×

Shotlandiya: University of Stirlingda magistratura uchun 5 000 funt-sterling grant; joy – 40 ta


Grant

MUHLAT

31.05.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

2205 marta

Shotlandiyaning Sterling shahrida joylashgan University of Stirling 2019-yilning sentyabr oyidan boshlanadigan kurslar uchun PGT International Excellence Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitetning barcha magistratura kursida tahsil olishni istagan nomzodlar uchun moʻljallangan. Grant 40 nafar talabaga beriladi.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

University of Stirlingning MSc magistratura boʻyicha oʻqish toʻlovi 2019-2020-oʻquv yili uchun 15 950 funt-sterlingni tashkil etadi.

Grant yutib olgan 40 nafar nomzodlarga kontrakt toʻlovini qisman qoplash uchun 5000 funt-sterling pul beriladi:

Grant nomzodning yashash, tibbiy sugʻurta kabi boshqa sarflarini toʻlamaydi. Kontraktning qolgan qismi va boshqa toʻlovlarni talabaning oʻzi qoplaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
  2. Nomzod tegishli soha boʻyicha bakalavr darajasiga ega boʻlishi kerak.
  3. Grantga ariza berishdan avval University of Stirlingning MSc Magistratura kurslaridan biriga oʻqishga taklifnomani olgan boʻlishi zarur.
  4. Nomzod kunduzgi boʻlimda chet ellik (overseas) talaba statusida boʻlishi kerak.
  5. Nomzod a’lochi boʻlishi kerak.
  6. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Tilni qanday darajada bilish kerakligi tanlangan kurs sahifasida berilgan. Odatda IELTS kamida 6,5 boʻlishi kerak.
  7. Grant faqat Stirling campusda oʻqiydigan nomzodlarga taalluqli.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetning barcha magistratura kurslarida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod universitetdagi o‘zi tanlagan kursga ariza berishi kerak. O‘qishga qabul haqida hujjat olinganidan keyin grantga alohida ariza topshirish zarur. Oʻqishga kirishga dedlayn muddati farq qilishi mumkin. muddatni kerakli kurs sahifasidan aniqlang. Grantga hujjatlar 2020-yil 31-mayga qadar qabul qilinadi.

Oʻqishga hujjat topshirish tartibi: shu yerda berilgan.

Grantga hujjat topshirish uchun PGT International Excellence Scholarship formni toʻldiring ve kerakli hujjatlar bilan birga dedlaynga qadar joʻnating. Bu grantga ariza bergan nomzod universitetning boshqa grantlariga hujjat topshira olmaydi.

Hujjatlarning taxminiy tarkibi:

  • Personal statement.
  • Bakalavr diplomi va diplom ilovasi nusxasi. Baholar kamida 2:1/2:2 bo‘lishi lozim.
  • CV/resume.
  • Ingliz tili testi (kamida IELTS 6.5 yoki ekvivalent) sertifikati.
  • Pasport nusxasi.
  • Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma.
  • Viza haqida maʼlumot talab qilinishi mumkin.

Hujjat topshirish tartibi va kerakli hujjatlar tarkibi tanlangan kursga qarab farq qiladi. Qoʻshimcha hujjatlarni tanlangan kurs sahifasidan aniqlang. Hujjat topshirish haqida toʻliq maʼlumot: shu yerda.

Nomzodlar sohaga oid bilimlari, aʼlo baholari, ish tajribasi, darsdan tashqari tadbirlarda qatnashganligi, kelajakdagi rejalari kabilar asosida saralanadilar.

Natijalar dedlayndan keyin qisqa muddat ichida eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun:

University of Stirling

Stirling

FK9 4LA

Scotland UK

Telefon: +44 (0) 1786 473171

Elektron pochta:  international@stir.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!