×

Shveytsariya: PhD tadqiqotchilari uchun haq to’lanadigan amaliyot dasturi; stipendiya – 2 972 yevrogcha!


Grant

MUHLAT

11.10.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Shveytsariya

O'QILGAN

2631 marta

Shvetsariyaning Lausanne shahrida joylashgan Université de Lausanne (L’UNIL) universiteti Faculty of Biology and Medicine fakultetining 2021-yilda boshlanadigan bir qator PhD kurslariga ariza berishga taklif etadi. Grant PhD kursi va haq to’lanadigan amaliyot dasturidan iborat bo’lib, unga 3 nafar tadqiqotchi qabul qilinishi rejalashtirilgan. Grantlar quyidagi yo’nalishlar uchun ajratiladi:

  • Biology
  • Ecology
  • Genomics
  • Microbiology
  • Biomedicine
  • Public health

Grant kimlar uchun?

PhD kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur doirasida PhD kursi va haq to’lanadigan amaliyot dasturi uchun 3 nafar tadqiqotchi qabul qilinishi rejalashtirilgan. Tadqiqotchilarga 2 325 dan 2 972 yevro (taxminan 2 575 – 3 292 AQSh dollari) atrofida maosh to’lanadi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  1. Grantga barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega (fuqarolikka oid cheklov yoʻq).
  2. Nomzod tanlangan yo’nalishi bo’yicha kamida magistr darajasiga ega bo’lishi kerak.
  3. Nomzod oliygoh PhD kurslari uchun belgilangan talablarga javob berishi kerak.
  4. Nomzod ingliz/fransuz tilini (kurs tiliga qarab) yaxshi bilishi kerak.
  5. Nomzodning egallagan sohasi bo’yicha tadqiqot/mehnat tajribasiga ega bo’lishi maqsadga muvofiq.
  6. Nomzod o’zida kuchli iqtidor, yuqori potensial va sohaga bo’lgan kuchli qiziqishni namoyon etishi zarur.
  7. Nomzod tanlangan yo’nalishi bo’yicha tadiqotlar olib borishga ishtiyoqmand bo’lishi kerak. Batasil ma’lumot

Dasturga qabul jarayoni:

  • Dasturga hujjat topshirish uchun nomzod olygoh laboratoriyalaridan birini tanlashi va o’z CV’sini yuborishi zarur. Uning tadqiqot ishiga qiziqish bildirib, bu haqida e-mail yuborishganidan so’ng nomzod dasturga hujjat topshira oladi.
  • Oliygohga hujjat topshirish uchun nomzod onlayn ariza shaklini to’ldirishi va oliygoh hay’atiga taqdim etishi, so’ngra uning chop etilgan nusxasini imzolangan holda boshqa kerakli hujjatlar bilan birga quyidagi manzilga pochta orqali jo’natishi zarur:

Université de Lausanne

Service des immatriculations

et inscriptions

Unicentre

CH-1015 Lausanne

  • Hujjatlar qabul qilish 2020-yil yil 30-avgustda boshlanib, 11-oktabrgacha davom etadi.
  • Saralash bosqichidan o’tgan nomzodlar bilan 2021-yil yanvar oyida suhbat o’tkaziladi.

Eslatma: hujjat qabul qilish muhlati tugagunicha onlayn ariza va pochta orqali yuborilgan hujjatlarning barchasi oliygohga yetib borishi zarur. Batafsil ma’lumot: bu yerda.

Talab etiladigan hujjatlar:

  1. (onlayn arizaning chop atilgan va imzolangan nusxasi).
  2. 1ta passport formatidagi rasm.
  3. Yuqori maktab diplomi.
  4. Bakalavr va magistrlik diplomlari (usti va ichki tomoninig nusxasi).
  5. Reyting daftarchasi nusxasi (usti va ichki tomoni).
  6. CV.
  7. Tavsiyanoma.
  8. Tezis.
  9. Passport nusxasi.
  10. Arizani ko’rib chiqish uchun to’lov (200 Shvetsariya franki).

Ingliz/nemis/fransuz/italiyan yoki ispan tilida bo’lmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan yuborilishi zarur.

Bogʻlanish uchun:

Tel. +41 21 692 21 00
Fax +41 21 692 21 05

E-mail: phdfellowships@unil.ch

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!