×

Shveytsariya: Bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari uchun 3 oygacha haq toʻlanadigan amaliyot!


Grant

MUHLAT

31.01.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Shveytsariya

O'QILGAN

11971 marta

Shveytsariyaning CERN tashkiloti tarkibida tashkil etilgan The European Organization for Nuclear Research CERN Online Summer Student Programme 2021 amaliyot dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Dasturga qabul qilinganlar muassasada 2021-yil yoz oylarida 3 oygacha amaliyot oʻtaydilar. Dasturga applied physics, computing, mathematics, electricity, electronics, mechanical or civil engineering, instrumentation, materials science, radiation protection, safety and environmental protection, surveying, ultra-high vacuum, scientific communication sohasida tahsil olayotgan bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari qabul qilinadi. Shuningdek, cheklangan miqdorda translation, advanced secretarial work, accounting, legal services, human resources, librarianship, logistics sohalari talabalari ham amaliyotga qabul qilinadi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat yoki magistratura bosqichi talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dastur o’tgan yillarda Shveytsariyada bo’lib o’tgan, ammo bu yil pandemiya sababli onlayn tarzda bo’lib o’tadi. Ishtirokchilar 3 oy davomida texnik yoki texnologik loyiha ustida ishlab, bilimlarini mustahkamlash imkoniga ega bo’ladilar. Ishtirokchilarga fizika fanidan keng ko’lamli ma’ruzalar yuboriladi. Ularga stipendiya ham belgilanadi, ammo stipendiya miqdori hali e’lon qilinmagan.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Dunyoning istalgan mamlakati fuqarosi ushbu dasturga topshirishi mumkin.
  2. Nomzod kamida 18 yoshda boʻlishi lozim.
  3. Nomzod applied physics, computing, mathematics, electricity, electronics, mechanical or civil engineering, instrumentation, materials science, radiation protection, safety and environmental protection, surveying, ultra-high vacuum, scientific communication, translation, advanced secretarial work, accounting, legal services, human resources, librarianship, logistics sohalaridan biri boʻyicha bakalavriat yoki magistratura bosqichida oʻqiyotgan boʻlishi kerak. Bakalavr kursi talabalari 2021-yil yoz hisobida o’qishning kamida 3 yilini tamomlashi kerak.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Fransuz tilini ham bilish qo’shimcha ustunlik beradi.
  5. Nomzod ilgari CERN bilan ishlamagan va bu tashkilot dasturlarida ishtirok etmagan bo’lishi zarur.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga ariza va boshqa hujjatlar onlayn tarzda topshiriladi. Nomzodlar eng kechi bilan 2021-yil 31-yanvargacha onlayn platforma orqali arizani toʻldirib, CV/resume bilan birga topshirishlari lozim.

Oʻzingizni qiziqtirgan savollar yuzasidan savol-javoblardan ma’lumot olishingiz yoki shu yer orqali tashkilotchi bilan bogʻlanishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!