tili bo’lmagan kandidatlardan ingliz tilini bilish darajasini belgilovchi hujjat taqdim etishlari so’raladi (TOEFL iBT 100 yoki IELTS 7.0).
  • Oilaviy holat. Oila qurgan va qurmagan nomzodlar dasturda qatnashishda bir xil huquqqa ega. Oilali nomzod, stipendiyani yutsa, o’zi bilan oila a’zolarini Pekinga olib borishi mumkin. Lekin talaba yotoqxonada yashashi lozim, oila a’zolari esa yotoqxonada yashashi mumkin emas. Shu sababli, ularning yashash joyi uchun xarajatlar talabaning o’zi tomonidan qoplanadi.
  • O’rtacha o’zlashtirish darajasi (GPA). O’rtacha o’zlashtirish darajasining a’lo bo’lishi nomzodga dasturni qo’lga kiritishda yordam berishi mumkin. Lekin dasturga hujjat topshirish uchun o’rtacha o’zlashtirish darajasining belgilangan minimumi mavjud emas va o’z qobiliyatini namoyish eta oladigan talabalar, o’rtacha o’zlashtirish darajasi qanday bo’lishidan qat’i nazar, dasturga ariza topshirishi mumkin.
  • Fuqarolik: Istalgan davlat fuqarolari ariza berishi mumkin.
  • Soha: Bakalavriatni istalgan soha boʻyicha oʻqiganlar/oʻqiyotganlar ariza bera oladi.

Talablar bilan batafsil tanishish uchun SHU YERGA tashrif buyuring.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga hujjatlar qabuli 2024-yilning 12-sentabrgacha onlayn tarzda qabul qilinadi. Dastlab, qabul sahifasida hisob (account) yaratiladi va keyin ariza toʻldirilib, kerakli hujjatlar tizimga yuklanadi..

Onlayn ariza topshirishda toʻldirish talab qilinadigan boʻlimlar va yuklanishi kerak boʻlgan hujjatlar quyidagilardan iborat:

