×

Tashqi siyosat va xalqaro aloqalar bo’yicha Klara Marina Odonnel stipendiya dasturi


Grant

MUHLAT

15.05.2015

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1249 marta

Klara Marina Odonnel Yevropani isloh qilish markazida 7 yil ilmiy tadqiqotchi bo’lib faoliyat yuritgan. Bir muddat AQSh poytaxti Vashingtonda Brukings tadqiqotlar institutida ham ishlagan. Klara Londonning Qirollik kollejida hamda Kembrij uniersitetida ta’lim olgan. Marina 30 yoshida saraton kasalligidan vafot etganidan so’ng, u faoliyat yuritgan mazkur institutlar Klaraning sharafiga ushbu stipendiya dasturini tashkil qilgan.

Dastur yosh va shijoatga to’la, tashqi siyosat va xalqaro aloqalarga qiziqqan tadqiqotchilarni London shahridagi Yevropani isloh qilish markaziga 6 oylik tajriba amaliyoti o’tashga taklif qiladi. Shuningdek,  dastur davomida ishtirokchiga bir hafta AQSh poytaxti Vashingtonda Brukings institutiga kelib tajriba o’tashiga imkon beriladi va bu safarning barcha xarajatlari to’liq qoplanadi. Bundan tashqari, ishtirokchi Kembrij universiteti yoki Qirollik kolleji seminarlarida ishtirok etishiga sharoit yaratib beriladi.

Grant kimlar uchun?

BITIRUVCHI VA YOSH PROFESSIONALLAR UCHUN

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ishtirokchidan haftasiga 35 soat ishlashi so’raladi va unga soatiga 9,15 funt sterling miqdorida maosh to’lanadi.

Talablar:

Arizachi dastur boshlangunga qadar bakalavr diplomiga ega bo’lishi va/yoki tashqi siyosat hamda xalqaro aloqalarga qiziqqan yosh professional bo’lishi lozim. Ishtirokchi ingliz tilini bilishi va bu tilda ilmiy tadqiqot olib bora olishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2015-yil 15-mayga qadar recruitment@cer.org.uk manziliga yuborilishi lozim. Unga:

  • Nima uchun bu dasturga qiziqayotganingiz ifodalangan bir betlik qisqa insho;
  • Rezyume;
  • “Yevropa qanday qilib yanada tinchroq qo’shnichilik munosabatlarini o’rnatishi mumkin?” mavzusida 1000 so’zdan oshmagan insho ilova qilinishi kerak.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!