×

Stanford University: PhD uchun toʻliq grant va stipendiya!


Grant

MUHLAT

30.09.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

4579 marta

Amerika Qoʻshma Shtatlarining Stanford University navbatdagi CCSRE: Center for Comparative Studies in Race and Ethnicity Graduate Fellowships dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant 2020-yilning kuzidan boshlab universitetning Center for Comparative Studies in Race and Ethnicity qoʻl ostidagi fakultetlarda oʻqitiladigan PhD kurslariga qabul qilingan talabalar uchun moʻljallangan. Grantlar mahalliy va xorijlik talabalar uchun ajratiladi. Ushbu stipendiya uch yilga beriladi. Grantga nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodga uch yil davomida kontrakt toʻlovi va yashash xarajatlari toʻliq qoplab beriladi va sayohat uchun ham mablagʻ ajratiladi. Barcha ma’lumot: shu yerda.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  2. Nomzod Stanford Universityning Center for Comparative Studies in Race and Ethnicityda oʻqitiladigan PhD kurslaridan biriga oʻqishga qabul qilinishi kerak.
  3. Nomzod bakalavr/magistr darajasiga ega boʻlishi kerak.
  4. Nomzod aʼlochi boʻlishi kerak.
  5. Nomzod ingliz tilini a’lo darajada bilishi kerak.
  6. Nomzod tanlagan sohasi boʻyicha kursning maxsus talablariga mos boʻlishi lozim.
  7. Nomzod etnik kelib chiqish, irqlar va shu sohaga oid tadqiqotlarga qiziqishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitet Center for Comparative Studies in Race and Ethnicityda oʻqitiladigan PhD kurslarida oʻqish uchun beriladi. Grant beriladigan boʻlim/sohalarning har biri alohida qabul talablariga ega. Shuningdek, dedlayn muddatlari ham farq qiladi. Aniq muddat va talablarni tanlagan kurs sahifasidan yoki fakultet/boʻlimdan aniqlash lozim. Grant esa qishki semestrdan boshlab oʻqitiladigan kurslar talabalariga beriladi. Shu sababli, grant va oʻqishga 30-sentabrgacha ariza bergan maqsadga muvofiq.

Hujjatlar quyidagi tartibda topshiriladi:

  • Nomzod avval oʻqishga kirishga ariza berishi kerak.
  • PhD kurslari roʻyxatidan oʻzingizga mos keladigan kursni tanlang va oʻqishga ariza bering.
  • Grantga ariza berish uchun esa, avvalo talab va cheklovlarni oʻqib chiqing.
  • Grantga nomzod oʻzi ariza topshira olmaydi, uning nomzodini grantning a’zolik kengashi a’zolaridan biri koʻrsatishi kerak.
  • Grant borasidagi savollar yuzasidan dastur koordinatori Heidi M. López ga lopezhm@stanford.edu manzili orqali murojaat qilish mumkin.

Hujjatlar tarkibi (taxminiy):

  • Toʻldirilgan ariza.
  • CV/resume.
  • Research proposal.
  • Cover letter.
  • Diplom va diplom ilovalari.
  • Ish tajribasi va erishilgan yutuqlarni tasdiqlovchi hujjatlar.
  • Esse yoki motivatsion xat (agar lozim boʻlsa).
  • Test natijalari (GMAT, GRE, TOEFL/IELTS).

Nomzodlar a’lo baholari, yetakchilik qobiliyati, ilmiy salohiyati, kasbiy tajribasi kabi mezonlarga koʻra saralanadi.

Saralash bosqichidan oʻtgan nomzodlar bilan imkon qadar tez fursatda bogʻlaniladi.

Ma’lumot uchun: lopezhm@stanford.edu.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!