Avstraliyada joylashgan Sidney Universitetining Philip Thomas Collins Scholarship grabt dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar shu universitetda o’qitiladigan Honours kurslariga qabul qilingan yoki shu kurslarda o’qiyotgan a’lochi, iqtidorli va umidli talabalarga beriladi. Honours kurslari bakalavr bosqichidan keyin o’qitiladigan 1 yillik chuqurlashtirilgan dasturlar hisoblanadi. Grant dasturidan maqsad qobiliyatli talabalarni moddiy jihatdan rag’batlantirish. Sidney universitetida o’qitiladigan honours bakalavr kurslari ro’yxati bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.
Grant kimlar uchun?
Bakalavrdan keyingi bosqichda o’qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Philip Thomas Collins Scholarship grantini yutib olgan talabaga 25000 Avstraliya dollari miqdoridagi grant bir marta, ikkiga bo’lib to’lab beriladi. Grant ta’minlanishi davom etishi uchun talaba a’lo baholarga o’qishi kerak bo’ladi.
Universitetdagi kurslar kontrakt to’lovlari miqdori haqida batafsil ma’lumotni bu yerdan topishingiz mumkin.
Talablar:
Grantlar quyidagi talablarga eng mos nomzodlarga beriladi:
- Nomzod Sidney universiteti honours kurslaridan biriga o’qishga qabul qilingan bo’lishi kerak.
- Nomzodning moliyaviy holati uni konktrakt to’lab o’qishdan chegaralaydigan sharoitda bo’lishi va shuning uchun nomzod grantga chindan muhtoj bo’lishi kerak.
- Nomzod boshqa asosiy manbadan moliyaviy ta’minot olayotgan bo’lishi mumkin emas. Grant nizomi
- O’qishga qabul qilinish uchun nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak, undan IELTS’dan kamida 6.5 ball talab qilinadi. Batafsil
Dasturga qabul jarayoni:
Philip Thomas Collins Scholarship grantiga qabul 2018-yil 1-noyabrdan ochiladi va 2019-yil 30-yanvargacha davom etadi. Grantlar onlayn ariza orqali ko’rib chiqiladi, lekin hozir qabul yopiq ob’lgani sababli ariza topshirish sahifasi ishlamaydi. 1-noyabrdan boshlab onlayn ariza tizimi ishga tushadi. Grantga hujjat topshirishda nomzod quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:
- Yaxshi yoki a’lo baholar (diplom ilovasi) hamda diplom.
- Shaxsiy bayonot (personal statement). Personal statement’da nomzod o’zi, erishgan yutuqlari, shu universitet va kursni tanlagani sabablari va kelajak maqsadlari haqida yozishi kerak.
Sidney Universiteti Honours kurslariga hujjat topshirish esa grantga ariza berishdan oldin amalga oshirilishi kerak. Qabul talablari turli kurslar uchun turlicha bo’ladi, ular bilan bu yerda tanishishingiz mumkin. Umiman olganda, qabul uchun a’lo baholar, diplom, kuchli shaxsiy bayonot va motivatsion xat hamda tavsiyanomalar kerak bo’ladi.
Qo’shimcha ma’lumot uchun savol-javoblar bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Universitetga oid barcha muhim sanalar bilan esa bu yerda tanishing.