  1. Shaxsiy maʼlumotlar. Bunda nomzodning biografik va kontakt maʼlumotlari kiritiladi.
  2. “Men haqimda (About Me)” boʻlimi. Ushbu boʻlimda quyidagilar soʻraladi:
    Biografik profil. Bunda nomzod 100 tagacha soʻzda oʻzining yetakchilik borasidagi yutuqlari va kelajakdagi ishtiyoqlarini ifodalab berishi kerak. Bu qanday yozilishini avvalgi yillarda dasturga qabul qilinganlarning biografik profilini BU YERDA koʻrib, bilib olishingiz mumkin.
    Rezyume / CV. Maksimal 2 sahifa boʻlishi mumkin.
    Video tanishtiruv. Buni topshirish majburiy emas, lekin topshirish qattiq tavsiya etiladi. Bunda nomzod oʻzini tanishtirgan videoga havola beradi. Agar texnik sabablarga koʻra, videoni yuklab boʻlmasa, nomzod qisqa tushuntirish yozishi kerak.
    Qiziqishlar. Nomzod kasbiy va yetakchilik ishtiyoqlariga mos boʻlgan 2 tagacha qiziqishni tanlashi kerak.
    Avval ham topshirganganlar axboroti. Agar avval ham topshirgan boʻlsangiz, oʻshandan beri yetakchilik qobiliyatingizdagi rivojlanishlar haqidagi savolga javob yozasiz. Avval topshirmagan boʻlsangiz, boʻsh qoldirasiz.
  3. Taʼlim. Bu boʻlimda oʻqigan universitet(lar)ingiz kiritilishi (bakalavriat va undan keyingi bosqichlar), oʻqigan bosqichlaringizdagi baholaringiz oʻrtachasi va har bir fandan olgan baholaringiz ilova qilinishi kerak. Hali bakalavriat bosqichini bitirmaganla hozirgacha olgan baholari va ularning oʻrtachasini kiritadi.
  4. Til koʻnikmasi. Bunda nomzod til sertifikatini yuklaydi: IELTS 7.0 yoki TOEFL iBT. Shuningdek, oʻzi eng yaxshi biladigan yana 2 ta xorijiy tilni ham keltirib oʻtish mumkin (agar bilsa; bilmasa, keltirish shart emas).
  5. Yetakchilik borasidagi rollar. Bunda yetakchilik tajribangizni koʻrsatuvchi 5 tagacha yetakchilik borasidagi rollaringizni kiritishingiz mumkin.
  6. Mukofotlar va eʼtiroflar. Bu boʻlimda siz qoʻlga kiritgan 5 tagacha mukofot, stipendiya, eʼtirof yoki sizga tegishli nashrlar kiritiladi.
  7. Kasbiy tajriba. Agar hozirda talaba boʻlsangiz va toʻliq stavkada ishlaganlik tajribangiz boʻlmasa, bu boʻlimga hech narsa yozmay, oʻtkazib yuborasiz. Toʻliq stavkada ishlaganlik tajribangiz boʻlsa, 2 tagacha ishingizni kiritasiz. Faqat toʻliq stavkali ishlar kiritiladi.
  8. Insholar. Har bir nomzod 2 ta insho va 2 ta savolga qisqa javob yozishi kerak. 1-insho yetakchilik haqida boʻladi (Leadership Essay) va u 750 soʻzdan oshib ketmasligi kerak. 2-insho (Statement of Purpose) 500 soʻzdan oshmasligi kerak. Insholar nomzodning tanlanishida oʻta muhim ahamiyatga ega, Aynan nimalar haqida yozish kerakligi ariza shaklida keltirilgan boʻladi. 2 ta savolga esa 100 soʻzdan oshmagan qisqa javob berishingiz kerak boʻladi.
  9. Tavsiyanomalar. Nomzod arizada 3 nafar tavsiya beruvchining kontakt maʼlumotlarini kiritadi. Soʻng “Send to Recommender” tugmasini bosadi va tavsiya beruvchi emailiga tavsiyanomani taqdim qilish uchun havola boradi. Tavsiya beruvchi shu havola orqali tavsiyanomani yozib berishi kerak boʻladi.
  10. Intizomiy choralar. Bu boʻlimdagi savollarning hammasiga javob berish kerak. Sizga nisbatan qoʻllanilgan barcha akademik intizomiy choralar yoki/va jinoiy choralarni (agar boʻlsa) sanab chiqib, ularga tushuntirish yozasiz.
  11. Qoʻshimcha maʼlumot. Agar arizadagi biror maʼlumotga aniqlik kiritmoqchi boʻlsangiz, shu boʻlimda izoh berasiz.
  12. Imzo. Nomzod taqdim qilingan hujjatlar va maʼlumotlarning toʻgʻri hamda toʻliq ekani, insholarni shaxsan oʻzi yozganini va boshqa shu kabi muhim holatlari tasdiqlashi va kafolatlashi kerak. Arizani topshirishga tayyor boʻlganingizdan keyin tegishli maydonga toʻliq ismingizni yozasiz va bu sizning elektron imzongiz hisoblanadi. Soʻng “Continue” tugmasini bosasiz.
  13. Koʻrib chiqish. Agar arizada qaysidir zaruriy boʻlim toʻldirilmagan yoki boshqa kamchilik boʻlsa, bu haqida ogohlantirish chiqadi. Mazkur kamchiliklarni tuzatishingiz kerak. Tuzatilgandan keyin (yoki hammasi toʻgʻri boʻlsa), “Submit” tugmasi koʻrinadi. Shu tugmani bosish orqali arizani topshirasiz.

MUHIM: Yuqoridagi hujjat topshirish jarayonlari qisqartirib keltirilgan. Ular bilan batafsil tanishish uchun BU YERGA tashrif buyuring.

Shuningdek, hujjat topshirish bosqichidan oʻtganlardan bilan 2024-yil oktabr yoki noyabr oyida London yoki Nyu-Yorkda yuzma-yuz intervyu olinadi.

2024-yil 19- va 30-aprel, shuningdek, 2-may kunlari dasturga qabul yuzasidan onlayn maʼlumot seansi boʻlib oʻtadi. Unda qatnashish uchun BU YERDA oldindan roʻyxatdan oʻtish lozim (Upcoming information sessions).

Koʻp beriladigan savollarga javoblarni BU YERDAN topasiz.

Qabulga oid savollar yuzasidan admissions@schwarzmanscholars.org elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

Ariza topshirishdagi texnik muammolar yuzasidan apptech@schwarzmanscholars.org elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!