×

Shotlandiya: Magistraturada oʻqish uchun 15 000 funt-sterling grant


Grant

MUHLAT

07.10.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Shotlandiya

O'QILGAN

1484 marta

Shotlandiyada joylashgan Glasgow Cladonian University 2020-yilgi Postgraduate Ambassador Studentship grant dasturi uchun arizalar qabul qilmoqda. Ushbu dasturga magistraturada oʻqishni xohlovchi nomzodlar ariza topshirishi mumkin. Oʻqish 2020-yilning yanvaridan boshlanadi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dastur nomzodning koʻrsatkichlari va qobiliyatiga qarab kontrakt summasidan 15 000 funt-sterling chegirma qiladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlardan nomzodlar ariza bera oladi.
  • Nomzod Glasgow Caledonian University’ga hujjat topshirishi va shartsiz (unconditional) ravishda qabul qilishi lozim.
  • Nomzod Shotlandiyada hayot kechirish uchun zarur xarajatlarini oʻzi qoplay oladigan darajada boʻlishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjatga (IELTS) ega boʻlishi kerak. IELTS uchun qoʻyilgan minimum talab umumiy 6 ball va hech qaysi boʻlim 5.5 dan past boʻlmasligi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetning magistratura kurslarida oʻqish uchun beriladi. 2020-yildan boshlanadigan kurslar uchun dedlayn – 2019-yil 7-oktabr.

Hujjat topshirish quyidagacha amalga oshiriladi:

  1. Avval universitetga oʻqishga kirish lozim. Buning uchun dastlab shu yerdan kerakli kursni tanlang.
  2. How to apply sahifasini diqqat bilan oʻqib chiqing.
  3. Shu yerda ingliz tili talablari bilan tanishing.
  4. Shu yerdan onlayn tarzda ariza topshiring.
  5. Keyin esa grantga ariza berasiz. Dasturga arizalar shu yerda topshiriladi

Kerakli hujjatlar:

  • Toʻldirilgan arizalar.
  • Bakalavr diplomi va ilovasi.
  • CV/resume.
  • Ingliz tili sertifikati.
  • Tanlangan sohaga qarab qoʻshimcha GRE/GMAT/LSAT kabi sertifikatlar soʻralishi mumkin.
  • Research proposal talab qilinishi mumkin.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar qisqa muddat ichida elektron pochta orqali xabar qilinadi.

Maʻlumot uchun: shu yerga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!