×

Tailand: PhD bosqichi uchun toʻliq grantlar; taqdiqotlar va yangi startaplarga mablagʻ beriladi!


Grant

MUHLAT

31.03.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Tailand

O'QILGAN

2000 marta

Tailanddagi Asian Institute of Technology (AIT) oliygohi Department of Energy, Environment, and Climate Change boʻlimi mahalliy va xorijlik tadqiqotchilarga Bangchak Doctoral Scholarships grant dasturini eʻlon qilmoqda. Dastur gʻoliblari Bangchak Initiative and Innovative Center (BIIC) markazida taqdiqot olib borish imkoniyatiga ega boʻladilar. Bangchak markazining maqsadi butun dunyoda qayta tiklanadigan energiya sanoatida duch kelinadigan fundamental va amaliy tadqiqot muammolarini hal qilishdir. Markaz ichki va xalqaro miqyosda etakchi sanoat tarmoqlari hamda universitetlar bilan yaqindan hamkorlik qiladi. Grantlar iqtidorli, yuqori potensialli tadqiqotchilarga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha tadqiqot olib borish uchun ajratiladi:

  • Energy
  • Food Engineering and Bioprocess Technology (FEBT)
  • Environmental Engineering programs (EEM).

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida oʻqishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda gʻolib boʻlgan tadqiqotchilarga butun PhD kursi davomida (42 oy) oʻqish toʻlovi toʻliq toʻlab beriladi va yashash xarajatlari uchun stipendiya ajratiladi.

Bundan tashqari, gʻoliblar BIIC yoki boshqa tashkilotlar tomonidan alohida moliyalashtiriladigan xalqaro startap kompaniyasini tashkil etishda noyob imkoniyatga ham ega bo’ladilar.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  2. Nomzod bakalavr va magistratura bosqichida first-class (honours) darajasidagi diplomga ega boʻlishi yoki GPA koʻrsatkichi kamida 3.5/4.0 boʻlishi zarur.
  3. Nomzod AIT oliygohining qabul talablariga javob berishi kerak.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak (IELTS kamida 6.0).

Tadqiqotchiga qoʻyilgan talablar:

  1. Tadqiqotchining vazifasi patent olish va tijorat mahsulotlari uchun innovatsion tadqiqotlarni o’tkazishdan iborat boʻladi.
  2. Tadqiqotchi texnik hisobotlarda natijalarni taqdim etib borishi va ilmiy maqolalarni yuqori darajadagi xalqaro ilmiy jurnallarda nashr etish uchun tayyorlay olishi kerak.
  3. Innovatsion natijalarga erishish uchun loyiha jamoasi bilan hamkorlikda ishlay olishi kerak.
  4. Hamkorlikda ishlash va tashkilotchilik ko’nikmalariga ega boʻlishi zarur.
  5. Tadqiqotchining inkubatsion / startap kompaniya tashkil etish bo’yicha tajribaga ega boʻlishi maqsadga muvofiq.
  6. Artificial Intelligence, IoT, Big Data Analytics, Blockchain, Energy technology, Clean Technology, Smart Cities kabi yoʻnalishlari boʻyicha tajribaga ega nomzodlarga ustunlik beriladi.

Bundan tashqari, har bir tadqiqotchiga oʻzi tanlagan yoʻnalish uchun maxsus talablar qoʻyilgan boʻlib, ular bilan shu yerda batafsil tanishishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant dasturida ishtirok etish uchun shu yer orqali roʻyxatdan oʻtib, onlayn arizani toʻldirish talab etiladi. Bundan tashqari nomzod quyidagi hujjatlarning PDF formatidagi jamlanmasini sheree@ait.ac.th manziliga e-mail tarzida 2020-yil 31-martgacha yuborishi kerak. Omadli ishtirokchilar 2020-yil avgust oyida tadqiqotni boshlashlari mumkin.

Hujjatlar tarkibi (umumiy):

  1. Cover letter.
  2. Tadqiqot rejasi.
  3. CV/rezume.
  4. Barcha diplom va sertifikatlar nusxasi (notarial tasdiqlangan).
  5. Baholar/diplom ilovalari nusxasi (notarial tasdiqlangan).
  6. Tadqiqot ishiga bogʻliq nashrlar/maqolalar.
  7. Ingliz tili sertifikati (IELTS 6.0).
  8. 2 ta tavsiyanoma bera oladigan shaxsning ismi va kontakt raqamlari.

Ingliz tilida boʻlmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan topshirilishi kerak. Hujjat topshirish tartibi va kerakli hujjatlar tarkibi haqidagi toʻliq maʼlumot: shu yerda.

Batafsil ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan yoki savol-javoblardan olishingiz mumkin.

Bogʻlanish uchun: sheree@ait.ac.th.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!