×

Tarixchilar uchun Rossiyada tadqiqot qilish imkoniyati


Grant

MUHLAT

15.11.2015

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Rossiya Federatsiyasi

O'QILGAN

1717 marta

Umumiy ma’lumot:

Moskvadagi nemis tarix instituti har yili Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Sovet davri tarixi hamda sobiq sovet davlatlari tarixini, shuningdek, nemis-rus hamda nemis-sovet munosabatlarining tarixini o’rganuvchi aspirant va doktorantura talabalari uchun bir yillik stipendiya dasturini e’lon qiladi. Stipendiya davomida dastur ishtirokchisi arizada o’zi taklif qilgan mavzu bo’yicha 12 oy Moskva yoki Sankt-Peterburg kutubxonasi va arxivida ilmiy izlanish olib boradi.
Mustasno hollarda stipendiya ikki arizachi o’rtasida bo’linishi ham mumkin.

Kim uchun:

Ariza barcha davlatlar fuqarolari uchun ochiq. Dastur unda ishtirok etuvchi tadqiqotchilarning institut ilmiy hayotida faol ishtirokini hisobga oladi.

Grant miqdori:

Aspirantlar uchun: Oyiga 1400 yevro stipendiya;
Doktorantura talabalari uchun: Oyiga 1700 yevro stipendiya;
400 yevrodan oshiq bo’lmagan transport xarajatlari va SHU YERDAgi ba’zi boshqa kichik xarajatlar to’lanadi.

Ariza to’ldirish tartibi:

To’ldirilgan ariza shakli SHU YERDA;
2-3 betdan iborat ilmiy tadqiqot mavzusi haqida ma’lumot;
1-2 betdan iborat Moskvaga kelishingiz sabablari (qaysi kutubxona va arxivlarda bo’lishingiz aytib o’tilgan) ifodalangan ma’lumot;
Ilmiy rahbar yoki ilmiy ishingiz bilan tanish insonning tavsiyanomasi (1 betdan oshmagan);
Qisqa avtobiografiya (chop etilgan maqolalaringizning ro’yxati keltirilgan holda);
Universitet diplomining nuxsasi.

Barcha hujjatlar stipendien@dhi-moskau.org. manziliga 2015-yil 15-noyabrgacha yuborilishi lozim.

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!