Shvetsariyada joylashgan IMD Business School oliygohi magistratura talabalarini IMD Business School Merit Scholarships grant dasturida ishtirok etishga taklif etmoqda. Ushbu grant dasturi oliygohning 2020-yil yanvarda boshlanadigan, biznesni boshqarish yo’nalishidagi (MBA) bir yillik magistratura kurslariga qabul qilingan/qilinadigan yuqori potensialli va favqulotda iqtidorli talabalar uchun mo’ljallangan.
Grant kimlar uchun?
Magistratura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grantni yutib olgan talabalarga MBA kursi (1 yillik) uchun 10 000 dan 30 000 Shvetsariya frankigacha (taxminan 10 212 – 30 626 AQSh dollari) miqdoridagi stipendiya ajratiladi.
Oliygohda tahsil olish xarajatlari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi zarur:
- Dasturga dunyoning istalgan mamlakatidan bo’lgan nomzodlar hujjat topshirishi mumkin. (rivojlanayotgan mamlakatlardan bo’lgan nomzodlarga ustunlik beriladi).
- Nomzod IMD Business School’ning Master of Business Administration (MBA) yo’nalishi bo’yicha magistratura kursiga o’qishga qabul qilingan bo’lishi/qilinishi kerak.
- Nomzod oliygoh qabul hay’atiga o’zidagi yuqori potensial va favqulotda kuchli iqtidorni namoyish etishi zarur.
- Grantlar 2020-2021 o’quv yili uchun ariza topshirgan eng iqtidorli talabalarga ajratiladi.
- Nomzod bakalavr darajasiga ega bo’lishi kerak.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur.
- Nomzod egallagan sohasi bo’yicha kamida 3 yillik mehnat tajribasiga ega bo’lishi zarur.
Nomzodlarga qo’yilgan talablar haqida batafsil bu yerda bilib oling.
Dasturga qabul jarayoni:
Grant dasturida ishtirok etish uchun nomzoddan alohida ariza topshirish talab etilamaydi. IMD Business School oliygohining MBA kursiga qabul qilingan barcha mahalliy va xorijlik talabalar grant uchun nomzod deb hisoblanadilar.
Eslatma: Universitetga hujjatlar har yili 4 marta – fevral, may, avgust hamda oktabr oylarining 1-kunigacha qabul qilinadi. Hozirda eng yaqin ariza topshirish muhlati – 2019-yil 1-oktabr. Saralash bosqichidan o’tgan nomzodlar bilan 2019-yil 11-oktabr kuni suhbat o’tkaziladi. Yakuniy natijalar 2019-yil 31-oktabr kuni e’lon qilinadi.
Universitetga kirish uchun talab etiladigan hujjatlar ro’yxati:
- Onlayn ariza.
- IELTS (7.5 ball va undan baland).
- GMAT/GRE sertifikati.
- Bakalavr diplomi.
- 2 ta tavsiyanoma.
- Baholar/diplom ilovasi.
- Passport nusxasi.
Grant haqidagi to’liq ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan olishingiz mumkin.
Murojaat uchun: Tel: +41 (0)21 618 0111