Shveytsariyada joylashgan Jeneva Akademiyasi huquq boʻyicha magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchi Yevropa Ittifoqiga kirmaydigan davlatlardan boʻlgan nomzodlarga toʻliq grantlarni taklif etadi. Grant taklif etilayotgan magistrlik dasturlari 10 oy (1 oʻquv-yili) davom etadi va grantlar ham shu muddatga beriladi.
Grantlar Jeneva akademiyasida mavjud quyidagi magistrlik dasturlari uchun taklif etiladi:
- LLM in International Humanitarian Law and Human Rights (LLM)
- Master of Advanced Studies in Transitional Justice, Human Rights and the Rule of Law (MJT)
Ushbu magistrlik dasturlari ingliz tilida oʻqitiladi.
Maʼlumot uchun: Jeneva akademiyasi dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biridir. Jumladan, 2024-yil may noyabr holatiga koʻra, akademiya dunyodagi eng kuchli oliygohlar roʻyxatida 155-oʻrinni egallab turibdi (QS reytinggi boʻyicha).
Grant kimlar uchun?
Magistraturada oʻqishni xohlaganlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grantni qoʻlga kiritiganlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:
- Kontrakt puli toʻliq qoplab beriladi.
- 10 oy davomida yashash xarajatlari uchun stipendiya ajratiladi.
Talablar:
Grant uchun nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagilardan iborat:
- Toʻliq grant uchun belgilangan davlatlar fuqarolari ariza topshira oladi (bu davlatlar orasida Oʻzbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston va Afgʻoniston ham bor).
- Nomzod yuqorida keltirilgan magistrlik dasturlaridan biriga ariza topshirish va qabul qilinishi kerak.
- Grantlar nomzodlarning akademik oʻzlashtirish darajasi, oʻqishdan tashqari mashgʻulotlarda faolligi va moliyaviy holati kabi omillar asosida ajratiladi.
Shuningdek, har bir magistrlik dasturiga alohida qabul talablari ham mavjud boʻlib, umumiy qabul talablari quyidagicha:
- Ingliz tilini yetarli darajada bilish talab etiladi. Kamida IELTS 7.0, TEOFL iBT 100 yoki TOEFL PBT 600 sertifikati topshrish lozim.
- LLM dasturi uchun kamida 2025-yil iyun oyida huquqshunoslik boʻyicha bakalavrlik darajasiga ega boʻlish lozim.
- MJT dasturi uchun transmiliy adolat sohasiga oid biror sohada (masalan, xalqaro munosabatlar, siyosiy fanlar, falsafa, sotsiologiya, antropologiya yoki taʼrix) bakalavrlik darajasiga ega boʻlish lozim.
- Nomzodning akademik oʻzlashtirish darajasi yaxshi / aʼlo boʻlishi kerak.
- Nomzod ariza topshirayotgan magistrlik dasturi sohasiga boʻlgan qiziqishini namoyon qila olishi kerak (soha boʻyicha kasbiy tajriba egalik, amaliyot oʻtaganlik, yozgi maktab yoki konferensiyalarga qatnashganlik, ilmiy nashrlar va h.k.).
- LLM dasturiga qabul jarayonida fransuz tilini bilish ijobiy omil hisoblanadi, lekin fransuz tilini bilish majburiy talab emas.
Har bir magistrlik dasturi boʻyicha kirish talablari bilan quyidagi havolalar orqali batafsil tanishishingiz mumkin:
- LLM in International Humanitarian Law and Human Rights (LLM)
- Master of Advanced Studies in Transitional Justice, Human Rights and the Rule of Law (MJT)
Dasturga qabul jarayoni:
Yuqorida keltirilgan magistrlik dasurlarga 2 xil usulda topshirish mumkin:
- Grant berilishini soʻragan holda ariza topshirish (application with scholarship). Bunda nomzod grant uchun talabgor sifatida koʻrib chiqiladi.
- Grant berilishini soʻramagan holda ariza topshirish (application without a scholarship). Bunda nomzod grant uchun talabgor sifatida koʻrib chiqilmaydi.
Grantni qoʻlga kiritishni xohlaganlar 2025-yil 9-yanvargacha ariza topshirishi lozim. Grantsiz oʻqimoqchi boʻlganlar 2025-yil 13-fevralgacha ariza topshrishlari mumkin.
Agar nomzodga grant ajratilsa, nomzod 150 CHF (taxminan 150 AQSh dollari) depozit toʻlashi kerak, bu depozit qaytarilmaydi.
Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:
- Shu yerdan yuqorida koʻrsatilgan kurslardan birning sahifasiga kiring.
- Kurs sahifasidan Start an Application boʻlimini tanlang (qabul 2024-yil 4-noyabrda ochiladi).
- “Application with scholarship” usulida topshiriladigan ariza shaklini tanlang.
- Ariza to’ldiring va soʻralgan hujjatlarni ilova qilib, joʻnating.
MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin grant haqidagi rasmiy eʼlon va topshirmoqchi boʻlgan magistrlik dasturingiz sahifasidagi maʼlumotlarni batafsil oʻqib chiqing.
Savollar yuzasidan murojaat uchun: https://www.geneva-academy.ch/contact