×

Silk Roads Youth Research Grant: Buyuk Ipak Yo’liga oid tadqiqotlar uchun 10 000 AQSh dollari grant; joy – 12 ta!


Grant

MUHLAT

31.05.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Dunyo bo'ylab

O'QILGAN

4079 marta

UNESCO’ning Silk Roads Youth Research Grant dasturiga tadqiqot takliflari (loyihalari) qabul qilinmoqda. Dastur doirasida Buyuk Ipak Yo’lining umumiy tarixi va merosini o’rganish niyatidagi 12 nafar tadqiqotchiga oʻz tadqiqotini amalga oshirish uchun grant ajratiladi.

Buyuk Ipak Yo’li bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Nomzodlardan Buyuk Ipak Yo’lining umumiy merosi va koʻp sonli oʻziga xoslik, shuningdek, uning ichki xilma-xilligi, ijodkorlik, madaniyatlararo muloqot, ijtimoiy birdamlik, mintaqaviy va xalqaro hamkorlikka qaratilgan zamonaviy jamiyatlardagi potensiali hamda barqaror tinchlik va rivojlanishga oid akademik tadqiqot sohalariga eʼtibor qaratish soʻraladi.

Dasturga topshirilgan tadqiqot takliflari (loyihalari) faqat bitta hudud yoki davr haqida bo’lishi shart emas – turli zamonlar va joylarni, bir yoki bir nechta tadqiqot sohalarini qamrab olishi ham mumkin.

Dasturga Buyuk Ipak Yoʻlining umumiy merosiga oid quyidagi mavzulardan biri yoki bir nechtasini qamrab olgan tadqiqot loyihalarini yuborish mumkin (bulardan boshqa mavzular boʻyicha tadqiqot loyihasini yuborsa ham boʻladi):

  • Science and Technology and Traditional Knowhow
  • Religion and Spirituality
  • Language and Literature
  • Arts and Music
  • Traditional Sports and Games
  • Economy and Trade
  • The Legacy of the Silk Roads and Contemporary Issues

Tadqiqot oʻzaro madaniy aloqalar va almashinuvlarga yoʻnaltirilgan boʻlishi, Buyuk Ipak yoʻli hududi va undan tashqaridagi ikki yoki undan ortiq madaniyatlarni qamrab olishi kerak.

Masalan, tadqiqot mavzulari va manbalari tillar va yozuvlar, xaritalar va boshqa tarixiy hujjatlar, adabiyot, sheʼriyat, musiqa, raqs, teatr, meʼmorchilik, haykaltaroshlik, keramika ishlari, tekstil ishlari, fan va tibbiyot, astronomiya va navigatsiya, barqarorlik, baxtsiz hodisalar va iqlimni boshqarish, savdo va diplomatiya va shu kabi sohalarni qamrab olishi mumkin.

Ushbu dasturning 1-mavsumida gʻolib deb topilgan 12 ta tadqiqot loyihasining mavzular va mualliflarini BU YERDA koʻrishingiz mumkin.

Tadqiqot loyihalari ingliz tilida topshirilishi lozim.

Tadqiqot mavzulari boʻyicha batafsil maʼlumotni BU YERDAN oling.

Grant kimlar uchun?

35 yoshgacha bo’lgan tadqiqotchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Saralash hayʼati tadqiqot ishininig potensialiga qarab, 12 nafar eng yaxshi tadqiqot taklifi egalarining har biriga tadqiqot xarajatlariga sarflash uchun 10 000 AQSh dollardan grant ajratadi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Istalgan davlat fuqarosi ariza topshrishi mumkin.
  • Ariza topshirish vaqtida 35 yoshdan oshmagan bo’lish kerak.
  • Nomzod magistratura yoki PhD (doktorantura) bosqichida tahsil olayotgan boʻlishi (postgraduate researcher) kerak.
  • Tadqiqot loyihasi bir nafar tadqiqotchi yoki bir necha tadqiqotchilar jamoasi tomonidan hamkorlikda topshirilishi mumkin.
  • Taklif qilingan tadqiqot rejasi Buyuk Ipak Yo’lining umumiy merosi, ahamiyati, tarixini yaxshiroq tushunishda muhim xulosalar bera olishi, aniq natijalarga ega bo’lish potensialiga ega bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2023-yil 31-maygacha qabul qilinadi.

Nomzodlar maxsus shaklni yuklab olib, uni toʻliq toʻldirib, silkroadsgrant@unesco.org elektron manziliga yuborishi kerak. Shaklda shaxsiy maʼlumotlarni kiritish va tadqiqot loyihasini yozish talab etiladi. Shakl ingliz tilida toʻldiriladi.

Natijalar 2023-yil oktabr oyi oxirlarigacha eʼlon qilinadi.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dastur haqidagi rasmiy eʼlon va nomzodlar uchun yoʻriqnomani toʻliq oʻqib chiqing.

Savollar yuzasidan silkroadsgrant@unesco.org elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!