×

Singapur: Bakalavriat bosqichida oʻqish uchun toʻliq grant; darslik va oʻquv qurollar olib beriladi!


Grant

MUHLAT

01.03.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Singapur

O'QILGAN

11014 marta

Singapurning Xalqaro Menejment Institutida SIM GE Scholarship dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grant mahalliy va chet ellik iqtidorli talaba yoshlarni qoʻllab quvvatlashga qaratilgan. Ushbu moddiy ta’minot dasturi a’lochi va yetakchi  talabalar hamda sportchi va ijodkor talabalar uchun moʻljallangan ikkita grant dasturini oʻz ichiga oladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Moddiy ta’minot dasturi talabani bakalavr kursining oxirigacha quyidagi xarajatlardan ozod qiladi:

  1. Kontrakt toʻlovi
  2. Imtihonlar uchun toʻlovlar
  3. Boshqa majburiy toʻlovlar
  4. Darslik va oʻquv materiallari ta’minoti

Grant berish davom ettirilishi uchun talabaning oʻzini tutishi va oʻqishi kuzatib boriladi va agar u qoniqarsiz oʻqiyotgani yoki oʻzini yaxshi tutmayotgan boʻlsa, grant bekor qilinadi va talaba grant bekor qilingunigacha grant sifatida ajratilgan xarajatlarni qaytarib toʻlab berishi kerak boʻladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha chet ellik va mahalliy fuqarolar ariza topshira oladi.
  • Nomzod litsey/kollej diplomiga ega boʻlishi va baholari a’lo boʻlishi kerak.
  • Nomzod ijtimoiy harakatlarda namunali ishtirok etgan va oʻqish davomida ham oʻzini koʻrsatgan boʻlishi zarur.
  • Nomzod oʻzida kuchli yetakchilik, kirishimlilik va aloqa maxoratiga ega boʻlishi zarur.
  • Stipendiant homiyning yozma ruhsatisiz birorta boshqa stipendiyani olishi mumkin emas.
  • Har bir stipendiant SIMni rivojlantirishi koʻzda tutiladi.
  • Oʻqishdagi muvaffaqiyatlar har semestrda kuzatib boriladi.
  • Agar homiy tomonidan stependiantning koʻrsatayotgan natijalari yoki xulqi qoniqarsiz deb topilsa, stipendiya xohlagan paytda bekor qilinishi mumkin.
  • Agar biror sababga koʻra stipendiya bekor qilinsa, stependiant SIM Global Educationga sarflanga barcha homiylik mablagʻlarini qaytarib toʻlashi kerak boʻladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga hujjatlar yiliga ikki marta –mart va sentabrgacha qabul qilinadi. Grantga ariza berishdan oldin nomzod SIM GE bakalavr kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi shart. Bakalavr kurslariga hujjat topshirish uchun kerakli ma’lumotlarni shu yerdan oling. Hujjat topshirish muhlati shartli ravishda -mart deb olindj.

Bakalavr kurslaridan biriga qabul qilnganligi haqida xabar olgan nomzodlar, gran uchun quyidagi hujjatlarni tayyorlashi lizm:

  • Litsey/kollej diplomi;
  • Pasport nusxasi;
  • Pasport surati hajmidagi surat.

Yuqorida sanab oʻtilgan hujjatlar quyidagi manzilga yuboriladi:

Attn: Ms Chin Wei Yee

Service Quality Department

SIM Global Education

SIM Headquarters

461 Clementi Road

Singapore 599491

Hujjat topshirish bosqichidan oʻtgan barcha nomzodlar SIM GE tomonidan suhbatdan oʻtkaziladi. Universitet faqat suhbat bosqichiga oʻtgan nomzodlar bilangina bogʻlanadi. Sizni qiziqtirgan savollarga javob olish uchun savol-javoblar bilan tanishib chiqing.

Ma’lumot uchun: Ms Chin Wei Yee  scholarship@sim.edu.sg

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!