×

Singapur: PhD bosqichi uchun toʻliq grant; oylik 1 855 AQSh dollargacha stipendiya; turar joy xarajatlari qoplanadi!


Grant

MUHLAT

01.06.2021

QOLGAN VAQT

134 kun

HUDUD

Singapur

O'QILGAN

2110 marta

Singapurning Agency for Science, Technology and Research (A*STAR) 2022-yil yanvarda boshlanadigan PhD kurslari uchun Singapore International Graduate Award (SINGA) dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Ushbu grant tadqiqotlar olib borishga qiziquvchi kuchli akademik yutuqlar egalari boʻlgan talabalar uchun moʻljallangan. Grant toʻrt yil muddatga beriladi.

Grant yutib olgan nomzodlar quyidagi universitetlarga oʻqish imkoniyatiga ega boʻladilar:

  • Agency for Science, Technology & Research (A*STAR)
  • Nanyang Technological University (NTU)
  • National University of Singapore (NUS)
  • Singapore University of Technology and Design (SUTD).

Loyihalar bilan quyida tanishib chiqishingiz mumkin:

Tadqiqotlar quyidagi 2 ta yoʻnalishda olib boriladi:

  • Biomedical Sciences;
  • Physical Science and Engineering.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodga quyidagi imtiyozlar beriladi:

  1. Toʻrt yilgacha kontrakt toʻlovi toʻliq qoplab beriladi.
  2. Har oyga 2 000 SGD (taxminan 1 484 USD) mablagʻ ajratiladi. Maxsus imtihongan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarning stipendiyasi 2 500 SGD (taxminan 1 855 USD)gacha oshiriladi.
  3. Bir martalik 1 500 SGD (taxminan 1 113 USD) pul beriladi.
  4. Turar joyga joylashish uchun bir martalik 1 000 SGD (taxminan 742 USD) pul ajratiladi.

Chet ellik talaba Singapurda yashash uchun bir oyda taxminan 1500-2000 SGD (taxminan 1 113-1 484 USD) pul sarflaydi. Bu haqida batafsil: shu yerda tanishing.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar vakillari ariza bera oladilar.
  2. Nomzod yuqorida berilgan 4 ta universitetdan birining Biomedical Sciences yoki Physical Science and Engineering yoʻnalishlariga PhD bosqichi birinchi kursida oʻqishga tayyor boʻlishi kerak.
  3. Nomzod yozma va ogʻzaki ingliz tilini yaxshi bilishi zarur.
  4. Nomzod yaxhi/a’lo baholara oʻqigan boʻlishi kerak.
  5. Nomzod tanlagan sohasiga mos keladigan bakalavr/magistr diplomiga va kursning maxsus talablariga mos kelishi lozim.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar yuqorida berilgan 4 ta universitetdan birining Biomedical Sciences yoki Physical Science and Engineering yoʻnalishlariga PhD bosqichida oʻqish uchun beriladi. Ariza berishdan avval qaysi universitetga qabul uchun hujjat topshirishingizni aniqash lozim. 2022-yil yanvarda boshlanadigan dastur uchun hujjat topshirish – 2021-yil 1-iyungacha.

Hujjat topshirish jarayoni va tarkibi quyidagicha:

  1. Ariza onlayn tarzda toʻldiriladi.
  2. Aria toʻldirishdan avval quyidagi berilgan roʻyxatdan sizni qiziqtirgan tadqiqot loyihalaridan birini tanlashingiz kerak:
  1. Kerakli hujjatlarni tayyorlang. Quyidagi hujjatlarni tizimga yuklash zarur boʻladi:
  • Pasport yoki ID karta.
  • Pasport hajmidagi yaqinda olingan fotosurat.
  • Bakalavr/magistr diplomi va ilovalari.
  • 2 ta tavsiyanoma. Tavsiyanomalar taqrizchilar tomonidan onlayn tarzda toʻldirilib, taqdim etilishi kerak.
  • Ingliz tili sertifikati. Ingliz tilini qanchalik yaxshi bilish kerakligi aniq koʻrsatilmagan, ammo bu darajadagi grantlarga odatda kamida 6,5 IELTS talab qilinadi.
  • GRE / IELTS / TOEFL / SAT I & II / GATE sertifikatlari. Bu hujjatlarni topshirish majburiy emas. Ammo ularni topshirish grant yutish ehtimolini oshiradi.

Hujjatlarning barchasi ingliz tilida taqdim etiladi. Boshqa tilde boʻlgan hujjatlarni ingliz tiliga tarjima qilib, notarial tasdiqlanish kerak. Eslatma: hujjatlar faqat onlayn topshiriladi. Ularni qogʻoz shaklda joʻnatmang! Hujjatlar tarkibi va ariza topshirish haqida toʻliq maʼlumot: shu yerda.

Nomzodlarni saralash unlarning a’lo baholari, til bilish darajasi, ilmiy salohiyati kabi mezonlarga koʻra amalga oshiriladi.

Grant natijalari dedlayndan 12 hafta oʻtib eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: singa_enquiries@hq.a-star.edu.sg.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!