×

Suv resurslari mavzusidagi PhD dissertatsiyalari tanlovi: mukofot – 882 AQSh dollar, sertifikat va tadqiqotlarni xalqaro jurnalda bepul chop etish imkoni!


Grant

MUHLAT

10.11.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Shveytsariya

O'QILGAN

1362 marta

Shvetsariyaning “Water” (MDPI) jurnali Water 2021 Best Ph.D. Thesis Award mukofot dasturi uchun arizalar qabul qilmoqda. Dasturda PhD bosqichini tugatish arafasidagi tadqiqotchilar oʻzlarining PhD dissertatsiyalari (tezislari) bilan qatnashishlari mumkin. Dissertatsiyalar Baholash qoʻmitasi hamda Water jurnali tahririyati kengashi vakillari tomonidan baholanadi.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichi tadqiqotchilari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur gʻolibi quyidagicha taqdirlanadi:

  • 800 CHF (taxminan 882 AQSh dollar) mablagʻ.
  • Sertifikat.
  • 2022-yilning oxirigacha “Water” jurnalida bepul maqola nashr etish imkoniyati.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Istalgan davlat fuqarosi ariza topshira ladi.
  • Nomzod PhD bosqichini tugatish yoki dissertatsiyasini himoya qilish arafasida boʻlishi kerak.
  • PhD dissertatsiyasi aynan ariza topshirgan muallifga tegishli boʻlishi kerak.
  • Dissertatsiya 2021-yil 1-yanvardan 31-oktyabrgacha himoya qilinishi / himoya qilingan boʻlishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Mukofot dasturiga hujjatlar 2021-yil 10-noyabrgacha onlayn ariza shaklida qabul qilinadi.

Kerakli hujjatlar:

  • Onlayn ariza.
  • PhD dissertatsiyasining qisqa bayoni (executive summary). Bu Ingliz tilida, 3000 soʻz atrofida boʻlishi kerak.
  • Tavsiyanoma (nomzodning PhD bosqichidagi ilmiy rahbaridan).
  • CV (dissertatsiyaga oid nashrlar roʻyxati bilan).
  • PhD dissertatsiyasining elektron nusxasi.
  • PhD diplomining skanerlangan nusxasi yoki PhD bosqichida oʻqiyotganlik va yaqinda dissertatsiya himoiyasiga chiqish haqidagi ma’lumotnoma.

Grant haqidagi toʻliq ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan olishingiz mumkin. Murojaat uchun:

Savollar yuzasidan water@mdpi.com elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!