Dushanbedagi OSCE dasturi idorasi Bishkekdagi OSCE akademiyasi bilan hamkorlikda 6-marta oʻtkazilayotgan va suv siyosati tadqiqotlari sohasidagi yosh tadqiqotchilarga moʻljallangan “Diplomatiya uchun ilm-fan (Science for Diplomacy)” seminariga arizalar qabul qilmoqda. Ushbu 5 kunlik ilmiy ishlar yozish boʻyicha seminarda asosiy diqqat suv resurslari menejjmenti va booshqaruvi masalalariga qaratiladi. Trening kursi 2022-yil 21-25-mart kunlari Qirgʻiziston poytaxti Bishkekda joylashgan OSCE akademiyasida boʻlib oʻtadi. Trening kursidan keyin tanlab olingan nomzodlar uchun nashr qilish maqsadida oʻz tadqiqotini yozib tugatishda yoʻl-yoʻriq koʻrsatiladigan 2 oylik mentorlik dasturida ishtirok etish imkoniga ega boʻladi.
Seminar uchun jami 10 nafargacha (Markaziy Osiyodagi har bir davlatdan 2 nafardan) tadqiqotchi va akademik qabul qilinadi.
Ushbu dasturning maqsadi – mintaqadagi suv resurslari tadqiqoti, menejmenti va boshqaruvi masalalariga oid maqolalar uchun tadqiqot ishini yozishda Markaziy Osiyodagi ilmiy hamjamiyatni rivojlantirish.
Grant kimlar uchun?
Markaziy Osiyodagi istalgan oliy taʼlim/tadqiqot muassasasida magistr, PhD yoki postdoktorlik bosqichida tahsil olayotgan yoki shu bosqichlarni tamomlagan yoki professor assistenti yoki dotsent sifatida ishlayotganlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Dasturga qabul qilinganlar quyidagi moddiy imtiyozlarga ega boʻladi:
- Bishkekka borish va kelish xarajatlari qoplanadi.
- Bepul turar joy va oziq-ovqat taʼminalanadi.
Talablar:
Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:
- Nomzod Markaziy Osiyodagi istalgan akkreditatsiyadan oʻtgan oliy taʼlim/tadqiqot muassasasida magistr, PhD yoki postdoktorlik bosqichida tahsil olayotgan yoki shu bosqichlarni tamomlagan yoki professor assistenti yoki dotsent sifatida ishlayotgan boʻlishi kerak.
- Rivojlanish tadqiqotlari, siyosat va huquq fanlari, xalqaro tadqiqotlar, iqtisodiyot, muhandislik, atrof-muhit fanlari (ekologiya) va agronomiya yoki shularga oid sohada kuchli ilmiy va/yoki kasbiy tajribaga ega boʻlishi hamda ularning tadqiqotlari quyidagi mavzulardan biriga yoʻnaltirilgan boʻlish kerak:
1) xalqaro, milliy, sub-milliy va mahalliy foydalanuvchilar darajasida suv resurlari boshqaruvi va siyosati;
2) gidrologiya va suv resurslari boshqaruvi;
3) drenaj va irrigatsiya;
4) iqlim oʻzgarishi va falokatlar xavfini kamaytirish. - Ingliz tili yaxshi bilishi kerak.
- Oʻz tadqiqotini amalga oshirgan va tadqiqot ishini yozish jarayonida boʻlish kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Dastur uchun arizalar Oʻzbekiston vaqti bilan 2022-yil 15-fevral, 17:00 gacha qabul qilinadi.
Nomzodlar quyidagi hujjatlarni topshirishi kerak boʻladi:
- CV – ingliz tilida boʻlishi va 2 nafar tavsiya beruvchining kontakt maʼlumotlarini oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak (maksimal 3 bet boʻlishi lozim).
- Ingliz tilida yozilgan motivatsiya xati (maksimal 1 bet).
- Nomzod amalga oshirgan tadqiqotning qisqa bayoni. Bayon tuzilishi quyidagicha boʻlishi kerak: kirish, material va metodlar, natijalar va muhokama (maksimal 2 bet).
- Biror jurnal yoki konferensiyada nashr qilingan yoki nashr qilish uchun topshirilgan ingliz yoki rus tilidagi bitta maqola (bu hujjatni topshrish majburiy emas, ixtiyoriy).
Yuqoridagi hujjatlar 1 ta PDF faylga birlashtirilib, quyidagi email orqali Tahmina Jumabaevaga yuborilishi kerak: Tahmina.Jumabaeva@osce.org.
MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dastur haqida rasmiy maʼlumot bilan batafsil tanishib chiqing.