×

Stewart Hamilton Scholarship: Shveytsariyada MBA dasturida oʻqish uchun 54 ming AQSH dollari miqdorida grant


Grant

MUHLAT

01.05.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Shveytsariya

O'QILGAN

1725 marta

Shveytsariyada joylashgan IMD Business School oliygohi boʻlajak magistrlar uchun Stewart Hamilton Scholarship grant dasturida ishtirok etishga taklif etmoqda. Ushbu grant dasturi oliygohning 2022-yilning yanvarida boshlanadigan, biznesni boshqarish yo’nalishidagi (MBA) bir yillik magistratura kurslariga qabul qilingan/qilinadigan yuqori potensialli va favqulotda iqtidorli ayol talabalar uchun mo’ljallangan.

Grant kimlar uchun?

Biznesni boshqarish boʻyicha magistratura kursida oʻqimoqchi boʻlganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni yutib olgan talabaga MBA kursi (1 yillik) uchun 50 000 Shveytsariya franki (taxminan 53 780 AQSh dollari) miqdoridagi stipendiya ajratiladi.

Oliygohda tahsil olish xarajatlari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Talablar:

Grantni qoʻlga kiritish uchun nomzoddan quyidagilar talab etiladi:

  • Nomzod oliygohning 2022-yilning yanvarida boshlanadigan MBA dasturiga qabul qilingan boʻlishi / qabul qilinishi kerak.
  • “Hollinger and the Downfall of Conrad Black” keysi boʻyicha quyidagi mavzuda 750 soʻzdan iborat insho yozishi kerak: What, in your view, were the failings in the Hollinger corporate governance system? What personal learnings have you drawn from your analysis of the case study?
  • Yuqoridagi keysga javoban yoilgan inshoda korporativ boshqaruv va etika qadriyatlarini namoyish eta olish kerak.

MBA dasturiga qabul qilinish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  1. Dasturga dunyoning istalgan mamlakatidan bo’lgan nomzodlar hujjat topshirishi mumkin.
  2. Bakalavrlik diplomiga ega boʻlishi kerak.
  3. Oliygoh qabul hay’atiga o’zidagi yuqori potensial va favqulotda kuchli iqtidorni namoyish etishi zarur.
  4. Nomzod GMAT yoki GRE sertifikatiga ega boʻlishi kerak (kamida 630 ball boʻlishi kerak; odatda qabul qilinuvchilar 680 ballga ega boʻladi).
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. IELTS 7.5 yoki shu darajaga teng boshqa xalqaro til sertifikati talab etiladi.
  6. Bakalavrni bitirganidan keyin kamida 2 yillik mehnat tajribasiga ega bo’lishi lozim (toʻliq stavkali ish boʻlishi kerak).
  7. Ikkita tavsiyanoma taqdim etishi kerak.

Grant uchun ariza ham MBA dasturiga anlayn ariza topshirilayotganda hujjatlarga ilova qilinadi.

Nomzodlarga qo’yilgan talablar haqida batafsil bu yerda bilib oling.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantni qoʻlga kiritish uchun nomzod IMD MBA moliyaviy yordm shaklini toʻldirishi va mazkur shakl hamda unda koʻrsatilgan hujjatlarni ilova qilgan holda mbafinance@imd.org elektron pochta manziliga 2021-yilning 1-mayiga qadar yuborish kerak.

MBA dasturiga kirish uchun talab etiladigan hujjatlar ro’yxati:

  1. Onlayn ariza. Mazkur arizani toʻldirishda quyidagi hujjatlar soʻraladi.
  2. Kamida IELTS 7.5 yoki shu darajaga teng xalqari til sertifikati. Sertifikat olinganiga 5 yildan oshmagan boʻlishi kerak.
  3. GMAT/GRE sertifikati. Sertifikat olinganiga 5 yildan oshmagan boʻlishi kerak.
  4. Bakalavr diplomi va diplom ilovasi.
  5. 2 ta tavsiyanoma.
  6. CV.
  7. Elektron rasm.
  8. Passport nusxasi.

MBA dasturiga ariza topshirish uchun 200 CHF (taxminan 215 AQSH dollari) ariza toʻlovi mavjud.

Topshiriladigan hujjatlar va ularga qoʻyilgan talablar bilan BU YERDA batafsil tanishing.

Grant boʻyicha savollar yuzasidan universitet veb-saytining oxirida keltirilgan murojaat shakli (Contact us) orqali murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!