Har yili TED Fellows dasturi noodatiy, koʻp qirrali kishilarning yangi guruhini saralab oladi. Bu guruh Kanadaning Vankuver shahridagi konferensiyada yigʻilib, tinglovchilar bilan oʻz fikrlarini boʻlishadi.
Tashkilotchilar oʻz sohasida oʻsib borayotgan, original ish qilayotgan novatorlarni izlaydi. TED Fellows dasturi dunyoni oʻzgartirishga qodir gʻoyalar, fikrlar ustida ishlayotgan shaxslar – bajaruvchilar, ishlab chiqaruvchilar, kashfiyotchilar, advokatlar, kinorejissorlar va fotosuratchilar, musiqachi va rassmonlar, taʼlim sohasi vakillar, olimlar, tadbirkorlar, ijtimoiy yetakchilar, inson huquqlari yetakchilar va boshqa soha vakillarining oʻziga xos faoliyatini eʼtirof etadi.
Agar sizda ham dunyoni oʻzgartirishga qodir gʻoya boʻlsa, dasturga ariza topshiring.
Dasturning oldingi ishtirokchilari haqida bu yerda ma’lumot olishingiz mumkin.
Grant kimlar uchun?
Kamida 18 yosh boʻlgan barcha uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Dastur tomonidan tanlangan ishtirokchilar quyidagi imkoniyatlarga ega boʻladi:
- 2023-yil 14-22-aprel kunlari Kanadaning Vankuver shahrida boʻladigan konferensiyada ishtirok etish. Bunda borish va kelish, viza, turar joy, oziq-ovqat kabi barcha xarajatlar dastur tomonidan qoplanadi.
- Oʻz gʻoyalari bilan ishtirok etish va uni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yordam hamda maslahatlar olish.
- Ishtirokchilarga omma oldida nutq soʻzlash va media trening, professional murabbiylik, taʼlimiy dasturlar va oʻz sohasidagi yetakchilarning global tarmogʻi bilan bogʻlanish imkoniyati taqdim etiladi.
- Ushbu dastur akademik stipendiya dasturi hisoblanmaydi, shu sababli noanʼanaviy taʼlim olganlar ham dasturda ishtirok etishlari mumkin.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga javob bera olishi kerak:
- Kamida 18 yoshga toʻlgan boʻlishi lozim.
- Dastur toʻliq ingliz tilida olib boriladi, shu sababli ingliz tilini yetarlicha bilishi kerak.
- Konferensiyadagi qisqa nutqni ishlab chiqish uchun TED Fellows jamoasi bilan taxminan 10 soatlik videokonferensiya orqali qilinadigan muloqotda ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻlishi kerak.
- Ishtirokchi virtual va shaxsan rivojlanayotgan, oʻzaro bogʻlangan global hamjamiyat faoliyatida ishtirok etish hamda unga oʻz hissasini qoʻshishga tayyor boʻlishi lozim.
Dasturga qabul jarayoni:
Dasturga arizalar 2022-yilning 30-iyuniga qadar qabul qilinadi. Avvalo, TED Fellows dasturi taʼminlaydigan yordam va ariza topshirish boʻyicha maslahatlar bilan tanishib chiqing.
Arizalar BU YERDA onlayn shaklda topshiriladi. Onlayn ariza shaklining bir qismini toʻldirib, keyinroq davom ettirish imkoniyati mavjud emas. Shu sababli ariza shakliga kirib, yoziladigan javoblarni oldindan tayyorlab, keyin ariza shaklini toʻliq toʻldiring.
Sizning arizangiz – ishingizni dastur tashkilotchilariga namoyish qilish vositasi hisoblanadi. Ishingizning noyobligi va qanday taʼsirga ega ekanligini kengroq yoritishingiz kerak. Arizani xuddi uni oʻquvchilar sizning sohangiz boʻyicha hech narsa bilmaydigandek qilib, umumiy auditoriyaga moʻljallab yozishingiz lozim;
Qabul muddati tugagandan 8 oy oʻtgach, qabul natijalari eʼlon qilinadi. Arizalar koʻpligi sababli, ularning barchasini oʻqib chiqish vaqt olishi mumkin. Xoh ijobiy, xoh salbiy boʻlsin, barcha arizachilar qabul natijalari bilan xabardor qilinadi.
MUHIM: Dasturning rasmiy saytidagi maʼlumotlar bilan albatta tanishib chiqing.
Savollaringiz bo’lsa, quyidagi savol-javoblardan topishingiz mumkin: