×

Tailand: Magistratura va PhD bosqichi uchun toʻliq grantlar; bepul turar joy va stipendiya!


Grant

MUHLAT

29.02.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Tailand

O'QILGAN

1896 marta

Tailanddagi Asian Institute of Technology (AIT) oliygohi oʻzining mahalliy va Osiyo mintaqasi davlatlaridan boʻlgan talabalariga Royal Thai Government Scholarships grant dasturini e’lon qilmoqda. Grantlar Tailand qirollik oilasi aʻzolari tomonidan moliyalashtirilib, oliygohning bir necha yoʻnalishlari boʻyicha magistratura va PhD bosqichida oʻqish uchun ajratiladi. Dastur doirasida quyidagi grantlar taqdim etiladi:

  • His Majesty the Kingʻs Scholarships for Doctoral Program – School of Engineering and Technology (SET) hamda School of Environment, Resources, and Development (SERD) maktablarining PhD bosqichida oʻqish uchun.
  • His Majesty the Kingʻs Scholarships for Master’s Program – School of Engineering and Technology (SET) hamda School of Management (SOM) maktablarining magistratura bosqichida oʻqish uchun.
  • Her Majesty the Queen’s Scholarships for Master’s Program – School of Environment, Resources, and Development (SERD) maktabi ekologiya bilan bogʻliq yoʻnalishida, magitratura bosqichida oʻqish uchun.
  • Loom Nam Khong Pijai (GMS Scholarships) for Master’s Program: Infrastructure Development, Energy Technology, Oil, Gas and Natural Resources Development hamda Environmental Engineering and Management yoʻnalishlari uchun ajratiladi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura va PhD bosqichida oʻqishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

His Majesty the Kingʻs Scholarships for Doctoral Program gʻoliblariga butun PhD kursi davomida (41 oy – 7 semestr) quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

  1. oʻqish va roʻyxatdan oʻtish toʻlovlari toʻlab beriladi
  2. oliygoh kampusidan turar joy ajratiladi
  3. kundalik xarajatlar uchun mablagʻ ajratiladi.

His Majesty the Kingʻs Scholarships for Master’s Program, Her Majesty the Queen’s Scholarships for Master’s Program, Loom Nam Khong Pijai (GMS Scholarships) for Master’s Program dasturlarining har birida gʻoliblarga butun magistratura kursi davomida (22 oy) quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

  1. oʻqish toʻlovi toʻlab beriladi
  2. oliygoh kampusidan turar joy ajratiladi
  3. kundalik xarajatlar uchun mablagʻ ajratiladi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod Tailand yoki Osiyo mintaqasi davlatlaridan birining fuqarosi boʻlishi kerak.
  2. Nomzod tanlagan yoʻnalishi boʻyicha davlat tan olgan oliygohning 4 yillik bakalavr diplomiga ega boʻlishi kerak (magistratura uchun).
  3. Nomzod tanlagan yoʻnalishi boʻyicha davlat tan olgan oliygohning 4 yillik bakalavr va magistratura diplomlariga ega boʻlishi kerak (PhD uchun).
  4. Nomzod AIT oliygohining qabul talablariga javob berishi kerak
  5. Nomzod ingliz tilini a`lo darajada bilishi kerak. Batafsil.
  6. Nomodning baholari bakalavr bosqichida GPA 3.0 va magistratura bosqichida 3.5 balldan kam boʻlmasligi kerak. nomzodlarga qoʻyilgan talablar va grant shartlari bilan BU YERDA batafsil tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant dasturida ishtirok etish uchun shu yerda roʻyxatdan oʻtib, onlayn arizani toʻldirish talab etiladi.

Hujjatlar tarkibi (umumiy):

  1. Onlayn ariza.
  2. 2 ta tavsiyanoma.
  3. Researcha Proposal (PhD uchun).
  4. CV/rezume.
  5. Ingliz tili sertifikati (IELTS 6.0).

 Hujjat topshirish tartibi va kerakli hujjatlar tarkibi haqidagi toʻliq maʼlumot: bu yerda.

Nomzodlar a’lo baholari, research proposal, ilmiy salohiyati, oʻqishga ishtiyoqi, til bilish darajasi kabi mezonlarga koʻra saralanadi.

Batafsil ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan yoki savol-javoblardan olishingiz mumkin.

Bogʻlanish uchun:

Ms. Kanchana

Telefon: 02-524-6119

E-mail: rtg@ait.ac.th.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!