×

Shotlandiya: Magistratura uchun 6000 funt-sterlinggacha grant


Grant

MUHLAT

23.08.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1892 marta

Shotlandiyaning Glazgou shahrida joylashgan University of Glasgow Charlotte Nicholson Postgraduate Bursary in history dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant 2019-2020-oʻquv yilining sentyabr oyidan boshlanadigan magistratura kurslari talabalari uchun bir-ikki yilga berilishi mo`ljallangan.

Grant quyidagi magistratura kurslariga o`qishga kirgan talabalarga beriladi:

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

University of Glasgow magistratura kurslarida oʻqish toʻlovi tanlangan kursga qarab farq qiladi. To`lov hajmi tanlangan kurs sahifasida berilgan. Masalan, Early Modern History kursi uchun kontrakt yiliga taxminan 17 620 funt-sterlingni tashkil etadi.

Grant yutib olgan nomzod o`qish muddati tugaguncha 6 000 funt-sterling atrofida pul ajratiladi. Bu kontrakt to`lovini qisman qoplashga yetadi.

Grant nomzodning turar joy, ovqatlanish, o`quv qurollari va tibbiy sug`urta kabi boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uhun kontrakt pulining qolgan qismi va boshqa sarflarni talabaning o`zi to`laydi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos bo`lishi kerak:

  1. Ro`yxatda ko`rsatilgan barcha davlatlar vakillari ariza topshirishi mumkin (O`zbekiston ro`yxatda bor).
  2. Nomzod tanlagan sohasi bo`yicha bakalavr darajasiga ega bo`lishi kerak.
  3. Nomzod a’lochi bo`lish kerak.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish zarur. Ingliz tilini qanchalik yasxhi bilish kerakligi tanlangan kursga qarab farq qiladi. Shuning uchun buni kurs sahifasidan aniqlang. Odatda IELTS 6,5-7,0 bo`lishi talab qilinadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga arizalar 2019-yil 23-avgustgacha qabul qilinadi. Grant yuqorida koʻrsatilgan mutaxassisliklardan birida o`qish uchun beriladi. Demak, avval o`qishga hujjat topshirish kerak bo`ladi. Buni quyidagicha amalga oshiramiz:

  1. https://www.gla.ac.uk/postgraduate/apply/ sahifasiga kiramiz. Bu yerda umumiy kirish talablari berilgan.
  2. https://www.gla.ac.uk/postgraduate/taught/ sahifasidan kerakli kurs tanlanadi.
  3. Kurs sahifasiga kirib, kirish talablari, hujjatlar tarkibi, kontrakt to`lovi kabi ma’lumotlar bilan tanishamiz.
  4. Kurs sahifasi oxiridagi “Apply now” yozuvi bosib ariza to`ldiramiz.
  5. Arizaga so`ralgan hujjatlarni ilova qilib, jo`natamiz.

Grantga ariza berish. Grantga ariza shaklini yuklab olib to`ldiriladi va dedlaynga qadar Christelle.LeRiguer@glasgow.ac.uk manziliga jo`natiladi. Savollar tug`ilganda Steven.Reid@glasgow.ac.uk manziliga murojaat qiling.

Oʻqishga qabul va grant uchun taxminiy hujjatlar tarkibi:

  1. Ariza.
  2. Bakalavr diplomi, diplom ilovasi nusxalari.
  3. Pasport nusxasi.
  4. Ingliz tili sertifikati. Ingliz tilini qanchalik yaxshi bilish kerakligi tanlangan kurs sahifasidan aniqlanadi (odatda IELTS 6.5-7.0 yoki undan yuqori bo`lishi talab qilinadi).
  5. CV/rezume.
  6. Tadqiqot loyihasi/rejasi.
  7. Esse yozish talab qilinishi mumkin.
  8. Tavsiyanoma.

Hujjatlar tarkibi tanlangan kursga qarab farq qiladi. Hujjatlarni tanlangan kurs sahifasidan batafsil o`rganib chiqing. Rasmiy hujjatlar ingliz tiliga tarjima qilingan holda, notarial tasdiqlatib topshiriladi.

Nomzodlarni saralash ularning a’lo baholari, akademik yutuqlari, ijtimoiy faolligi va ilmiy salohiyatiga koʻra amalga oshiriladi.

Nomzodlar dedlayn muddatidan keyin tez fursat ichida eʼlon qilinadi.

 

Murojaat uchun: Steven.Reid@glasgow.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!