×

Shvetsiya: magistratura uchun grant – kontrakt to’liq qoplanadi, joy – 10ta!


Grant

MUHLAT

15.01.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Shvetsiya

O'QILGAN

4356 marta

Shvetsiyada joylashgan Karolinska Institutet universiteti The Karolinska Institutet Global Master’s Scholarships grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar universitetdagi Global Masters Programs magistratura kurslari uchun mo’ljallangan bo’lib, shu kurslarga o’qishga qabul qilingan iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash hamda rag’batlantirish maqsadida ta’sis etilgan. Karolinska Institutet nufuzli tibbiyot oliygohlaridan biri bo’lib, bu universitet tarixida Nobel Mukofoti laureatlari va taniqli olimlar bor. Universitet har yili Global Masters Programs dasturlari uchun 10 ta grant ajratib, eng umidli va eng shijoatli talabalarning o’qish xarajatlarini yengillashtiradi.

Global Master’s dasturlariga quyidagi magistratura kurslari kiradi:

  1. Master’s Programme in Bioentrepreneurship
  2. Master’s Programme in Biomedicine
  3. Master’s Programme in Global Health
  4. Master’s Programme in Health Economics, Policy and Management
  5. Master’s Programme in Molecular Techniques in Life Science
  6. Master’s Programme in Nutrition Science
  7. Master’s Programme in Public Health Sciences
  8. Master’s Programme in Toxicology

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

The Karolinska Global Master’s Scholarships grant dasturi doiraida grant taqdim etilgan talabaning konktrakt puli to’lab beriladi. Grant boshqa to’lovlar yoki yashash xarajatlarini qoplashni o’z ichiga olmaydi. Universitet kontrakt to’lovlari va barcha grantlar haqida batafsil ma’lumot bu yerda.

Talablar:

Grantlar quyidagi talablarga eng mos nomzodlarga beriladi:

  1. Nomzod Karolinska universitetining 2019-yil kuzda boshlanadigan Global Master’s magistratura kurslariga o’qishga hujjat topshirgan bo’lishi kerak. Grantlar o’qishni davom ettirayotgan talabalarga berilmaydi.
  2. Nomzod 2019-yil 1-fevralga qadar 900 SEK (taxminan 98 AQSh dollari) ariza to’lovini amalga oshirishi kerak.
  3. Nomzod o’zi hujjat topshirgan kursning qabul talablariga to’liq mos bo’lishi zarur. Talablar haqida batafsil

Dasturga qabul jarayoni:

Karolinska universitetidagi ko’rsatilgan kurslarga o’qishga hujjat topshirib, ariza to’lovini to’lagan bo’lajak talabalarga ularning universityadmissions.se vebsaytidagi shaxsiy profillariga grantga hujjat topshirish haqida batafsil ma’lumotlar jo’natiladi. Grantga ariza berish uchun taklifnomalar 2019-yil 8-fevralga qadar jo’natiladi.

Universitetdagi Global Master’s magistratura kurslariga hujjatlar 2019-yil 15-yanvarga qadar qabul qilinadi, ariza to’lovini esa 1-fevralga qadar to’lash zarur. Pul to’langach, nomzodlarga grantga hujjat topshirish yo’riqnomasi jo’natiladi va shu yo’riqnomaga asosan hujjat topshirish mumkin bo’ladi. Grant yutib olgan talabalar 2019-yil 4-aprelda e’lon qilinadi.

Global Master’s magistratura kurslariga hujjat topshirishda quyidagi qadamlarga amal qilish tavsiya etiladi:

  1. Kerakli hujjatlar ro’yxatini olish va tayyorlash.
  2. Hujjatlarni rasman tarjima qildirish.
  3. Ingliz tili testi natijasini tayyorlash.
  4. Hujjatlarni topshirish (yo’riqnoma).
  5. Hali bakalavr kursini tamomlamagan oxirgi kurs talabalari uchun ma’lumotlar bu yerda.

Arizalar nomzodning erishgan yutuqlari va kelib chiqishiga asosan saralanadi. Hujjatlar ichida nomzodning CV’si alohida ahamiyatga ega. Tavsiya qilinadigan CV tuzilishi turli fakultetlar uchun turlicha, bu haqida batafsil tanishib chiqish maqsadga muvofiq.

Ma’lumot uchun savol-javoblar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!