City University of Hong Kong oliygohi tomonidan har yili tashkil etiladigan Science Summer Camp yozgi oromgohining navbatdagi mavsumiga arizalar qabul qilinmoqda. Bu oromgoh matematika, fizika, tabiiy fanlar va ularga aloqador boshqa sohalar boʻyicha City University of Hong Kong oliygohida PhD bosqichida oʻqishni rejalashtirayotgan nomzodlarni bir yerga toʻplaydi.
Oromgoh quyidagi mashgʻulotlardan iborat:
- Kampusga sayohat
- Laboratoriya tashriflari
- Ekskursiya dasturi
- Tadqiqot seminarlari
- City University of Hong Kong oliygohidagi PhD dasturlari va Hong Kong PhD stipendiyasi sxemasi boʻyicha axborot seanslari
- Ilmiy rahbarlik qiluvchilar bilan uchrashuv va boshqalar
Nomzodlar quyidagi 4 ta kafedradan birining yozgi oromgohiga ariza topshirishi mumkin:
- Department of Biostatistics
- Department of Chemistry
- Department of Mathematics
- Department of Physics
Bu yilgi oromgoh 2023-yil 10-15-iyulda boʻlib oʻtadi.Mashgʻulotlar toʻliq ingliz tilida olib boriladi.
Maʼlumot uchun: City University of Hong Kong universiteti dunyoning eng nufuzli oliygohlar roʻyxatida 54-oʻrinni egallab turibdi (QS reytingi boʻyicha).
Grant kimlar uchun?
Biostatistika, kimyo, matematika, fizika va shu kabi sohalar boʻyicha tadqiqotga asoslangan bakalavriat yoki magistratura dasturining oxirgi bosqich talabalari yoki shu sohalar boʻyicha bakalavr yoki magistr darajasiga ega boʻlganlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Dasturga qabul qilingan xorijiy nomzodlar, jumladan, oʻzbekistonlik nomzodlar, quyidagi imtiyozlar bilan taʼminlanadi:
- Ovqatlanish uchun kuniga HK$100 (taxminan 13 AQSH dollari) miqdoridagi vaucher.
- Kampus yotoqsonasidan 5 kechaga bepul xona ajratiladi.
- 5 kunlik dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan ishtirokchilarga safar xarajatlarini qoplash uchun HK$3 000 (taxminan 382 AQSH dollari) gacha mablagʻ beriladi.
Talablar:
Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:
- Biostatistika, kimyo, matematika, fizika va shu kabi sohalar boʻyicha tadqiqotga asoslangan bakalavriat yoki magistratura dasturining oxirgi bosqich oʻqiyotgan boʻlish yoki shu sohalar boʻyicha bakalavr yoki magistr darajasiga ega boʻlish lozim.
- Oʻzi oʻqiydigan / oʻqigan bosqich talabalari orasida eng yuqori baholarga ega boʻlish yoki yuqori GPA koʻrsatkichiga ega boʻlish lozim.
- City University of Hong Kong universitetining ingliz tili talablariga javob berish kerak yoki bu talablarga javob berish potensialiga ega boʻlish kerak. Aksariyat hollarda, bu universitetga qabul qilinish uchun IELTS 6.5 yoki unga teng boshqa xalqaro til sertifikatlari talab etiladi. Shunday sertifikatga ega nomzodlarga ustunlik beriladi )lekin til sertifikati yoʻq boʻlsa ham, shu darajada ingliz tilini biluvchilar ham ariza topshira oladi). Til talablari bilan BU YERDA batafsil tanishing.
- Nomzodlar City University of Hong Kong universitetining 2024-2025-oʻquv yilida boshlanadigan PhD dasturlaridan biriga ariza topshirish niyatida boʻlishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Arizalar onlayn tarzda 2023-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.
Nomzodlar 4 ta kafedraga qarashli 4 ta yozgi oromgohdan faqat bittasiga ariza topshirishi mumkin. Har bir kafedra uchun alohida ariza shakli mavjud. Quyida oʻzingizga kerakli kafedra ustiga bosish orqali shu kafedra taklif qiluvchi yozgi oromgohning ariza shakliga kirishingiz mumkin:
Ariza shaklini toʻldirishda bakalavriatda / magistraturada olingan baholaringizni ham yuklashingiz kerak (ingliz tilida).
Shuningdek, topshirilishi majburiy boʻlmagan, lekin boʻlsa, topshirish mumkin boʻlgan hujjatlar ham mavjud. Bular quyidagilar: ingliz tili malakasi sertifikati (IELTS, TOEFL va h.k.), CV, ilmiy nashrlar (faqat birinchi sahifasining skanerlangan nusxasi), mukofotlar va boshqa tegishli hujjatlar.
Shuningdek, yozgi oromgohga ariza topshirishdan oldin City University of Hong Kong universitetidagi PhD dasturlaridan biriga onlayn tarzda ariza topshirish ham tavsiya etiladi (majburiy emas). PhD dasturlaridan biriga ariza topshirganlarga yozgi oromgohga qabulda ustunlik beriladi.
MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan avval dastur haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.
Savollar yuzasidan har bir kafedraning email manziliga murojaat qilishingiz mumkin:
- Department of Biostatistics: biosgo@cityu.edu.hk
- Department of Chemistry: chem.enquiry@cityu.edu.hk
- Department of Mathematics: marpgs@cityu.edu.hk
- Department of Physics: phy.go@cityu.edu.hk