×

Shotlandiya: Moda yoʻnalishi boʻyicha magistraturada oʻqish uchun toʻliq grant


Grant

MUHLAT

01.11.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1643 marta

Shotlandiyada joylashgan Glasgow Cladonian University Don McCarthy grant dasturi uchun arizalar qabul qilmoqda. Ushbu dasturga moda (fashion) yoʻnalishi boʻyicha magistraturada oʻqishni xohlovchi nomzodlar ariza topshirishi mumkin. Oʻqish 2020-yilning yanvaridan boshlanadi.

Nomzodlar quyidagi moda yoʻnaishlaridan birini tanlashlari mumkin:

  • MBA Luxury Brand Management
  • MSc Fashion Business Creation
  • MSc International Fashion Marketing
  • MSc Luxury Brand Marketing

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dastur nomzodning koʻrsatkichlari va qobiliyatiga qarab kontrakt summasini 100%gacha qoplab beradi. Kontrakt summasining qoplanadigan miqdori 100%dan kam ham boʻlishi mumkin.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlardan nomzodlar ariza bera oladi.
  • Nomzod Glasgow Caledonian University’ga hujjat topshirishi va grantga hujjat topshirishdan oldin universitetga shartli (conditional) yoki shartsiz (unconditional) ravishda qabul qilishi lozim.
  • Nomzod Shotlandiyada hayot kechirish uchun zarur xarajatlarini oʻzi qoplay oladigan darajada boʻlishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjatga (IELTS) ega boʻlishi kerak. IELTS uchun qoʻyilgan minimum talab umumiy 6 ball va hech qaysi boʻlim 5.5 dan past boʻlmasligi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetning magistratura kurslarida oʻqish uchun beriladi. 2020-yildan boshlanadigan kurslar uchun dedlayn – 2019-yil 1-noyabr.

Hujjat topshirish quyidagacha amalga oshiriladi:

Ushbu dasturga arizalar onlayn tarzda topshiriladi. Ariza topshirilayotganda 2-3 daqiqalik video ham joylanishi lozim. Videoda nega nomzod ushbu grantga loyiq ekani haqida ma’lumot berilishi kerak. Nomzod oʻz videosida quyidagi savollarga javob berishi zarur:

  • Why you should be awarded the scholarship? (Nega ushbu grant sizga berilishi kerak?)
  • What difference it will make to your studies/career? (Grantni qoʻlga kiritishingiz sizning oʻqishingiz/karyerangizda qanday oʻzgarish yasaydi?)
  • What difference you will make to the industry/University – what will you give back? (Universitetga/moda sanatiga qanday hissa qoʻsha olasiz – grant evaziga nima bera olasiz?)
  • What your future plans and career goals are? (Kelajakdagi reja va karyerangizga oid maqsadlaringiz qanday?)

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar qisqa muddat ichida elektron pochta orqali xabar qilinadi.

Maʻlumot uchun: shu yerga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!