×

Shveytsariya: Xotin-qizlarga MBA kurslari uchun 50 890 AQSh dollar grant!


Grant

MUHLAT

01.05.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Shveytsariya

O'QILGAN

2034 marta

Shveytsariyada joylashgan IMD Business School oliygohi o’zining rivojlanayotgan mamlakatlardan bo’lgan talabalarini Stewart Hamilton Scholarship for Women grant dasturida ishtirok etishga taklif etmoqda. Ushbu grant dasturi oliygohning 2020-21-yilda boshlanadigan, biznesni boshqarish yo’nalishidagi (MBA) bir yillik magistratura kurslariga qabul qilingan/qilinadigan yuqori potensialli va favqulotda iqtidorli ayol talabalar uchun mo’ljallangan.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni yutib olgan talabaga MBA kursi (1 yillik) uchun 50 000 Shveytsariya franki (taxminan 50 890 AQSh dollari) miqdoridagi stipendiya ajratiladi.

Oliygohda tahsil olish xarajatlari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi zarur:

  1. Dasturga rivojlanayotgan mamlakatlardan bo’lgan ayol-qizlar hujjat topshirishlari mumkin.
  2. Nomzod IMD Business School’ning Master of Business Administration (MBA) yo’nalishi bo’yicha magistratura kursiga o’qishga qabul qilingan bo’lishi/qilinishi kerak.
  3. Nomzod oliygoh grant hay’atiga o’zidagi yuqori potensial va favqulotda kuchli iqtidorni namoyish etishi zarur.
  4. Grant 2020-21-o’quv yili uchun ariza topshirgan eng iqtidorli talabaga ajratiladi.
  5. Nomzod bakalavr darajasiga ega bo’lishi kerak.
  6. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur.
  7. Nomzod ‘Hollinger and the Downfall of Conrad Black’ mavzusiga (case study) qiziqish bildirishi zarur.

Nomzodlarga qo’yilgan talablar haqida batafsil bu yerda bilib oling.

Dasturga qabul jarayoni:

  • Grant dasturida ishtirok etish uchun nomzod avvalo IMD Business School oliygohining MBA kursiga hujjat topshirgan bo’lishi zarur.
  • Shuningdek, stipendiya dasturi qatnashchilaridan MBA Financial Aid formshaklini ham topshirishlari talab etiladi. Ariza shakliga qo’shimcha qilib nomzod yillik daromadi, soliq to’lovlari hamda bank hisob raqami holati haqidagi ma’lumotlarni ham yuborishi lozim.
  • Bundan tashqari nomzod “What, in your view, were the failings in the Hollinger corporate governance system? What personal learnings have you drawn from your analysis of the case study?” mavzusida 750 so’zdan iborat inshoni taqdim etishi zarur.

Hujjat topshirish jarayoni (oliygohga)

Universitetga hujjatlar har yili bir necha martafevral, may, avgust hamda oktyabr oylarining 1-kunigacha qabul qilinadi. Hozirda eng yaqin ariza topshirish muhlati – 2020-yil 1-may.

Universitetga kirish uchun talab etiladigan hujjatlar ro’yxati:

  1. Onlayn ariza.
  2. IELTS (7.5 ball va undan baland).
  3. GMAT/GRE sertifikati.
  4. Bakalavr diplomi.
  5. 2 ta tavsiyanoma.
  6. Baholar/diplom ilovasi.
  7. Pasport nusxasi.

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

Murojaat uchun:

Tel: +41 (0)21 618 0111

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!