×

Taiwan International Graduate Program: Tayvanda doktorantura uchun 1130 AQSh dollari oylik stipendiya!


Grant

MUHLAT

01.02.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Tayvan

O'QILGAN

1159 marta

Academia Sinica (Tayvan milliy tadqiqot akademiyasi) PhD kurslari uchun beriladigan Taiwan International Graduate Program (TIGP) grantlariga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar Academia Sinica PhD kurslariga qabul qilingan xorijlik tadqiqotchilar uchun ajratilgan. 2021-yilgi kurslar uchun 100 nafar PhD tadqiqotchisiga grant belgilanishi rejalashtirilgan. Academia Sinica’da quyidagi yo’nalishlarda PhD tadqiqoti qilish mumkin:

  • Chemical Biology and Molecular Biophysics
  • Molecular Science and Technology
  • Molecular and Biological Agricultural Sciences
  • Molecular and Cell Biology
  • Bioinformatics
  • Nano Science and Technology
  • Molecular Medicine
  • Earth System Science
  • Biodiversity
  • Interdisciplinary Neuroscience
  • Sustainable Chemical Science and Technology
  • Social Networks and Human-Centered Computing.

Academia Sinica PhD kurslari ingliz tilida bo’ladi. 

Grant kimlar uchun?

PhD kurslarida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan tadqiqotchilarga o’qishning birinchi yilida har oy TWD 34 000 (taxminan 1130 AQSh dollari) stipendiya berib boriladi. Kursning birinchi yilida natijalari pasayib ketmagan tadqiqotchilar 2 va 3- yillar ham stipendiya bilan ta’minlanadi. Kontrakt to’lovi kurs yo’nalishidan kelib chiqib har xil bo’lishi mumkin. Aniq miqdorni bilish uchun kerakli kurs sahifasiga kirib, mas’ul shaxslar bilan bog’laning.

Talablar:

  • Nomzod bakalavr va magistratura diplomiga ega bo’lishi;
  • Baholari yaxshi yoki a’lo bo’lishi;
  • KamidaIELTS 5,5, TOEFL IBT 79 yoki TOEIC 785 (muassasa kodi:7152) sertifikatiga ega bo’lishi;
  • GREtestini topshirgan bo’lishi (GRE testi ba’zi kurslar uchun majburiy, ba’zilari uchun ixtiyoriy);
  • Uchtatavsiyanoma va motivatsion xat topshirishi;
  • O’zi tanlagan PhD kursiga qabul talablariga mos bo’lishi kerak. Qabul talablari tanlangan kurs yo’nalishidan kelib chiqadi. Ular bilan bu yerda tanishing.

 

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2021-yil 1-fevralgacha qabul qilinadi. Hujjat topshirish uchun bu yerga bosing. Hujjat topshirish oldidan ko’p so’raladigan savollarga berilgan javoblar bilan tanishib chiqing. Hujjat topshirish ham onlayn tarzda, ham pochta orqali amalga oshiriladi. 1-fevralgacha onlayn tizim orqali ariza berilgach, baholar va diplomlar pochta orqali Academia Sinica’ga ushbu manzilga yuborilishi kerak bo’ladi:

TIGP Admissions Office

128 Academia Road, Section 2

Nankang, Taipei 115

Taiwan, R.O.C.

Hujjatlar 31-martgacha yetib borishi zarur. TOEFL, IELTS va GRE kabi test natijalari test oluvchi tashkilot tomonidan jo’natiladi. Hujjatlar qabul qilingach, taxminan 17-aprelga qadar saralash jarayoni va suhbatlar bo’lib o’tadi. 26-apreldan boshqa grant yutgan nomzodlar e-mail orqali ma’lum qilinadi.

Murojaat uchun http://tigp.sinica.edu.tw/ manziliga ingliz yoki xitoy tilida e-mail yuboring. Batafsil

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!