×

Fransiya: barcha xarajatlari qoplanadigan rezidensiya dasturi; stipendiya – 3000 AQSh dollari, joy – 9ta!


Grant

MUHLAT

15.01.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Fransiya

O'QILGAN

3181 marta

Fransiyada bo’lib o’tadigan Terra Summer Residency Fellowships rezidensiya va grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Rezidensiya dasturi rassomlar va tasviriy san’at tadqiqotchilari uchun mo’ljallangan bo’lib, 2019-yilning 3-iyunidan 2-avgustigacha Fransiyaning Jiverni shahrida bo’ladi. Dastur ushbu 9 haftalik rezidensiya dasturi davomida qatnashchilar turli seminar, ma’ruza va treninglarda ishtirok etadilar, bir-birlari bilan tajriba almashadilar, ijod va tadqiqot qiladilar. Rezidensiya dasturlaridan maqsad odatda qatnashchiga ijod va izlanish uchun alohida muhit yaratib berish hisoblanadi, Terra yozgi rezidensiya dasturi ham aynan shuni maqsad qilgan. Dastur doirasida 9 nafar qatnashchi saralab olinib, ularga Fransiyada ijod qilishlari va tadqiqot olib borishlari uchun sharoit yaratib berish rejalashtirilgan. Dastur haqida batafsil

Grant kimlar uchun?

Rassomlar va tadqiqotchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Terra rezidensiya dasturiga qabul qilingan qatnashchiga quidagi imkoniyat yaratib beriladi:

  1. Qatnashchiga butun dastur uchun 3000 AQSh dollar stipendiya beriladi.
  2. Qatnashchiga kerakli materiallar sotib olishi uchun qo’shimcha yana 300 AQSh dollar mablag’ ajratiladi.
  3. Qatnashchi vatanidan Fransiaga yetib kelishi uchun ketadigan yo’l xarajatlari uchun mablag’ ham beriladi. Bunda Yevropa hududidan kelayotganlar uchun 500 AQSh dollar, AQSh va Kanadadan kelayotganlar uchun 1200 AQSh dollari va dunyoning boshqa hududlaridan kelayotganlar uchun 1500 AQSh dollar mablag’ ajratilgan.
  4. Qatnashchiga dastur vaqtida yashashi uchun turar-joy tashkil qilib beriladi va bu yerda tekin tushlik beriladi.

Talablar:

  1. Dasturda rassomlar va AQSh san’ati va tasviriy san’atining 1980-yilga qadar davrda jahon san’at almashinuvidagi o’rnini tadqiq etayotgan tadqiqotchilar ishtirok etishi mumkin.
  2. Dasturga ariza berayotgan rassomlar kamida magistratura diplomiga ega bo’lishi kerak. saralash jarayonida diplomni oxirgi 5 yil davomida olgan nomzodlarga ustunlik beriladi.
  3. Dasturga ariza berayotgan tadqiqotchilar PhD ilmiy darajasiga ega bo’lishlari va yuqorida ko’rsatilgan mavzu ustida tadqiqot olib borislari kerak.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Nomzod fransuz tilini ham bilsa yanada yaxshi, lekin bu majburiy emas.

Dasturga qabul jarayoni:

Rezidensiya dasturiga arizalar 2019-yil 15-yanvarga qadar qabul qilinadi. Natijalar aprel oyida e’lon qilinadi. Nomzodlar aqliy va ijodiy mahoratlari, ilmiy va kasbiy yutuqlari hamda jamoa va dastur rivojiga qanchalik hissa qo’sha olishlariga asosan saralanadlar.

Dasturga arizalar rassomlar uchun alohida, tadqiqotchilar uchun alohida qabul qilinadi.

Rassom sifatida ariza berish uchun bu yerga kiring.

Tadqiqotchi sifatida ariza berish uchun bu yerga kiring.

Terra dasturida 2011-2018-yillarda ishtirok etgan rassom va tadqiqotchilar bilan tanishib chiqshni xohlasangiz, bu yerdagi ro’yhatdan foydalanishingiz mumkin.

Qo’shimcha ma’lumot uchun tsr@terraamericanart.eu elekrton manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!