×

SINGA: Singapurda PhD bosqichi uchun toʻliq grant va oylik 2400 AQSh dollarigacha stipendiya!


Grant

MUHLAT

01.12.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Singapur

O'QILGAN

27579 marta

Singapurning Agency for Science, Technology and Research (A*STAR) PhD kurslari uchun Singapore International Graduate Award (SINGA) dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Ushbu grant tadqiqotlar olib borishga qiziquvchi kuchli akademik yutuqlar egalari boʻlgan talabalar uchun moʻljallangan. Grant toʻrt yil muddatga beriladi.

Grant yutib olgan nomzodlar quyidagi universitetlardan birida oʻqish imkoniyatiga ega boʻladilar:

  • Agency for Science, Technology & Research (A*STAR)
  • Nanyang Technological University (NTU)
  • National University of Singapore (NUS)
  • Singapore Management University (SMU)
  • Singapore University of Technology and Design (SUTD).
  • Singapore Institute of Technology (SIT).

Loyihalar bilan quyida tanishib chiqishingiz mumkin:

PhD tadqiqotlari quyidagi 4 ta yirik yoʻnalishda olib boriladi (bu yoʻnalishlar yana boshqa mutaxassisliklarga boʻlinadi):

  • Biomedical Sciences (Biologiya fanlari)
  • Computing and Information Sciences (Kompyuter va informatika fanlari)
  • Engineering and Technology (Muhandislik va texnologiya)
  • Physical Sciences (Fizika fanlari)

Joriy qabulda qabul qilinganlar 2025-yil avgust oyidan oʻqishni boshlaydi.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodga quyidagi imtiyozlar beriladi:

  1. Toʻrt yilgacha kontrakt toʻlovi toʻliq qoplab beriladi.
  2. Har oy 2700 SGD (taxminan 2009 USD) mablagʻ ajratiladi. Maxsus imtihongan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarning stipendiyasi 3200 SGD (taxminan 2382 USD)gacha oshiriladi.
  3. Safar xarajatlari uchun bir martalik 1500 SGD (taxminan 1116 USD) pul beriladi.
  4. Joylashib olish uchun bir martalik 1000 SGD (taxminan 744 USD)pul ajratiladi.

Chet ellik talaba Singapurda yashash xarajatlari (turar joy, oziq-ovqat, transport va h,k.) uchun bir oyda taxminan 1400-2000 SGD (taxminan 1036-1480 USD) pul sarflaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar vakillari ariza bera oladilar.
  2. Nomzod yuqorida berilgan 6 ta OTMdagi tegishli yoʻnalishlarda PhD bosqichiga kirish talablariga mos boʻlishi kerak.
  3. Nomzod yozma va ogʻzaki ingliz tilini yaxshi bilishi zarur.
  4. Nomzod yaxshi akademik koʻrsatkichlarga ega boʻlishi, shuningdek, ijobiy tavsiyanomalarni taqdim etishi kerak.
  5. Bu grant asosan Singapurda avval oʻqimagan nomzodlar uchun moʻljallangan.

Dasturga qabul jarayoni:

Bu dasturga har yili 2 marta arizalar qabul qilinadi (1-yungacha va 1-dekabrgacha). Hozirda ochiq boʻlgan qabul 2024-yil 1-iyunga qadar davom etadi. Qabul qilinganlar 2025-yil yanvardan oʻqishni boshlaydi.

Hujjat topshirish jarayoni va tarkibi quyidagicha:

  1. Ariza toʻldirishdan avval oʻzingizga mos tadqiqot loyihalaridan birini tanlashingiz kerak:
    A*STAR Supervisors and Projects
    NTU Colleges and Schools
    NUS Graduate School
    SMU School of Computing and Information Systems (SCIS)
    SUTD Pillars/Clusters and Research Centres
    SIT Applied Research
  2. Soʻng kerakli hujjatlarni oldindan tayyorab oling. Barcha hujjatlar onlayn tarzda maxsus platformaga yuklanadi. Quyidagi hujjatlarni tizimga yuklash zarur boʻladi:
    – Pasport.
    – Pasport surati oʻlchamidagi fotosurat (.jpeg yoki .png formatda).
    – Bakalavriat va/yoki magistratura diplomi va ilovalari (baholar). Bular ingliz tilida boʻlmasa, ingliz tiliga tarjimasi bilan birga topshirilishi lozim. Oxirgi kurs talabalari diplom oʻrniga oʻz universitetidan maʼlumotnoma topshirishi, bu maʼlumotnomada talaba chindan oxirgi kurs ekani va u qachon bitirishi haqida axborot berilishi kerak.
    – 2 ta tavsiyanoma. Tavsiyanomalar tavsiya beruvchilar tomonidan onlayn tarzda toʻldiriladi va topshiriladi.
    – GRE sertifikati – bu sertifikat faqat NUS universitetining tadqiqot loyihalariga ariza topshiruvchi nomzodlardan talab etiladi, boshqalar uchun majburiy emas.
    – IELTS / TOEFL / SAT I & II / GATE sertifikatlari – bu hujjatlar grant dasturi uchun majburiy emas, lekin universitetlardan ayrimlari talab qilishi mumkin.
  3. BU YERGA kirib, roʻyxatdan oʻtasiz va akkaunt yaratasiz. Soʻng onlayn ariza va hujjatlarni topshirasiz.

Hujjatlarning barchasi ingliz tilida taqdim etiladi. Boshqa tilda boʻlgan hujjatlarni ingliz tiliga tarjima qilib, notarial tasdiqlanish kerak. Eslatma: hujjatlar faqat onlayn topshiriladi. Ularni qogʻoz shaklda joʻnatmang! Hujjatlar tarkibi va ariza topshirish haqida toʻliq maʼlumot: shu yerda (Application Procedure).

Hujjat topshirish muhlati tugaganidan 12 hafta oʻtib faqat qisqa roʻyxatga kiritilgan nomzodlar bilan bogʻlaniladi.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dastur haqidagi rasmiy eʼlon va koʻp beriladigan savollarga javoblar bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan singa_enquiries@hq.a-star.edu.sg elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!