AQShning The American Association for the Advancement of Science (AAAS) hamda Shvetsiyaning Science for Life Laboratory (SciLifeLab) 2021-yilgi “Science & SciLifeLab Prize for Young Scientists” ilmiy esselar (insholar) tanlovida qatnashishga taklif etadi. Tanlov oxirgi 2 yil ichida (2019 yoki 2020-yillar) PhD ishini himoya qilib, PhD darajasini olgan tadqiqotchilar uchun moʻljallangan. Esse quyidagi mavzulardan biri boʻyicha nomzodning tadqiqoti asosida yozilishi kerak:
- Cell and Molecular Biology: research in this category includes cellular and molecular processes at levels ranging from single molecule to single cell to tissue and organ systems,
- Genomics, Proteomics and Systems Biology: research in this category focuses on genomics, proteomics, integrative omics and systems biology approaches to facilitate comprehensive understanding of living cells, organisms and species,
- Ecology and Environment: research in this category encompasses interactions between organisms and their environment, and how these processes are influenced by human activity,
- Molecular Medicine: research in this category aims at building on the molecular understanding of disease in humans to develop preventive, diagnostic and therapeutic approaches, including individualized medicine.
Grant kimlar uchun?
2019 yoki 2020-yilda Cell and Molecular Biology; Genomics, Proteomics, and Systems Biology approaches; Ecology and Environment; Molecular Medicine sohalaridan birida PhD darajasini qoʻlga kiritganlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Tanlovda gʻolib boʻlgan nomzodlarga quyidagi mukofotlar beriladi:
- Gran-pri – mazkur mukofot sohibi 30 ming AQSH dollari bilan mukofotlanadi.
- Har bir kategoriya boʻyicha gʻoliblar esa 10 ming AQSH dollari bilan taqdirlanadi.
Shuningdayek, gran-prini qoʻlga kiritgan gʻolib essesi Science nashrida, kategoriya gʻoliblarining esselari esa onlayn tarzda nashr qilinadi.
Talablar:
Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladi.
- 2019 yoki 2020-yilda PhD darajasini olgan nomzodlar ariza topshirishlari mumkin.
- Nomzod Cell and Molecular Biology; Genomics, Proteomics and Systems Biology; Ecology and Environment; Molecular Medicine boʻyicha PhD ishini himoya qilgan boʻlishi kerak.
- Nomzod yuqorida berilgan roʻyxatdagi mavzular boʻyicha yozilgan esseni taqdim etishi lozim.
Barcha talablar bilan shu yerda tanishing.
Dasturga qabul jarayoni:
Esselar 2021-yil 15-iyulgacha qabul qilinadi. Esse ingliz tilida boʻlishi hamda talab qilingan hujjatlar bilan birga dedlayn muddatigacha tashkilot tizimiga joylash kerak.
Hujjat topshirish tartibi:
- Avval yoʻriqnomani oʻqib chiqing.
- Keyin onlayn tizimdaroʻyxatdan oʻting, soʻng quyida keltirilgan hujjatlarni tayyorlab, tizimga yuklang.
- 1 000 ta soʻzgacha boʻlgan esse.
- Bir betlik tavsiyanoma (reference letter), uniilmiy rahbaringiz yoki himoyada qatnashgan kengash a’zosi yozishi kerak.
- Dissertatsiya avtoreferati (4 betgacha).
- Quyidagilar roʻyxati ham kiritiladi:
– Esseda tasvirlangan tadqiqot boʻyicha barcha nashr qilingan yoki nashriyotga topshirilgan ishlar;
– Akademik yoki kasbiy mukofotlar;
– Tegishli ish tajribasi.
Nomzodlar yozgan essesi, ishning ilmoy ahamiyati va matnning originalligiga koʻra saralanadi.
Natijalar 2021-yil oktabrda eʼlon qilinadi.
MUHIM: Ishtirok etish uchun harakat boshlashdan oldin tanlov shartlari bilan toʻliq tanishib chiqing.
Oʻtgan yilgi tanlov gʻoliblari esselari bilan BU YERDA tanishing.
Savollar yuzasidanSciLifeLabPrize@aaas.org elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.