×

Shvetsiya University of Skövde Master’s Scholarships: Magistratura kurslari uchun 50% grant


Grant

MUHLAT

15.01.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Shvetsiya

O'QILGAN

2408 marta

Shvetsiyada joylashgan University of Skövde universitetining University of Skövde Master’s Scholarships grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar shu universitetda oʻqitiladigan magistratura kurslarga kontraktga oʻqishga qabul qilingan chet ellik talabalar uchun ajratilgan.

 Grant dasturi moddiy muammolar sababli oʻqish kontraktini toʻlashga qiynalishi mumkin boʻlgan talabalarni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash va iqtidorli talabalarni ragʻbatlantirish uchun tashkil qilingan.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan talabaga kontraktdan 50% chegirma qilinadi.

Grant bir yilga beriladi, lekin agar talaba a’lo baholarga oʻqisa va ahloqi namunali boʻlsa, grant keyingi yilga uzaytirilishi mumkin.

Grant talabaning yashash xarajatlarini qoplamaydi. Talaba kontrakt toʻlovining qolgan yarmini va yashash xarajatlarini oʻzi qoplashi kerak.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Yevropa Ittifoqi va Yevropa Iqtisodiy Hududi tarkibiga kiruvchi davlat yoki Shvetsiyadan boshqa barcha davlat fuqarolari ariza topshirishi mumkin.
  2. Nomzod Skövde Universitetida oʻqitiladigan magistratura kurslaridan biriga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi kerak. Buning uchun oʻqishga qabul javoblari e’lon qilinishini kutish shart emas. Grant yutish uchun avval kursga, keyin grantga ariza berilsa yetarli. Oʻqishga qabul qilingan nomzodlar ichida keyinchalik grant uchun saralash olib borilib, eng munosib talabalarga grant belgilanadi va ikkalasining ham natijasi baravar e’lon qilinadi.
  3. Nomzod oʻqishga kirgan magistratura kursi universitetning oʻzida oʻqitilishi kerak – masofadan turib oʻqitiladigan kurslar talabalariga grant berilmaydi.
  4. Ayni vaqtda Skövde universitetida oʻqiyotgan talabalarga grant berilmaydi. Grantlar faqat 1-kursga endi qabul qilingan talabalarga oʻqish boshlanmasidan oldin belgilanadi.
  5. Nomzod bakalavr bosqichini tamomlagan boʻlishi yoki oxirgi kursda oʻqiyotgan boʻlishi kerak.
  6. Nomzodning baholari yaxshi yoki a’lo boʻlishi kerak.
  7. Koʻpchilik magistratura kurslari nomzodning bakalavr diplomi sohasi va hujjat topshirilayotgan magistratura kursi yoʻnalishi bir-biriga mos boʻlishini talab qiladi. Batafsil ma’lumotlarni har bir kursning maxsus sahifasidan topish mumkin.
  8. Nomzod oʻzi hujjat topshirayotgan magistratura kursining mahsus ichki talablariga javob berishi kerak (talablar yoʻnalishlarga qarab bir-biridan farq qiladi).
  9. Nomzod ingliz tilini kamida B2 darajasida bilishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant universitet magistraturasida oʻqish uchun beriladi. Shu sababli avval magistratura kursiga hujjat topshirish kerak. 2021-yil kuzda boshlanadigan kurslar uchun arizalar kuzgi semestrga 2021-yil 15-yanvarga qadar qabul qilinadi. Dedlayn muddatlari bilan: shu yerda tanishing.

Kursga hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Universitetda oʻqitiladigan magistratura kurslari haqida batafsil ma’lumotni shu yerdan oling.
  2. universityadmissions.se sayti orqali kerakli kursga ariza toʻldiring.
  3. Soʻraglan hujjatlarni yuklab/ilova qilib, joʻnating.
  4. Ariza berganda bir ariza orqali uchtagacha kursga hujjat topshirish mumkin, bunda nomzod muhimligiga qarab kurslarni 1-3 oʻrinlarga qoʻyishi kerak.
  5. Universitet grantini yutib olish uchun arizada Skövde universitetini birinchi oʻringa belgilash kerak.
  6. Ariza topshirganda nomzodga ariza raqami beriladi.
  7. Grantga ariza berish: shu yerda. Ariza toʻldirishda motivatsion xat yozish va magistratura kursiga hujjat topshirganda berilgan raqamni kiritish kerak. Grant uchun boshqa hech qanday qoʻshimcha hujjat talab qilinmaydi. Grantga arizalar 2021-yil 1-fevralgacha qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun: +46 (0)500 448000 raqamiga yoki shu yerga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!