×

Shveytsariya: IMD Business Schoolʼdan iqtidorli talaba uchun 50 565 AQSh dollari stipendiya!


Grant

MUHLAT

01.05.2020

QOLGAN VAQT

227 kun

HUDUD

Shveytsariya

O'QILGAN

320 marta

Shvetsariyada joylashgan IMD Business School oliygohi magistratura talabalarini IMD MBA Class of 1976 Merit Scholarship grant dasturida ishtirok etishga taklif etmoqda. Dastur asosochilari IMD Business School`ning 1976-yili bitirgan talabalari hisoblanadi. Grant oliygohning biznesni boshqarish yo’nalishidagi (MBA) bir yillik magistratura kurslariga 2020-yil 1-mayga qadar hujjat topshirgan eng iqtidorli va yuqori potensialli talaba uchun ajratiladi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni yutib olgan talabaga MBA kursi (1 yillik) uchun 50 000 Shvetsariya franki (taxminan 50 565 AQSh dollari) miqdoridagi stipendiya ajratiladi.

Oliygohda tahsil olish xarajatlari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi zarur:

  1. Dasturga dunyoning istalgan mamlakatidan bo’lgan nomzodlar hujjat topshirishi mumkin. Nomzod IMD Business School’ning Master of Business Administration (MBA) yo’nalishi bo’yicha magistratura kursiga 2020-yil 1-mayga qadar hujjat topshirishi zarur.
  2. Nomzod oliygoh qabul hay’atiga o’zidagi yuqori potensial va favqulotda kuchli iqtidorni namoyish etishi zarur.
  3. Nomzod GMAT testidan yuqori ballga, ijobiy tavsiyanomaga, tanlangan soha bo’yicha mehnat tajribasiga ega bo’lishi zarur.
  4. Grantlar 2021-o’quv yili uchun ariza topshirgan eng iqtidorli talabaga ajratiladi.
  5. Nomzod bakalavr darajasiga ega bo’lishi kerak.
  6. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur.
  7. Nomzod egallagan sohasi bo’yicha kamida 3 yillik mehnat tajribasiga ega bo’lishi lozim.

Nomzodlarga qo’yilgan talablar haqida batafsil bu yerda bilib oling.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjat topshirish jarayoni (grant uchun):

  • Grant dasturida ishtirok etish uchun nomzod 2020-yil 1-maygacha IMD Business School`ning MBA kursiga hujjat topshirishi zarur.
  • Grant dasturi qatnashchilaridan MBA Financial Aid formshaklini to’ldirib topshirishlari talab etiladi. Ariza shakliga qo’shimcha qilib nomzod yillik daromadi, soliq to’lovlari hamda bank hisob raqami holati haqidagi ma’lumotlarni ham yuborishi lozim.
  • Grant natijalari oliygohga qabul qilinganlik haqidagi e’lon bilan birga ma’lum qilinadi.

Hujjat topshirish jarayoni (oliygohga):

  • Universitetga hujjatlar har yili bir necha martafevral, may, avgust hamda oktyabr oylarining 1-kunigacha qabul qilinadi. Ammo dasturda ishtirok etmoqchi bo’lgan nomzodlar hujjatlarini 2020-yil 1-maydan kechiktirmasdan topshirishlari zarur.
  • Saralash bosqichi natijalari 2020-yil 15-may kuni ma’lum qilinadi va nomzodlar suhbatga chaqiriladilar.
  • Yakuniy natijalar 2020-yil 26-iyunda e’lon qilinadi.

Universitetga kirish uchun talab etiladigan hujjatlar ro’yxati:

  1. Onlayn ariza.
  2. IELTS (7.5 ball va undan baland).
  3. GMAT/GRE sertifikati.
  4. Bakalavr diplomi.
  5. 2 ta tavsiyanoma.
  6. Baholar/diplom ilovasi.
  7. Passport nusxasi.

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan olishingiz mumkin. Murojaat uchun: +41 (0)21 618 0111

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!