×

Shveytsariya: magistratura uchun 15 000 AQSh dollarigacha yillik stipendiya!


Grant

MUHLAT

15.03.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Shveytsariya

O'QILGAN

4414 marta

Shveytsariyaning Jeneva shahrida joylashgan Jeneva universiteti (University of Geneva) 2019-2020-oʻquv yili uchun navbatdagi Excellence Master Fellowships dasturlariga arizalar qabul qilishni boshladi. Ushbu stipendiya dasturi ikki yilgacha berilishi moʻljallangan boʻlib, astronomiya, biologiya, kimyo va bioximiya, informatika, matematika, fizika, farmatsevtika fanlari, tabiiy va atrof-muhit fanlari boʻyicha magistraturada oʻqish istagida boʻlgan talabgorlarga moliyaviy yordam koʻrsatishni koʻzda tutadi.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodlarga ikki yilgacha (stipendiyani oʻquv yili tugagandan soʻng yana bir yilga uzaytirish mumkin) yiliga 10 000 CHF (taxminan 10 ming AQSh dollari) dan 15 000 CHF (taxminan 15 ming AQSh dollari) gacha miqdordagi stipendiya beriladi.

Grant muddatini ikkinchi yilga uzaytirish uchun yuqori akademik koʻrsatkich talab qilinadi. Batafsil: SHU YERDA tanishing.

Universitet magistraturasida oʻqish yiliga taxminan 1100 AQSh dollarini tashil etadi.

Talablar:

Stipendiya dasturi uchun nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga.
  2. Nomzod tabiiy fanlar yoʻnalishlaridan biriga oʻqishga qabul qilinggan boʻlishi shart.
  3. Bakalavr darajasiga ega boʻlishi kerak.
  4. Ingliz va/yoki fransuz tilini yaxshi bilishi lozim. Odatda ingliz tili uchun IELTS 6,5-7,0 fransuz tili B2, C1;
  5. Nomzod 65 Shveytsariya franki (65 AQSH dollari) roʻyxatdan oʻtish badali toʻlashi kerak.
  6. Talabgor yuqori akademik koʻrsatkichga va yutuqlariga ega boʻlishi talab etiladi.

Nomzodlar akademik yutuqlari, ilmiy salohiyati, tadqiqotchilik koʻnikmalari kabi mezonlarga koʻra saralanadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2019-yil 15-martga qadar qabul qilinadi.

Hujjat topshirish ikki bosqichda amalga oshiriladi (boʻlajak talabalar uchun. Ayni vaqtda tahsil olayotgan talabalar jarayonni ikkinchi bosqichdan boshlaydilar).

Birinchi bosqich. Universitetga oʻqishga kirish uchun ariza topshirish. Hujjat topshirish onlayn tarzda ariza toʻldirish orqali amalga oshiriladi. Onlayn ariza toʻldirish jarayonida quyidagi amallar bajarilishi kerak:

  1. ORISIS platformasida akkaunt yaratish.
  2. Onlayn roʻyxatdan oʻtish.
  3. 65 Shveytsariya franki (65 AQSH dollari) badal toʻlash.
  4. Ariza toʻldirish.
  5. Hujjatlarning qogʻoz shaklini quyidagi pochta manziliga yuborish: Service des admissions, Uni Dufour, rue du Général-Dufour 24, CH – 1211 Genève.
  6. Registratsiyani tasdiqlash.

Birinchi bosqich haqida SHU YERDA batafsil tanishing.

Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar:

  1. Bakalavr diplomi va diplom ilovasi.
  2. Ingliz/fransuz tili sertifikati.
  3. Pasport nusxasi.
  4. Rezyume.
  5. Motivatsion xat (agar zarur boʻlsa).
  6. Akademik yutuqlarni tasdiqlovchi hujjatlar (sertifikat, diplom va boshqalar).

Ikkinchi bosqich. Grantga ariza berish. Ariza koʻrib chiqishga qabul qilinishi uchun: SHU YERDA koʻrsatilgan talablarni bajarish lozim. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar quyidagilar:

  1. Pasport nusxasi.
  2. Oʻqishga qabul qilinganlik haqida maʼlumotnoma.
  3. Biografik maʼlumotlar.
  4. Bakalavr diplomi va ilovasi.
  5. Motivatsion xat.
  6. 2 ta tavsiyanoma (imkon boʻlsa, tavsiyanoma bergan shaxslar tomonidan Excellence-Master-Sciences@unige.ch manziliga yuborish maqsadga muvofiq).
  7. GRE, IELTS, CEFR, TOEFL kabi sertifikatlar nusxalari.

*Barcha hujjatlar bitta PDF faylga joylashtirilishi va ONLAYN-ILOVAga yuklanishi kerak. Ingliz yoki fransuz tilida boʻlmagan hujjatlarni shu ikki tildan biriga tarjima qilish va notarial tasdiqlash zarur.

*Ushbu talablarga mos nomzodlar saralash jarayoniga qoʻyiladi.

Oʻqish boshlanguncha javoblar eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun:  Excellence-Master-Sciences@unige.ch.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!