×

Seedstars World Competition: startaplar uchun onlayn kurs – eng yaxshi startaplarga 100 000 AQSh dollari investitsiya kiritiladi!


Grant

MUHLAT

31.07.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

2790 marta

Seedstars – bu rivojlanayotgan mamlakatlarda odamlar hayotini texnologiyalar va tadbirkorlik orqali yaxshilashga bag’ishlangan Shveytsariya kompaniyasi hisoblanadi. Seedstars kompaniyasi faoliyati Onlayn Seedstars xalqaro musobaqasi, akselerator dasturlari, Seedspace hub, venchur sarmoyalar va kompaniyani shakllantirish tadbirlari va 90 dan ortiq rivojlanayotgan ekotizimni o’z ichiga oladi. 2013 yilda Seedstars kompaniyasi Seedstars World tashabbusi bilan chiqdi: asoschilar Pierre-Alan Masson va Alize de Tonnac dunyoni o’zgartirishni istagan eng iste’dodli startaplarni topish va rivojlanayotgan mamlakatlarda eng katta tadbirkorlar hamjamiyatini qurish maqsadida 20 ta mamlakatga safarlar uyishtirishdi.

13 mamlakatda o’tkazilgan musobaqalarning birinchi davri muvaffaqiyatli o’tdi va dunyo miqyosidagi tomoshabinlar e’tiborini tortdi. Tanlovning turi rivojlanayotgan mamlakatlarning hali foydalanilmagan imkoniyatlari, ekotizimlarini o’zgartirishga tayyor bo’lgan innovatsion yechimlar va iqtidorli tadbirkorlarni kashf etdi.

Bu keyingi olti yil ichida minglab tadbirkorlar, murabbiylar, sarmoyadorlar va ekspertlarni jamlagan yirik dastur shakllanishiga zamin yaratdi. Seedstars World hozir rivojlanayotgan bozorlar uchun dunyodagi eng katta startap musobaqa hisoblanadi.

2020 yil esa bu musobaqa o’tkazilishida yangi burilish yasadi. Endi Seedstars World dasturi butun dunyo bo’ylab rivojlanayotgan davlatlarda onlayn tarzda bo’ladi. Bunda dastur doirasida tashkil etilgan 9 oylik trening dasturi orqali rivojlanayotgan davlatlardan bo’lgan tadbirkor va rahbarlar startap loyihalarini rivojlantirish yo’llarini o’rganadilar. Seedstars World musobaqasi 90 dan ortiq davlatlarda o’tkaziladi va 100 dan ortiq onlayn tadbirlar tashkilotchisiga aylanadi. Musobaqa doirasida eng yaxshi startap loyihalar saralab olinib, trening dasturida ishtirok etishlari va mahalliy hamda hududiy investorlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo’lishadi. O’z vatanida o’tkazilgan musobaqada go’lib chiqqan startaplar mintaqaviy bosqichda ishtirok etadilar, bu bosqich g’oliblari esa 2021-yil aprelda bo’lib o’tadigan jahon final bosqichida 500 000 AQSh dollari sarmoyaga ega bo’lish uchun musobaqalashadilar.

Dasturda ishtirok etayotgan startaplar avvaliga Seedstars Online Academy kurslarida ishtirok etishadi. Tanlov O’zbekistonda ham bo’ladi va startaplar onlayn trening kurslarida ishtirok etish uchun arizalarini topshirishlari mumkin.

Grant kimlar uchun?

Startaplar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilingan barcha ishtirokchilar quyidagi imkoniyatlarga ega bo’lishadi:

  • Ishtirokchilar Seedstars Academy online trening kursida ishtirok etishadi.
  • Barcha ishtirokchilar Seedstars Mentor Network’ga (Seedstars murabiylar tarmog’i) a’zo bo’ladilar.
  • Dasturda ishtirok etgan startaplar orasidan eng yaxshi 10 nafar loyiha Growth dasturiga qabul qilinib, 50 000 AQSh dollari sarmoya mablag’iga ega bo’lishlari mumkin bo’ladi.
  • Xalqaro bosqich g’olib(lar)i esa 100 000 AQSh dollari sarmoyaga ega bo’lishlari mumkin bo’ladi.

Talablar:

  1. Dasturda startaplar ishtirok etishi mumkin.
  2. Startap loyihasi MVP (minimal o’zgaruvchan mahsulot) ga ega bo’lishi zarur.
  3. Startapning dastlabki foydalanuvchi bazasi bo’lishi kerak.
  4. Musobaqaning O’zbekiston mahalliy bosqichida ishtirok etayotgan startap loyihalari O’zbekiston hududida faoliyat olib borayotgan bo’lishi kerak.
  5. Startap ariza topshirilayotgan vaqtda 1 million AQSh dollaridan ortiq investitsiyalarga ega bo’lmasligi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2020-yil 31-iyulgacha qabul qilinadi. Arizalarni bu yerda topshirishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!