×

Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetida bakalavr va magistrlar uchun xalqaro konferensiya


Grant

MUHLAT

10.02.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

3727 marta

Toshkent shahridagi Vestminster xalqaro universiteti navbatdagi Talabalar tadqiqot jamiyati konferensiyasini (Student Research Society Conference) tashkillashtirmoqda. Ushbu konferensiya 2024-yil 29-fevralda boʻlib oʻtadi.

Konferensiyada oflayn (Vestminster universitetiga borib) yoki onlayn tarzda qatnashish mumkin.

Bu tadqiqot jamiyati konferensiyasi Markaziy Osiyodan boʻlgan biznes, menejment, iqtisod, moliya, sog‘liqni saqlash, hisoblash, xalqaro huquq, ta’lim, tillar va boshqa aloqador sohalar boʻyicha ilmiy qiziqishlariga ega bakalavriat va magistratura talabalarini birlashtirishga qaratilgan. Konferensiyada ishtirokchilar oʻzlarining maqolasi bilan qatnashadi.

Ushbu konferensiya talabalarga oʻz tadqiqot gʻoyalarini tengdoshlari va turli universitetlarning katta tadqiqotchilariga hamda xususiy va davlat sektoridagi manfaatdor tomonlarga taqdim etish imkonini beradi. Shuningdek, u talabalarga konferensiyada qatnashish orqali akademik amaliyot tajribasiga ega boʻlishga imkon beradi.

Konferensiya tadqiqot takliflari/maqolalari taqdimotlarini oʻz ichiga oladi. Taqdimotlarda sanoat va ilmiy soha mutaxassislari ishtirok etadi va talabalarga tadqiqotlarini yaxshilash boʻyicha fikr-mulohazalarini bildiradi.

Bu yilgi konferensiya mavzusi: Amplifying Student Voices: Inspiring SDGs Action through Student-Led Initiatives.

Konferensiya toʻliq ingliz tilida boʻlib oʻtadi.

Konferensiya maʼruzachisi: Elisabeth Curtis.

Grant kimlar uchun?

Markaziy Osiyodan boʻlgan bakalavriat va magistratura talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Konferensiyaning manfaatli jihatlari:

  • Ishtirok etish bepul.
  • Istirokni tasdiqlovchi sertifikat beriladi.
  • Saralangan ishlar turli nashrlarda, jumladan, Silk Road: A Journal of Eurasian Development jurnalida nashr qilinadi.
  • Tanishlar orttirish, ilmiy muhit va taqdimot tajribasiga ega boʻlish imkoniyati.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Markaziy Osiyodan boʻlgan biznes, menejment, iqtisod, moliya, sog‘liqni saqlash, hisoblash, xalqaro huquq, ta’lim, tillar va boshqa aloqador sohalar boʻyicha ilmiy qiziqishlariga ega bakalavriat va magistratura talabalari qatnashishi mumkin.
  • Nomzodlar ingliz tilini ilmiy ish yozish va taqdimot qilish darajasida bilishi lozim.
  • Ariza topshirish vaqtida nomzod oʻz tadqiqot ishini yoritib beruvchi 400-500 soʻzli kengaytirilgan abstraktni kiritishi va oʻz tadqiqot ishini yuklashi kerak (ingliz tilida).
  • Tadqiqot ishi konferensiya doirasidagi sohalardan biriga qaratilgan boʻlishi kerak. Bu sohalar bilan BU YERDA tanishing (“Submit your research” tugmasi ostidagi jadvalga qarang).

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2024-yil 10-fevralgacha qabul qilinadi. Arizalarni BU YERDA onlayn tarzda topshirish mumkin.

Ariza shaklini toʻldirishda nomzod oʻz tadqiqot ishini yoritib beruvchi 400-500 soʻzli kengaytirilgan abstraktni kiritishi va oʻz tadqiqot ishini (maqola) yuklashi kerak (ingliz tilida). Abstrakt kiritishda tadqiqot ishini yozgan barcha mualliflarning ism-familiyalari ham koʻrsatilishi kerak.

Shuningdek, ariza shaklidagi tegishli savollarga javob berish va tegishli maydonlarni toʻldirish lozim.

Ariza ingliz tilida toʻldiriladi.

Ishtirokchilar topshirilgan abstrakt va tadqiqot ish mavzusi originalligi, tadqiqot olami va/yoki tegishli hollarda, amaliyotga qoʻshadigan hissasi asosida saralab olinadi.

Qabul qilingan nomzodlarga 2024-yil 15-fevralda xabar beriladi.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan avval rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!